Linza kompensatorli issiqlik almashinish qurilmasi. Ushbu turdagi
qurilmalar suyuqliklar temperatura farqi katta bo’lganda ishlatiladi. Linzali
kompensatorlar temperatura deformatsiyasini bartaraf qiladi. Bu turdagi
qurilmalar truba va trubalararo bo'shliqlarida bosimlar R ≤ 610 N/m bo’lganda
ishlatiladi.
Linzali kompensator issiqlik almashinishi qurilmalar qobig'iga payvandlab
qo'yiladi va u elastik deformatsiya ostida siqiladi yoki uzayadi. Bunday qurilmalar
tuzilishi sodda va ixcham. Undan tashqari, vertikal qilib yasalgan linza
kompensatorli qurilmalar ko’p joy egallamaydi. [7]
U-simon trubali issiqlik almashinish qurilmasi. Bunday qurilmalarda bitta
teshikli truba panjarasi bo'lib, U-simon trubaning ikkala uchi unga mahkamlanadi (3-rasm). Shuni alohida aytish kerakki, trubalarning o'zi kompensatsiyalovchi moslama funksiyasini bajaradi. Qurilma tuzilishi sodda va trubalarning tashqi yuzasini tozalash oson. Undan tashqari, ikki va undan ortiq yo'lli bo'lgani uchun issiqlik almashinish jarayoni intensiv bo'ladi. Trubalarning ichki yuzasini tozalash qiyin va teshikli panjarada ko'p miqdorda trubalar joylashtirish murakkab.
3-rasm. Temperatura kuchlanishlarini kompensatsiya qiluvchi issiqlik almashinish qurilmalarining tuzilishi.
a - linza kompensatorli:
1 - qobiq; 2 - isituvchi truba; 3 - linzali kompensator.
b - U-simon trubali:
1 - qopqoq; 2 - qobiq; 3 - U-simon isituvchi trubalar.
Harakatchan qalpoqchali issiqlik almashinish qurilmasi. Truba va qobiqning katta siljishini ta’minlash zarur bo'lgan hollarda harakatchan qalpoqchali issiqlik almashinish qurilmalaridan foydalaniladi (4-rasm).
Qurilmaning pastki teshikli truba panjarasi harakatchan bo'lganligi uchun
butun trubalar o'rami qo'zg’ almas qobiqqa nisbatan mustaqil, erkin harakat qila
oladi. Bu esa xavfli bo'lgan trubalar temperatura deformatsiyasi, ularning teshikli
panjara bilan zichlanishining buzilishi oldini olish imkoniyatini beradi. Lekin shuni
qayd qilish kerakki, temperatura ta'sirida uzayishini kompensatsiya qilish, qurilmani murakkablashishi va og’irlashishi hisobiga erishiladi.
4-rasm. Harakatchan qalpoqchali issiqlik almashinish qurilmasi.
1 - qobiq; 2 - isituvchi trubalar; 3 - harakatchan qalpoqcha.