Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi


Muloqotning interaktiv jihati



Yüklə 199,43 Kb.
səhifə7/10
tarix23.10.2023
ölçüsü199,43 Kb.
#160013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
muloqot

Muloqotning interaktiv jihati. Muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘zaro bir-birlariga ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chiqadi. Hamkorlikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar – odamlarning birgalikdagi harakati va o‘zaro munosabatlarini qat’iyan belgilab qo‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz beradi.
Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topgan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning o‘ziga xos tizimini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga chiqadiganlarning xulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish, jazolash)ni o‘z ichiga oladi. Qoidalarning mavjudligi va qabul qilinishi haqida biron kishining barcha boshqa odamlar xulq-atvoridan farq qiluvchi xatti-harakatiga atrofdagilarning bir xilda munosabat bildirishi dalolat beradi. Ijtimoiy qoidalar mehnat intizomi, harbiy burch va vatanparvarlik talablariga javob beradigan xulq-atvor namunalaridan tortib, odoblilik qoidalariga qadar hammasini o‘z ichiga oladi. Odamlarning ijtimoiy qoidalariga murojaat qilishi ularda o‘z xulq-atvori uchun mas’ullik hissini uyg‘otadi, harakatlari va qiliqlarning ushbu qoidalarga mos kelishi yoki mos kelmasligini baholagan holda ularni tuzatib borish imkonini tug‘diradi. Qoidalarga qarab mo‘ljal olish kishiga o‘z xulq-atvorining shakllarini andozaga qarab moslash, ijtimoiy jihatdan maqbullarini tanlab olish, nomaqbul shakllariga amal qilmaslik, o‘zini muloqot jarayonida yo‘naltirib va boshqarib borish imkonini beradi. Odamlar o‘zlashtirilgan qoidalardan o‘zlarining xususiy xulq-atvorini boshqalarning xulq-atvori bilan taqqoslaydigan mezon sifatida foydalanadilar.
Hamkorlikdagi harakat jarayonlarini ijtimoiy nazorat munosabatga kirishadigan odamlar “bajaradigan” rollar (Psixologiyada rol deganda xulq-atvorning normativ jihatidan ma’qul bo‘lgan muayyan ijtimoiy mavqeni egallab turgan har bir kishidan atrofdagilar kutayotgan namunasi tushuniladi) repertuariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. Sub’ekt o‘qituvchi yoki o‘quvchi, shifokor yoki bemor, katta yoshli kishi yoki bola, rahbar yoki xodim, ona yoki bola va shu kabi rolni bajaradi. Har qanday rol mutlaqo aniq talablarga va atrofdagilarning muayyan orzu-istaklariga javob berishi kerak.
SHaxs muloqotning turli xil vaziyatlarida qoida tariqasida har xil rollarni bajaradi. Masalan: o‘zining xizmatidagi roliga ko‘ra rahbar bo‘lib turgan kishi betob bo‘lib qolganda, bemor roliga kirgan holda shifokorning barcha ko‘rsatmalarini bajaradi; shu bilan birga oilada u keksa onasining mo‘mingina o‘g‘li rolini saqlab qoladi va hokazo. Rol mavqelarining ko‘pligi ba’zida ularning to‘qnash kelishiga – rol konfliktlariga (ziddiyatlarga) sabab bo‘ladi.
Turli xil rollarni bajarayotgan odamlarning hamkorlikdagi harakati rollar ehtimoli bilan boshqariladi. Kishi buni istasa-istamasa atrofdagilar undan muayyan namunaga mos keladigan xulq-atvorni talab qiladi. Rolning qonday bajarilishi ijtimoiy nazorat ostida bo‘ladi, ijtimoiy jihatdan muqarrar ravishda baholanadi va namunadan salgina chetga chiqilishi esa qoralanadi.

Yüklə 199,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin