Mustaqil ishning vazifalari . Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy himoyalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa sub’yektlarining roli va vazifalarini o’zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy himoyalashga ajratiladigan byudjet mablag’lari salmog’ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko’proq og’irlik nodavlat moliya manbalariga, shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug’dirib, ularning ijtimoiy himoya bo’yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog’lab qo’yadi. Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun’iy ravishda tutib turish, shuning hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalashning barcha yo’nalishlari bo’yicha dotatsiyalarni oshirishni ko’zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko’rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, nafaqaho’rlar, faxriylar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo’llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi.
Mustaqil ishning obyekti. Jahon va O`zbekiston respublikasi misolida
Mustaqi ish hajmi Mustaqil ish 24 betdan iborat bo`lib kirish, asosiy qism, xulosa, hamda foydalanilgan adabiyotlardan ro`yxatidan iborat. Xulosa va takliflar qismida mustaqil ish bo`yicha asosiy natijalar umumlashtirib asoslangan bir qator hulosa va takliflar berilgan.
1-Bob 1.1 Davlatning ijtimoiy siyosati Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali turli guruhlari o’rtasidagi qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarini qayta taqsimlashdan ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o’zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi. Ijtimoiy to’lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizini bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni inson parvarishlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi. Aholini daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta‘sir ko’rsatish sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste‘mol tovarlarni narxnig o’sishini hisobga olish va nominal daromadlarini narxlar o’sishiga bog’liqlikdan oshirib borish hisoblanadi. SHaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi aholining kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda qashshoqlikning o’zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning minimal me‘yor bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarni ham o’z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulkni miqdori, oilaviy ahvoli kiritiladi. Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishag yo’naltirilgan siyosatdir. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishni va pulning qadrsizlanish darajasiga ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. “Ma‘lumki, malakatimzda kam ta‘minlangan oilalarni bepul sigir berish yo’li bilan qo’llab-quvvatlash alohida e‘tibor qaratiladi. Masalan, 2006 yildan hozirga qadar nan shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Natijasida 2009 yilning birinchi yanvargacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklari qoramol boquvchi sifatida ro’yxatgaolingan fuqarolarning umumiy soni bir million 100 mingdan ko’proqni tashkil etdi. Shulardan 54 ming kishiga yangi mehnat darajasiga berildi, bir yuz o’n bir ming fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi” 1 . Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi – ichki iste‘mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq – ovqat mollari asosiy turlari iste‘molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga erishishida muhim mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ulrga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me‘yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyaga ega bo’ladi.Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’nalishi - aholining kam ta‘minlangan tabaqalarning ijtimoiy himoyalash va qullab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazganligi bo’ldi.
Masalan, pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi. Yalpi ijtimoiy kafolatlar tizimdan ishonchli ijtimoiy kafolatlari va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tiziiga izchillik bilan o’tish-ijtimoiy siyosati amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlanishini bildiradi. Mamlakatimizda ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan mablag’lar davlat byudjetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2006 yilda 51,9 foizni, 2007 yilda 53 foizni 2009 yilda 54,6 foizni, 2009 yil 56,3 fozni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 59,1 foizni yetkazish rejalashtirilgan.
Mamlakatda 2008 yilda ijtimoiy inftuzilma bo’yicha qilingan ishlar salmoqli bo’ldi. Ya‘ni, “Ijtimoiy soha ob‘ektlarini qurish va foydalanishga topshirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200 o’quvchiga mo’ljallangan 169ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o’rinli 23ta akademik litsey qurildi va rekonsturuktsiya qilindi. Shu bilan birga, 69ta yangi maktab barpo etildi va 582ta maktab kapital rekonstruktsiya qilindi. Shular qatorida 184ta bolalar sport inshooti, 26ta qishloq vrachlik punkti va 7 million 240 ming kvadrat metr to’rar joy binolari va boshqa ob‘ektlar qo’rildi”[1] Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy har tomonlama qo’llab- quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda shakllantirilayotgan madaniylashgan bozor iqtisodiyoti ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish bilan chambarchas bogʼliq. Ijtimoiy himoyalashning qay darajada boʼlishi davlatning olib borayotgan ijtiomiy siyosatiga bogʼliq. Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalar oʼrtasida tabaqalanishning haddan tashqari chuqurlashuviga yoʼl qoʼymaslik, ularning maʼlum darajada hayot kechirishini taʼminlashga qaratilganligidir. Davlatning ijtimoiy siyosati asosini axoli daromadlarini shakllantirish siyosati egallaydi. Jamiyat aʼzolarining daromad darajasi farovonlikning muhim koʼrsatkichi boʼlib, unga qarab har bir kishining moddiy – maʼnaviy hayoti, ilm olish, sogʼliqni saqlash, dam olish va boshqa ehtiyojlarni qondirishi yuz beradi.
Shunga koʼra, davlatning ijtimoiy siyosati – ijtimoiy jarayon va kishilar oʼrtasidagi munosabatlarning butun kompleksini tartibga solishga qaratilgan davlat tomonidan taʼsir etirsh chora-tadbirlarining yigʼindisidir. Ijtimoiy siyosatning quyidagi asosiy maqsadlari mavjud: - Аholi turmush darajasi va sifatini oshirish; - Kishilarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini borgan sari toʼlaroq qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish; - Ijtimoiy adolatni chuqurlashtirish, ijtimoiy kafolat va ijtimoiy himoya mexanizmini takomillashtirish. Ijtimoiy siyosatning tub maqsadi Prezidentimizning quyidagi fikrlarida oʼz ifodasini topgan: “Barcha islohotlarning, - deb yozgan
Аyni vaqtda davlatning ijtimoiy siyosati quyidagi holatlarni taqozo etadi: 1. Barcha mehnatga layoqatlilarga tadbirkorlik va mehnat uchun qulay sharoitlarni taʼminlash. Bular jumlasiga kiradi: - Biznesni liberallashtirish; - Kichik tadbirkorlikni ragʼbatlantirish; - Yuqori darajadagi bandlikni qoʼllab-quvvatlash; - Mehnat munosabatlarini tartibga solish. 2. Jamiyatning barcha aʼzolariga farovonlikning maʼlum standartlarini taʼminlash. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarurat hisoblanadi: - Jamiyatda daromadlarni qayta taqsimlash; - Turli nafaqalar va pensiyalarni optimallashtirish ; - Umumiy savodxonlik va barcha jamiyat aʼzolari uchun zaruriy tibbiy yordamni uyushtirish. Isteʼmoldagi farqlar faqat mehnat bilan bogʼliq daromadlargagina emas, balki oila aʼzolari soni, oiladagi ishlovchilar soni, oiladagi ishlovchilar bilan ishlamaydiganlar nisbati, sogʼligʼi, milliy sharoitga bogʼliq. Mavjud katta farqlarni faqat davlat ijtimoiy siyosat orqali tartibga solishi mumkin.
Maʼlumki, bozor iqtisodiyoti oʼz-oʼzidan jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni shakllantira olmaydi, aksincha axolining iqtisodiy jihatdan tabaqalanishini kuchaytiradi. Ijtimoiy siyosatning asosiy vazifasi axolining nochor, muhtoj toifalarini ishonchli ijtimoiy himoyasini shakllantirishdan iborat. Maʼlumki, bozor munosabatlariga qiyinchiliklarsiz va ijtimoiy ziddiyatlarsiz, silliqqina oʼtib boʼlmaydi. Bu bozor munosabatlariga oʼtgan mamlakatlar tajribasidan maʼlum. Shuning uchun ham bozor mexanizmini joriy etishdan oldin axolini ijtimoiy himoyalash boʼyicha kuchli ehtiyoj chora – tadbirlarni oldindan koʼra bilish, axolini ijtimoiy himoyalash yoʼli bilan odamlarning turmush darajasining keskin pasayib ketishini oldini olish va shu asosda jamiyatda osoyishtalik va barqarorlikni saqlash uchun asosiy omil boʼladi.
Oʼzbekistonda xuddi shu yoʼldan borildi. Islohotlarning boshlangʼich bosqichidan boshlab axolini ijtimoiy himoya qilish uchun qoʼplab, usul va uslublardan foydalanildi. Jumladan, miqdori muntazam oʼzgartirib borilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, kompensatsiya toʼlovlari, bevosita pul toʼlovlari imtiyozlar va turli dotatsiyalar tarzidagi bilvosita toʼlovlar keng qoʼllanildi. Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq olinmaydigan boʼldi. Korxonalarning oʼz xodimlariga ijtimoiy yordam koʼrsatish sohasidagi xarajatlarining bir qismi byudjet mablagʼlari hisobidan qoplandi. Keng isteʼmol mollari va xizmatlarning koʼpgina turlari narxlaridagi tafovutlarning oʼrni byudjetdan qoplandi. Boshlangʼich sinf oʼquvchilari va yolgʼiz pensionerlar uchun bepul ovqat, barcha maktab oʼquvchilari va studentlar uchun ovqatlar arzonlashtirildi, koʼpgina toifadagi fuqarolarga turar – joylari xususiy mulk qilib bepul berildi, baʼzi turdagi kommunal xizmatlar haqini toʼlashda yengilliklar joriy etildi. Islohotlarning birinchi bosqichida ijtimoiy himoyalash xarajatlari respublika byudjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi. Narxlarning erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanishi darajasining ortib borishi bilan daromadlarning eng kam va oʼrtacha darajasini muntazam oshirish ijtimoiy himoyalashda ustun yoʼnalishlardan biri boʼldi.
Bu yoʼnalish axolining barcha tabaqalarini qamrab oldi va islohotlar birinchi bosqichida keng miqyosda qoʼllanildi. Respublikada daromadlar va narxlar nisbati-ning oʼzgarishi bilan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamgʼarma banklaridagi axoli omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlari qayta koʼrib chiqildi. Eng kam ish haqi va boshqa toʼlovlar oldindan koʼpaytirilib kelindi, narx- navo oʼzgarishi bilan bogʼlab olib borildi. Bu oʼz navbatida axoli toʼlov qobiliyatining saqlanib qolishini taʼminladi va uning turmush darajasining keskin pasayib ketishining oldi olindi. Аholini ijtimoiy himoya qilishda respublika ichki isteʼmol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari turlari isteʼmolini muayyan darajada saqlab turishdan iborat koʼrilgan chora-tadbirlarning oʼrni katta boʼldi. Isteʼmol bozorini zarur tovarlar bilan toʼldirish va ularning chetga chiqib ketishini oldini olish maqsadida isteʼmol mollarini sotib olish uchun bir marta, soʼngra koʼp marta ishlatiladigan kuponlar muomalaga kiritildi, kundalik zarur tovarlarning cheklangan turlarini meʼyorlangan tarzda sotish joriy etilda. Bu oʼz navbatida bozorni pishiq-puxta himoya qilibgina qolmay, savdo tarmoqlariga barcha zarur oziq-ovqat tovarlarini va kundalik xarid mollarini muntazam ravishda chiqarib turishni taʼminladi va ularning isteʼmol qilish hajmini kamaytirmaslik uchun imkon yaratdi. Ish haqini oshirish bilan birga, barcha toifadagi maktablarning oʼquvchilari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, Oliy va oʼrta maxsus oʼquv yurtlarining professor - oʼqituvchilari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlarni ijtimoiy himoyalash va ularning mehnatini ragʼbatlantirish maqsadida ularga qoʼshimcha moddiy neʼmatlar – kvartira haqi va kommunal toʼlovlarda imtiyozlar berildi. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari ajratildi.
Chunki aholining turmush farovonligi koʼp jihatdan uning oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasiga bogʼliq boʼladi. Mazkur masalani hal etishda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish, dehqon va fermer xoʼjaliklari faoliyatidan yanada samarali foydalanish zarur boʼladi.Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish jarayoni aholi hayot faoliyati uchun sharoitlar yaratadi. Bu sharoitlar «turmush sifati» tushunchasi bilan tavsiflanadi. Turmush sifati koʼplab omillar taʼsirida shakllanadi. Ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, mamlakatda ehtiyojmandlarga ijtimoiy yordam koʻrsatishning keng qamrovli mexanizmi yoʻlga qoʻyilmoqda. Biroq tan olish kerakki, unga berilgan ijobiy salohiyat sabab bunday mexanizm yetarlicha moslashuvchan va maksimal darajada shaffof boʻla olmaydi. Ayrim obyektiv va subyektiv omillar butun tizim samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Mahalla vakillarining aholiga ajratilayotgan mablagʻlarni taqsimlashi borasidagi masʼuliyatlarini vijdonan va ochiq ado etishayotganlariga koʻpchilikda shubha bor. Ajratilgan ijtimoiy yordam barcha muhtojlarga va oʻz manziliga yetib bormayapti, degan xavotir ham yoʻq emas. Oilalarga ijtimoiy yordam ajratishda yoʻl qoʻyilgan xatolar ehtimoli yetarlicha yuqoriligini ham eʼtirof etish joiz.