Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi


Muloqotning perseptiv jihati



Yüklə 199,43 Kb.
səhifə8/10
tarix23.10.2023
ölçüsü199,43 Kb.
#160013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
muloqot

Muloqotning perseptiv jihati. Muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqotning mazkur jihati quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin:
1) Idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo‘yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi; bunday idrok qilish tarzida insonni inson tomonidan aks ettirish, o‘xshatish, unga taqlid qilish, undan ibrat olish uslublari orqali yuzaga keladi, ya’ni identifikatsiya (aynan o‘xshatish) bosqichi bevosita amalga oshadi. Bunda kishi hamkorlikda harakat qilish vaziyatida sherigi o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rib, uning ichki holati, niyatlari, o‘y-fikrlari, xohish-istaklari haqida taxmin qilinadi, bunda ular anglanilgan yoki anglanilmagan bo‘lishi mumkin.
2) Idrok qilinayotgan shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o‘z-o‘zini anglash negizida namoyon bo‘ladi, ya’ni refleksiya bosqichi vujudga kelganligi to‘g‘risida muayyan qarorga kelinadi. Refleksiyada kishi idrok etish sub’ekti sifatida o‘ziga nisbatan sherigining munosabati anglab etiladi. Lekin kishi har doim ham muloqot jarayonida o‘zini kim ekanligini to‘liq anglab etolmaydi, bu esa uning o‘zi qilgan xatti-harakatlari sabablarini boshqalarga to‘nkashga majbur qiladi. Kishi o‘z xatti-harakatlari sabablarini, niyatlarini, o‘y-fikrlarini, xulq-atvor motivlarini boshqa kishilarga to‘nkash orqali tushuntirishi psixologiyada kauzal atributsiya ya’ni sababiy izohlash deb ataladi.
3) O‘zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg‘ulariga nisbatan hamdardlik bildirish, mehr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati tug‘iladi, buning natijasida tub ma’nodagi empatiyaga asoslangan idrok qilish bosqichi yuzaga keladi.
4) O‘zga kishilarga, ijtimoiy guruh a’zolariga nisbatan berilgan xislatlarni hozirgacha ma’lum bo‘lgan ijtimoiy qoliplarga mos tarzda ommaviy tarzda yoyish, tavsif berish va baholash stereotipizatsiya (bir xil qolipga solish) ya’ni stereotiplashtirish deyiladi. Idrok etish sub’ekti ijobiy munosabatda bo‘lgan shaxslarga ijobiy, yoqtirmaydigan shaxslarga salbiy baho berilishi kauzal atributsiyaga xos tipik hollardan biridir. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, shaxs muloqot jarayonida o‘z ob’ekti nisbatan ijobiy taassurotga ega bo‘lsa, sub’ektga ma’lum bo‘lmagan fazilatlarini ijobiy baholashga yoki aksincha, ob’ekt salbiy taassurot qoldirgan bo‘lsa, sub’ektga ma’lum bo‘lmagan xislatlarini salbiy baholashga harakat qilar ekan. Bu holat psixologiyada oreol effekti nomi bilan yuritiladi.
Muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etib, u hozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini hisobga olinganda, odamlarning mehnat unumdorligi va samaradorligini ta’minlovchi muhim omil ekanligini bildiradi.
Muloqot mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajraladi:
Moddiy muloqot deganda sub’ektni dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida, ayni paytda shug‘ullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va predmetlarini ayirboshlash tushuniladi.
Kognitiv muloqot deb shaxslarning hamkorlikdagi faoliyatida narsa va hodisalarni o‘rganish, ma’lumotlarni bilib olish jarayonida o‘zaro bilim almashinuviga aytiladi.
Konditsion muloqotda psixologik va fiziologik holatlar ayirboshlanadi. Masalan, shifokor bemorning tushkun kayfiyatini ko‘tarishi yoki aksincha, ona qizining o‘ksinib yig‘layotgan holatiga yig‘i bilan munosabat bildirishi va hakozo.

Yüklə 199,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin