Muhofaza qilish


AGROEKOTIZIMLAR HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

AGROEKOTIZIMLAR HAQIDA TUSHUNCHA
Agroekotizimlar qishloq xo‘jaligida foydalanadigan ekin 
maydonlari, yem-xashak olinadigan yaylovlar hamda tuyoqli uy 
hayvonlarini o‘z ichiga oluvchi hududlar majmuidir. Agroekotizimlar 
tarkibiga inson ham kiradi, chunki u har doim ekologik zanjimi 
boshqarib,7 iloji boricha ko‘p energiyaga ega bo‘lgan mahsulot 
olishga harakat qiladi va energetik piramidaning cho'qqisida turadi. 
Agrofitotsenoz agroekotizimlaming eng muhim qismi hisoblanib, u 
m a’lum maydondagi madaniy va begona o‘tlar majmuidan iborat. 
Agrofitotsenozning madaniy, begona o‘tlar hamda tuproqdagi 
suvo‘tlari va mikroorganizmlari agroekotizimning mustaqil qismi 
hisoblanadi. Agrofitotsenozning hayoti uchun zarur bo‘lgan va 
ularsiz yashay olmaydigan hayvonlar uning tarkibiga kirmaydi. 
Agrofitotsenozlar sun’iy fitotsenoz, deb qaraladi va uning tabiiy 
fitotsenozlarga o‘xshash tomonlari hamda farqlari bor.
Agroekotizimlar o‘ziga xos xususiyatlari. 
Agroeotizimlaming 
o ‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. 
Miqdoriy ko‘rsatkichi bilan. 2. Agrofitotsenozlardadominantlar 
inson tomonidan kiritiladi va boshqariladi. 3. Tabiiy j amoalarda turlami 
turli mavqedagi turlarga ajratish mumkin. 4. Agrofitotsenozlardagi 
begona o‘tlar keng ekologik doiradagi va kosmopolit organizmlardir.
5. Agrofitotsenozdagi madaniy o‘simlik populyatsiyasi ma’lum bir 
navga tegishli bo‘lgani uchun yaxshi difFerentsiallashmagan.
Agrofitotsenozlarni inson tomonidan boshqarilishi. 
Ekologik 
qonuniyatlar asosida o‘simliklar hamjamoasidan tashkil topgan ekin 
maydonlarini ekologik qulay tizimga keltirish mumkin.
70


Bu borada ba’zi ishlar amalga oshirilmoqda:
1. Ayrim agrotsenopopulyatsiyalar darajasida.
2. Agrofitotsenozlar darajasida.
3. Bir butun agrolandshaftlar darajasida.
Ayrim agrotsenopopulyatsiyalar darajasida ekologik qulaylikka 
erishish har xil navlami aralash holda ekish yo‘li bilan olib borilishi 
mumkin.
Agrofitotsenozlar darajasida har xil turlami birgalikda ekish 
mumkin. Bu ayniqsa, yem-xashak etishtirishda katta ahamiyatga ega. 
Hamdamoada madaniy o‘simlik turlari o‘rtasida ekologik o‘rinlar 
shakllanib, ayrim turlar resurslardan to‘liq foydalanish imkoniyatiga 
ega bo‘ladi.
Agrolandshaftlar darajasida olib boriladigan ishlar murakkab, 
ammo juda samarali hisoblanadi. Bunda tuproq, iqlim va relyef 
xususiyatlari hisobga olinib, iqlimni idora etuvchi o'rmon maydonlari 
saqlanib qolinadi. Ulardan turli xil mahsulotlar yetishtirish (yog‘och, 
rezavor, mevalar, zamburug‘lar) uchun hamda estetik maqsadlarda 
foydalaniladi.
Agrofitotsenozlami ekologik qulay holatga keltirish uchun 
kuzgi shudgor usulini takomillashtirish, almashlab ekishda dukkakli 
o‘simliklaming rolini oshirish, ekish muddatini to‘g‘ri tanlash va 
boshqalar amalga oshirilishi kerak.
Yyqori 
hosil 
beradigan, 
tabiat 
bilan 
uyg'unlashgan 
agrofitotsenozlar dehqonchilikning kelajagi hisoblanadi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin