Мundarijа bet kirish


Qo'shaloq trubali issiqlik almashinish qurilmasi



Yüklə 179,99 Kb.
səhifə7/15
tarix25.12.2023
ölçüsü179,99 Kb.
#196800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
21a21kt

Qo'shaloq trubali issiqlik almashinish qurilmasi. Qurilmaning bir tomonida ikkita teshikli truba panjarasi o'rnatilgan bo'ladi.

5-rasm. Qo'shaloq trubali qobiq -trubali issiqlik almashinish qurilmasi.
1, 3 - teshikli panjara; 2 - ichki truba; 4-tashqi truba.
Bunday qurilmalarda temperatura ta’sirida trubalar bir-biridan bevosita istalgan miqdorda uzayishi mumkin.
Qo’shaloq trubali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: sodda,
trubalararo bo'shliqda yuqori bosimlarni qo’llash mumkin va qarama - qarshi
yo’nalishli qobiq - trubali qurilmaga o’xshab ishlaydi (5-rasm).
Kamchiliklari: oddiy qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmasiga nisbatan o’lchami katta va narxi qimmat.
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalari suyuqlik va kondensatsiyalanayotgan bug' orasida issiqlik almashinish uchun qo’llaniladi.
Odatda suyuq faza trubalar ichiga yo'naltiriladi, bug' esa turbalararo bo'shliqqa.
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: ixcham, metall
sarfi kam, U-simon trubali qurilmadan tashqari hamma qurilmalardagi trubalar
ichini tozalash nisbatan oson.
Kamchiliklari: issiqlik eltkichlar tezligini oshirish murakkab (ko'p yo'lli
qurilmalardan tashqari); trubalararo bo'shliqni tozalash qiyin; trubalararo bo'shliqni
kuzatish va ta'miriash uchun imkoniyatlar chegaralangan; razvalsovka va
payvandlashga moyil bo’Imagan materiallardan bu turdagi qurilmalarni yasash
murakkab.[8]
«Truba ichida traba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmasi. Bir nechta
elementlardan tarkib topgan bo’ladi. Har bir element katta diametrli tashqi truba
(odatda 25...159 mm) va konsentrik joylashtirilgan ichki truba (odatda 57.219 mm) lardan tashkil topgan. Suyuqlik eltkich truba ichida harakatlansa, issiqlik eltkich trubalararo bo'shliqda harakatlanadi. Issiqlik almashinish ichki trubaning devori orqali amalga oshadi.
Ushbu qurilmalarning truba va trubalararo bo'shlig’ida yuqori tezliklarga (3,0 m/s gacha) erishsa bo'ladi. Agar katta yuzalar zarur bo'Isa, bir necha seksiyalardan batareya hosil qilish oson va mumkin(6-rasm).
Bu turdagi qurilmalarda suyuqliklar sarfi katta va «suyuqlik - suyuqlik»,
«suyuqlik - bug'» sistemalarida issiqlik almashinish uchun qo’llaniladi.
«Truba ichida truba» issiqlik almashinish qurilmaning afzalliklari: tuzilishi va
yasalishi sodda; suyuqliklar tezliklari katta bo’lgani uchun issiqlik o'tkazish
koeffitsiyenti yuqori.



6-rasm. «Truba ichida truba» tipidagi ajralmas, bir oqimli issiqlik almashinish qurilmasi.
1 - tashqi truba: 2 - ichki truba; 3 - kalach; 4 - patrubka. I, II - issiqlik elitkichlar.
Kamchiliklari: qo'pol, metall sarfi ko'p, trubalararo bo’shliqni tozalash qiyin.
Ajraluvchan konstruksiyali «truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish
qurilmalarida temperatura ortishi bilan tashqi trubalarga bog'liq bo'lmagan holda,
ichki trubalar uzayishi mumkin. Qurilmaning konstruksiyasi issiqlik almashinish
trubalarining ichki yuzasini ifloslik va quyqalardan muntazam ravishda
mexanik tozalab turish imkonini beradi. Undan tashqari, bu qurilmalarda trubalarni
almashtirish jarayonini amalga oshirish uchun ularni yechib olish oson va tashqi
yuzasini tozalash mumkin.
Ko'p oqimli issiqlik almashinish qurilmalaridagi taqsimlash kamerasi oqimlarni trubalarga bo'lib beradi. Truba-qobiq va trubalarning teshikli panjarasi orasida taqsimlash kamerasi joylashgan. Ushbu kamera trubalararo bo' shliqda
harakatlanayotgan muhit uchun mo’ljallangan. Ko'p oqimli qurilmalarning
ichki va tashqi trubalari ikkita yo'lli bo’ladi. Bu turdagi qurilmalarda oqimlarning
harakat tezligi qobiq-trubali qurilmalarnikiga qaraganda ancha yuqori. Shu sababli
issiqlik o'tkazish koeffitsiyenti va truba yuzasining issiqlik kuchlanishi katta bo'ladi. Undan tashqari, issiqlik almashinuvchi muhitlarni qarama-qarshi yo'nalishda harakat qilishini tashkil etish oson. Bir va ko'p oqimli qurilmalarning trubalarida issiqlik eltkichlar tarkibidagi agressiv va mexanik iflosliklar kamroq o'tirib qoladi. Ko'pchilik hollarda, «truba ichida truba» qurilmalarining issiqlik ko' rsatkichlari qobiq-trubali qurilmalarnikiga qaraganda ancha yuqori bo’ladi. Ayrim hollarda, qurilmaning ichki trubalarning tashqi yuzasi qirrali qilib yasaladi. Natijada, issiqlik almashinish yuzasi 4...5 marotaba ortadi. Odatda, bu usuldan trubaning birorta muhit harakatlanayotgan tomonida issiqlik berish koeffitsiyentini oshirish qiyinbo'lganda (gaz, qovushqoq suyuqlik harakatida yoki laminar rejimda) foydalaniladi. Bunday hollarda, qirrali trubalarni qo'llash, uzatilayotgan issiqlik miqdorini anchaga oshirish imkonini beradi.[9]

Yüklə 179,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin