9.1.-rasm Mazkur yo‘nalishda uzoq yillik tadqiqot olib borgan mutaxassislardan Allan Piz va Barbara Piz hisoblanadi. Quyida ularning “Novыy yazыk telodvijeniy” nomli kitobi (M.,2010) dan noverbal qiliqlar tasnifini keltirib o‘tamiz:
9.2.-rasm Birinchi rasmdagi holat- qo‘l kaftlarining chakkaga quyilganligi uning nimagadir juda hayratlanib, qiziqayotganligining belgisidir.
I kkinchisida, agar suxbat qiziqarli bo‘lmasa yoki yoqmasa qo‘lini yuziga qo‘yib, bosh barmoqni daxaniga qo‘yib, qolgan barmoqlari bilan og‘zini bekitadi.
9.3.-rasm Agar suhbatdosh elkalarini qisayotgan bo‘lsa, demak, u siz bilan bo‘lgan suhbatga befarq, unga baribir yoki tushunmayotganlik belgisi.
Qo‘llar ko‘krakda bog‘langan bo‘lsa, bu suhbatdoshning berkligi, himoyalanganlik, muloqotda yopiqlik ramzi.
Agar suhbatdoshning qo‘l kaftlari ochiq bo‘lsa, bu samimiylik belgisidir.
9.4.-rasm Agar suhbatdosh iyagiga tegib, yoki uni ishqalayotgan bo‘lsa, demak, u qaror qabul qilishga harakat qilayotganligi belgisi.
9.5.-rasm Agar odam labining chetiga, burniga tegib, yoki uni ishqalayotgan bo‘lsa, demak, u o‘z fikriga ishonchsizligi, yolg‘on gapirayotganligi belgisi.
Agar suhbatdoshingiz barmoqlari bilan stolni tinmay chertayotgan bo‘lsa, demak, u betoqat, yoki unga siz bilan suhbatlashish zerikarli, shuning uchun u asabiylashmoqda.
Agar u qo‘l barmoqlarini qisayotgan bo‘lsa, demak, u nimadandir juda xavotir, o‘zini himoyasiz his qilmoqda.
Suhbatdoshning qo‘llarini musht qilib turishi undagi vajohat belgisi, lekin u bu holatni, badjahllikni nazorat qilmoqchi.
Agar suhbatdoshning qo‘llari behol bo‘lib, kaftlari yuqoriga qaratilgan tarzda oldinga intilgan bo‘lsa, demak, u nimadandir taajjubda, tashvishda, qiyinchilikda.
Agar odam tez yurib borayotib, iyaklarini ko‘targan holda qo‘llarini erkin tashlab qo‘ygan bo‘lsa, demak, u o‘ziga ishonadi, u - qat’iyatli.
Odam ketayotganda, ikki quli cho‘ntakda, boshi egik bo‘lsa, demak uning ruhi tushgan, xafa, depressiya holatida bo‘ladi.
Agar qo‘llarining uchlarini birlashtirib “uycha” shaklini eslataayotgan bo‘lsa, bu - uning nimanidir o‘ylayotganligi yoki nimagadir qiziqayotganligi ramzidir.
Agar odam stulning qirgogiga o‘tirib olgan bo‘lsa, bu yo sabrsizlik bilan kutayotganligi, yoki nimagadir qiziqish bildirayotganligi ramzidir.
Odam oyoqlarini bir-birining ustiga qo‘yib olib, oyog‘ini engil tebratayotgan bo‘lsa, demak, u zerikmoqda.
Agar odam o‘zini orqaga tashlab, qo‘llarini bir-biriga bog‘lab, bo‘ynida ushlagan bo‘lsa, demak, u dam olmoqchi, va boshqalarda taassurot qoldirmoqchi.
9.6.-rasm Agar qo‘l berib ko‘rishishda qaysi tomonning qo‘li tepada bo‘lsa o‘sha odam ustunlik, pastda bo‘lsa o‘sha odam bo‘ysunuvchanlik, vertikal, to‘g‘ri holatda bo‘lsa tenglik holati bo‘ladi.
SHunday qilib, biz odatiy, tabiiy deb idrok qiladigan faoliyatimiz bo‘lgan - muloqotda ham ko‘plab sirlar va o‘ziga xos nozik tomonlar borki, ularning barchasi bizdan muloqotdagi bilimdonlikni va o‘zgalarga va o‘zimizga e’tiborliroq bo‘lishimizni talab qiladi.
SHu o‘rinda aytish joizki, muloqot jarayonining samarasi suhbatdoshni tinglay olishga ham bog‘liq. Muloqotga o‘rgatishning muhim yo‘nalishlaridan biri – odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga o‘rgatishdir.