Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi. Yupqa metall listlardan tayyorlangan bir necha plastina tepa va pastki tutib turuvchi bruslardan iborat romda yig’iladi. Qo'zg'almas va harakatchan plitalar orasida shtampovka qilingan po'lat, gofrirlangan plastina dastasi joylashgan bo'lib, ularda issiqlik eltkichlar harakati uchun kanallar bor. Plastina dastasi qo'zg’almas va harakatchan plitalar orasida yig’iladi va tortib turuvchi shpilka yordamida siqiladi. Plastinalarni zichlash yuqori bosimga bardosh bera oladigan qistirmalar yordamida amalga oshiriladi. Plastinalar orasidagi kanallar eni 3...6 mm bo'ladi. Plastinalar orasidagi kanallarda suyuqlik tezliklari yuqori bo'lgani uchun issiqlik o'tkazish koeffitsiyenti K≤ 3800 Vt/m*K gacha erishish mumkin. Undan tashqari, bunday yuqori issiqlik o'tkazish koeffitsiyentlari olishga sababchi bo'lgan omillardan biri, gofrirlangan plastina yuzasining suyuqlik oqimini turbulizatsiya qilishi va devorning kichik termik qarshiligidir.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: issiqlik o'tkazish
koeffitsiyenti katta; gidravlik qarshiligi nisbatan kichik; tuzilishi ixcham;
suyuqliklar tezligi yuqori; issiqlik almashinish yuzasi katta.
Bu turdagi qurilmalar kamchiliklari: katta bosimga bardosh berolmaydi:
tayyorlash qiyin; suyuqlik tarkibidagi qattiq zarrachalar kanallarni yopib qo’yish
ehtimoli bor.
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalari.Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalari ikkita seksiyadan tashkil topgan bo’ladi. Birinchisida issiqlik eltkichdan oraliq materialga issiqlik uzatilsa, ikkinchisida esa - oraliq
materialdan texnologik gazga uzatiladi. Sirkulatsion harakatlantiruvchi donador
qatlamli uzluksiz ishlaydigan regenerativ issiqlik almashinish qurilmasi, asosan,
ikkita isitkichdan tuzilgan bo'lib, har bir isitkichning pastki qismida gaz oqimini bir
me'yorda uzatish uchun taqsimlagich o'rnatilgan. Isitkichdan donador materialni
uzluksiz ravishda to’kish uchun shlyuzli tamba xizmat qiladi. Ikkinchi isitkichdan
chiqayotgan sovutilgan donador material pnevmotransport liniyasiga to'kiladi.
Undan so'ng, havo yordamida bunker - separatorga uzatiladi va u yerda zarrachalar
cho'ktiriladi va yana qaytadan birinchi isitkichga yuboriladi.