Мundarijа bet kirish


Zmeyevikli issiqlik almashinish qurilmasi



Yüklə 179,99 Kb.
səhifə8/15
tarix25.12.2023
ölçüsü179,99 Kb.
#196800
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
21a21kt

Zmeyevikli issiqlik almashinish qurilmasi. Zmeyevik shaklida egilgan truba silindrik qobiqli idishga o'rnatilgan bo’ladi. Silindrik qobiqli idish isitilishi
zarur bo'lgan suyuqlik bilan to'ldiriladi.
Zmeyeviklar ko’pincha 15...75mm diametrli trubalardan yasaladi. Silindrik
idishning hajmi katta bo'lgani uchun, suyuqlikning tezligi kichik, ya'ni issiqlik
berish koeffitsiyentining qiymati past bo’ladi. Issiqlik eltkich odatda zmeyevik
ichiga yuboriladi. Bu turdagi qurilmalar kam miqdordagi suyuqliklarni isitish uchun mo'ljallangan.
Zmeyevikli issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: tuzilishi sodda; narxi arzon: tozalash va ta'mirlash oson; yuqori bosim (0,2...0,5 MPa) qo’llash mumkin; kimyoviy faol suyuqliklari isitish ham mumkin; isitish yuzasi 10...15m;
suyuqlik hajmi kattaligi uchun ishchi rejimlar o’zgarishi jarayonga sezilarli ta'sir
etmaydi.
Ushbu turdagi qurilmaning kamchiliklari: suyuqlikning tezligi va issiqlik berish koeffitsiyenti kichik; truba ichki devorini tozalash qiyin; l/d>200.275 bo'lsa,
zmeyevik pastida kondensat yig'iladi, issiqlik almashinish yomonlashadi va
gidravlik qarshilik ortib ketadi.
Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmasi. Bu qurilmalarda issiqlik
almashinish yuzasi ikkita yupqa metall listlarni spiral bo'ylab o'rash natijasida
hosil bo'ladi. Spirallarning ichki uchlari plastina to'siq yordamida birlashtirilgan.
Kanallar yon tomoni qistirma va tekis qopqoq yordamida zichlab yopilgan.
Natijada bir - biridan ajrab turuvchi kanallar hosil bo’ladi va ularda qarama - qarshi
yo'nalishda suyuqliklar harakatlantiriladi. Kanallarning eni metall list eni bilan
belgilanadi. Balandligi esa oraliqni belgilovchi bo’lakchaning o'lchami bilan
aniqlanadi. Tekis qopqoqlar flanetsga boltlar yordamida mahkamlanadi (7-rasm).
Issiqlik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun tekis qopqoqlarning markazida va
spiralning tashqi uchlarida shtuserlar o’rnatiladi.

7-rasm. Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmasi.
1,2- metall listlar; 3- plastina-to'siq; 4- qopqoqlar, 5- flanets; 6- qistirma; 7- oraliqni belgilovchi bo'lakcha. I va II- issiqlik eltkich.
Bu qurilma suyuqlik va gazlar orasida issiqlik almashinish uchun ishlatiladi. Agar issiqlik eltkich tarkibida qattiq zarrachalar bo'lgan taqdirda ham ushbu
qurilmalardan foydalanish mumkin, chunki to'g'ri to'rtburchak shakldagi kanalga
tiqilib qolmaydi.
Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: tuzilishi ixcham; gidravlik qarshiligi nisbatan kichik; suyuqliklar tezligi yuqori (1.2 m/s); issiqlik o'tkazish koeffitsiyenti katta; kam joy egallaydi. Ushbu qurilma kamchiliklari: yasash, ta'mirlash va tozalash qiyin; yuqori bosim (21,0 MPa) da ishlatish mumkin emas, chunki bu bosimlarda zichlanishni ta'minlash qiyin.

Yüklə 179,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin