Мundarijа bet kirish


Ko’p yo'lli, qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi



Yüklə 179,99 Kb.
səhifə5/15
tarix25.12.2023
ölçüsü179,99 Kb.
#196800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
21a21kt

Ko’p yo'lli, qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi

Trubalar bo'shlig’i seksiyalanishi tufayli, seksiyadagi trubalar soni butun


qurilmanikiga qaraganda kamayadi. Bu esa suyuqlik oqimi harakatlanadigan
ko'ndalang kesim yuzasi kamayishiga va issiqlik eltkich tezligining ortishiga olib
keladi. Masalan, to'rt yo'lli qurilmada bir yo'llikka qaraganda suyuqlikning tezligi
to’rt marta ko'p bo'ladi. Ushbu hol esa trubalar bo’shlig’ida issiqlik berish
koeffitsiyentini o'sishiga sababchi bo’ladi. Shuni nazarda tutish kerakki, har doim
termik qarshiligi yuqori issiqlik eltkichning tezligini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Trubalararo bo'shliqda suyuqlik oqimi tezligini va harakat yo’lini uzaytirish
maqsadida segment to'siqlar o'rnatiladi (2-rasm) . Gorizontal issiqlik almashinish
qurilmalarida ushbu segment to'siqlar truba o'rami uchun oraliq tayanchlar
vazifasini ham bajaradi. Odatda, gorizontal qurilmalar ko'p yo'lli qilib yasaladi va
ularda suyuqliklar tezligi yuqori bo’ladi. Bunday qilishdan maqsad, temperatura va
zichliklar farqi ostida suyuqliklarning qatlamlarga ajralib hamda harakatsiz zonalar
hosil qilmasligini ta'minlashdir. Agar issiqlik almashinish qurilmasi qo'zg'almas
teshik panjara tuzilishi, qobiq va trubalar temperaturalarining o'rtacha farqi 50°C dan katta bo'lsa, qobiq va trubalar uzayishi har xil bo’ladi. Bu hol o'z navbatida
teshikli panjarada katta kuchlanishlar hosil qiladi va panjaradagi trubalar
zichlanishini, payvand choklarini buzadi va yo'l qo'yib bo'lmaydigan issiqlik
eltkichlar aralashishiga olib keladi. Shuning uchun temperaturalar farqi katta
bo'lganda, temperatura ta'sirida uzayishini kompensatsiya qiladigan issiqlik
almashinish qurilma konstruksiyalari qo'llaniladi.
2-rasm. Ko’p yo’lli issiqlik almashinish qurilmasi (truba bo'shlig'i bo'yicha).
1 - qobiq; 2 - isituvchi truba; 3 - qopqoq 4 - to'siq.


Yüklə 179,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin