Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi


Tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi



Yüklə 199,43 Kb.
səhifə5/10
tarix23.10.2023
ölçüsü199,43 Kb.
#160013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
muloqot

Tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
Empatik tinglash
Empatiya (ingl.empathy – hamdardlik, o‘zini boshqaning o‘rniga qo‘ya olish mahorati) – bu insonning boshqalarning kechinma va his-tuyg‘ulariga nisbatan emotsional javob bera olish qobiliyatidir. Empatiyani namoyon qilishning 3 varianti mavjud: empatik ta’sirlanish (kuzatish orqali boshqa insonda namoyon bo‘layotgan emotsiyalarga o‘xshash emotsional ta’sirlarni boshdan kechirish), boshqa nuqtai-nazarni qabul qilish (o‘zini boshqaning o‘rnida tasavvur etish), simpatik ta’sirlanish (boshqa insonning his-tuyg‘usini tushunish g‘amho‘rlik, jonkuyarlik, rahmdillikni yuzaga keltirishi).
Empatik tinglash qoidalari:
- qalbni o‘z kechinmalari va muammolaridan ozod qilish, suhbatdosh haqida noto‘g‘ri fikrlardan voz kechish, uning his-tuyg‘ularini qabul qilishga intilish muhim;
-suhbatdoshining so‘zlariga nisbatan ta’sirlanishda uning kechinmalari, his-tuyg‘ularini aniq aks ettirish, nafaqat to‘g‘ri idrok etganligini, balki tushungan va qabul qilganligini ham namoyon qilish zarur;
- suhbatdoshning his-tuyg‘ularini aks ettirish uning harakatlari va yashirin xulq-atvor motivlarini izohlashsiz amalga oshirilish zarur, unga shu his-tuyg‘ularning sabablari haqida o‘z fikrini tushuntirish shart emas;
- pauzani ushlash muhim, qo‘shimcha mulohaza va sharhlarga shoshish kerak emas. Bunda qoidaga ko‘ra maslahat, nasihat, tanqid, baho berilmaydi.
Passiv tinglash
So‘zlayotgan insonning nutqiga minimal darajada aralashish, maksimal darajada diqqatini jalb qilishni anglatadi (diqqat bilan jim turish mahorati).Ushbu tinglashning muhim signali noverbal ta’sir, ya’ni ko‘z kontakti, bosh irg‘itmoq yoki silkitmoq hisoblanadi. Bu tinglash turi quyidagi vaziyatlarda maqsadga muvofiq:
Agar suhbatdosh o‘z nuqtai-nazarini aytishni xohlayotgan bo‘lsa;
Agar suhbatdosh o‘z muammolari haqida so‘zlayotgan bo‘lsa;
Keskin va tang vaziyatlarda;
Sizdan yuqori lavozimdagi inson bilan suhbatda (masalan, sizni rahbaringiz tanqid qilganda)

Yüklə 199,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin