Мundarijа bet kirish



Yüklə 179,99 Kb.
səhifə11/15
tarix25.12.2023
ölçüsü179,99 Kb.
#196800
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
21a21kt

II.TEXNOLOGIK QISM
2.1. Nitrat kislota ishlab chiqarish texnologik sxema izohi

8-rasm. 7-10 atm bosim ostida suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish uchun qurilma sxemasi.
Yuqori bosim ostida (7-10 atm) suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish sxemasi 8-rasmda ko'rsatilgan.
Suv yoki soda eritmasi bilan skrubberda (1) yuvilgan va asbest yoki kartonli quruq filtrda (2) filtrlab tozalangan atmosfera havosi belgilangan bosimgacha siqish uchun quvurli kompressorga (4) yuboriladi, bunda u taxminan 110-120°C gacha qiziydi va aralashtirgichga (10) boradi. Bu yerda u bug’latgichdan (8) keladigan hamda moy va katalizator changidan tozalash uchun filtr (9) orqali o'tgan ammiak bilan aralashadi. Aralashtirgichda (10) olingan tarkibida 10-12% NH3 tutgan ammiak-havo aralashmasi kontakt jihoziga (11) yuboriladi. Kontakt jihozida
ammiakning azot(II)-oksidga oksidlanishi 900°C haroratda sodir bo'ladi.
Qaynoq nitroza gazlari kontakt jihozidan yuttirgich qozonga (12) yuboriladi, u yerda 400°C haroratgacha sovutiladi. So'ngra gaz 40-50°C gacha keyingi sovutish uchun kondensator-sovutgichga (13) beriladi. Kondensator yo'li bo’yicha nitroza gaziga havo qo'shib boriladi. Bu NO ning NO2 ga keyingi oksidlanishini yaxshilaydi. Nitroza gazlarining kondensatorda oksidlanishi tez sodir bo'ladi,
bunda NO2 kondensatsiyalanadigan suv bug' bilan 53-56% li nitrat kislota hosil qiladi. Nitrat kislotaning bu miqdori kislota qurilmasida olinadigan barcha kislotaning 50% gachani tashkil etadi. Kontakt jihozidan nitroza gazlari bilan chiqadigan platina zarrachalarini ajratish uchun kondensatorda hosil bo'ladigan nitrat kislota filtr (14) orqali o'tadi va tarelkali absorbsiya minorasiga (15) kelib tushadi. Nitroza gazlari kondensatordan (13) absorbsiya minorasining (15) quyi qismiga yuboriladi va unda pastdan yuqoriga qarab o'tadi. Absorbsiya minorasining yuqorisidan kondensat beriladi, hosil bo’ladigan 60-62% HNO3 konsentratsiyali nitrat kislota esa minoraning pastki qismidan chiqariladi. Nitrat kislota hosil bo’lishida kolonnada ajraladigan issiqlikni chiqarib olish uchun minora tarelkalariga sovuq suv aylanadigan aylana quvurli sovutgichlar joylashtirilgan bo'ladi.
Absorbsiya minoralaridan chiqadigan gazlar (chiqindi gazlar) tarkibida 0,15% gacha azot oksidlari (NO va NO2) bo'ladi. Bu gazlar qizdirgichga (7), u yerda yuttirgich qozondan olinadigan bug’ bilan qizdiriladi, so'ngra ular bosimidan foydalanish uchun kengayish trubinalariga (3) yuboriladi. Bu esa havoni siqish uchun sarflanadigan 40% gacha energiyani tejash imkonini beradi. Minoradan (15) chiqadigan gazlarni qizdirish uchun yuttirgich qozondan keyingi nitroza gazlarini bug' bilan birgalikda ishlatish mumkin.
Tizimning asosiy jihozlari (kondensator, absorbsiya minoralari va boshqalar) xrom-nikelli po'latdan tayyorlanadi. Absorbsiya minorasi konstruksiyasi qalpoqli
yoki teshikli (elakli) barbotaj tarelkali tayyorlanadi.
Yuqori bosim ostida ishlaydigan qurilmalar atmosfera bosimi ostida ishlaydigan qurilmalar bilan taqqoslanganda bir qator afzalliklarga ega bo'ladi: 1) azot oksidlarini nitrat kislotaga qayta ishlash 98-99% gacha, kislota konsentratsiyasi esa 60-62% gacha ortadi. Ishqoriy absorbsiyaning zarurati bo'lmaydi; 2) absorbsiya minoralarining hajmi atmosfera bosimi ostida ishlaydigan to'ldirgichli tizim minoralariga nisbatan o’n martalab kichik bo'ladi; 3) jihozlarni maxsus po'latdan tayyorlash sarfi va qurilmani barpo etish kapital xarajatlari kamayadi.
Qimmatbaho platina katalizatori yo’qotilishining ko'payishi va bosimni oshirilishi hisobiga energiya sarfining ortishi bu usulning asosiy kamchiligi hisoblanadi.[12]




    1. Yüklə 179,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin