Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi



Yüklə 199,43 Kb.
səhifə9/10
tarix23.10.2023
ölçüsü199,43 Kb.
#160013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
muloqot

Motivatsion muloqot muayyan yo‘nalishda hamkorlikda harakat qilish uchun o‘zaro maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuv jarayoni bilan izohlanadi.
Faoliyat muloqoti kognitiv muloqot bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda harakatlar, operatsiyalar, ko‘nikma va malakalar ayriboshlanadi. Bu muloqot jarayonida ma’lumotlar uzatiladi, bilim doirasi kengayadi, qobiliyatlar rivojlanadi, takomillashadi.
Muloqot maqsadiga ko‘ra biologik va ijtimoiy ko‘rinishda bo‘ladi. Biologik muloqot nasl qoldirish, organizmni rivojlantirish, himoyalash kabi tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ijtimoiy muloqot esa shaxslararo munosabatlarni kengaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Muloqot vositasiga ko‘ra bevosita va bilvosita bo‘lib, bunda jonli mavjudotning tabiiy organlari yordamida ya’ni qo‘li, boshi, tanasi, tovushi yordamida axborot ayirboshlasa – bu bevosita bo‘ladi, agar muloqotni tashkillashtirish va ma’lumot almashishda maxsus qurol va vositalardan foydalanilsa – bu muloqot bilvosita deyiladi.
Muloqotning yuqorida mulohaza yuritilgan turlaridan tashqari ishbilarmonlik va shaxsiy turlari ham farqlanadi. Ishbilarmonlik muloqoti odamlarning turli xildagi qo‘shma mahsuldor faoliyati va mazkur faoliyatining sifatini oshirish vositasi sifatida yuzaga keladi. SHaxsiy muloqot esa shaxs o‘zining psixologik muammolariga, qiziqishlariga, ehtiyojlariga, o‘z hayotiga, atrofida nimalar bo‘layotganligiga bo‘lgan munosabatini atrofdagilardan bilishga yo‘naltirilgandir.


Muloqot shakl (usul)lari
Muloqot demokratik, avtoritar, liberal shaklida, usulida amalga oshadi. Demokratik” usulda suhbatlar, munozaralar, mulohazalar o‘zaro tenglik, o‘zaro hurmat ruhiga bo‘ysundirilib, ta’sir o‘tkazish sohalari yashiringan holda bo‘ladi. SHu boisdan, tasodifan voqea va hodisalarning sodir bo‘lishi turlicha baholanadi, rag‘batlantiriladi yoki jazolanadi. Mana bunday odilona amalga oshirilgan muloqot ta’sirida o‘g‘il-qizlarda do‘stlik, dilkashlik, xushmuomalalilik, shaxsiy xatti-harakatida va mulohaza yuritishida mustaqillik, shaxsiy qarashlari saqlangan holda yangi norma va talablarga moslashish, o‘z faoliyati uchun javobgarlik, emotsional zo‘riqish davrida o‘z-o‘zini qo‘lga olishlik kabi muhim fazilatlar paydo bo‘ladi.
Muloqotning yana bir shakli “avtoritar” deb atalib, bunda shaxslararo teng huquqlilik, erkin xatti-harakat qilish, tashabbuskorlik o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi. Masalan, boshliq tomonidan xodimlarning yurish-turishi, xatti-harakati ko‘pincha cheklab qo‘yiladi. Boshliq tomonidan ta’sir o‘tkazishning asosiy metodi – jazolash hisoblanadi. Biroq onda-sonda rag‘batlantirish metodidan foydalanilganda ham, u xodimga ma’naviy ozuqa bermaydi. Mazkur usul oilada qo‘llanilsa, farzandlarda ota-onaga yaqinlik, mehr hissi kamayadi, keyinchalik bu tuyg‘u uzoqlashish, «begonalashish» kechinmasiga aylanadi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar bolalarni qondirmaydi; natijada odamovi, tund, ichimdagini top, tashvishlilik, xavotirlilik kabi ijtimoiy norma va qoidalarga qiyinchilik bilan moslashishdan iborat xarakter xislatlari vujudga keladi. SHu sababdan oila a’zolari ruhiy dunyosida simpatiya (yoqtirish), empatiya (hamdardlik), samimiylik, hayrixohlik kabi yuksak insoniy his-tuyg‘ular juda nursiz ifodalanadi. Ko‘r-ko‘rona va so‘zsiz bo‘ysunishga asoslangan munosabatlar negizida yotgan tarbiyaviy ta’sir qo‘rqoq va irodasi kuchsiz shaxsni tarkib toptiradi.
Muloqot shakli ichida liberal” usuli ham ko‘zga tashlanib turadi. Bu usul muloqot jarayonida murosasoz, ko‘ngilchan bo‘lishlik, tashqi ko‘rinishdan iliq psixologik iqlimni, guruhiy moslikni o‘zida aks ettirgandek bo‘lib tuyuladi. Afsuski, “liberal”lik, murasasozlik har qanday vaziyatni til topib hal qilishga, prinsipiallikdan uzoqlashishga, subutsizlikka olib keladi. Masalan, ota-onalarning farzandlari bilan bunday munosabatda bo‘lishlari salbiy oqibat sari etaklaydi: qat’iylik, mustaqillik, dadillik va cho‘rtkesarlik singari irodaviy sifatlar farzandlar ruhiy dunyosidan uzoqlashadi. Murosasozlik ta’sirida yosh avlod xarakterida munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, kelishuvchanlik kabi illatlar tarkib topishi mumkin.

Yüklə 199,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin