I. Analitik qism 1.1. Umumiy tushunchalar Kimyo va boshqa sanoatlarda issiqlik almashinish qurilmalarida o'tkaziladigan suyuqlik va gazlarni isitish, bug'latish, sovutish va bug'larni kondensatsiyalash jarayonlari juda keng tarqalgan.
Biror muhitdan boshqasiga issiqlik o'tkazish uchun mo'ljallangan moslama
issiqlik almashinish qurilmasi deb nomlanadi. Issiqlik uzatish jarayonida
qatnashayotgan muhitlar issiqlik eltkichlar deb ataladi. Yuqori temperaturali va
issiqlik beruvchi muhit issiqlik eltkich deyiladi. Past temperaturali va issiqlik
oluvchi muhit sovuqlik eltkich deyiladi.
Turli sanoatlarda to'g'ridan to'g'ri issiqlik manbai bo'lib, yoqilg’ilarni yonishidan hosil bo'lgan gazlar va elektr energiyasi ham ishlatiladi. Bu turdagi bevosita issiqlik manbalaridan issiqlik olib, o'zining issiqligini qurilma devori orqali isitilayotgan suyuqlik yoki gazga beruvchi moddalar oraliq issiqlik eitkichlar deb yuritiladi. Bunday issiqlik eltkichlarga suv bug'i, issiq suv va yuqori temperaturali issiqlik eltkichlar (o'ta qizdirilgan suv, mineral moy, organik suyuqlik va ularning bug'lari, tuz eritmalari, suyuq materiallar va boshqalar) kiradi. Oddiy temperatura (10…30°C) largacha sovutish uchun suv hamda havo keng miqyosda va samarali qo'llaniladi.
Issiqlik eltkichlarni tanlashda ularning quyidagi xossalariga e'tibor berish zarur:
-muhitni sovutish yoki sovutish darajasi va uni boshqarish;
-minimal massaviy va hajmiy sarflarda katta issiqlik almashinish tezligiga
erishish;
- qovushqoqligi kichik, zichligi, issiqlik sig’imi va bug’ hosil qilish issiqligi katta
bo'lishi kerak;
-yonmaydigan, zaharlimas, issiqlikka chidamli bo 'lishi zarur;
-issiqlik almashinish qurilma materialini yemirmasligi va buzmasligi kerak;
-arzon va kamyob bo’Imasligi zarur.
Ko'p holatlarda issiqlik elitkichlar sifatida sanoat yarim mahsulot, mahsulot va chiqindilarning issiqligidan foydalanish iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqdir.[4]