Мundarijа bet kirish


To’yingan suv bug'i bilan isitish



Yüklə 179,99 Kb.
səhifə3/15
tarix25.12.2023
ölçüsü179,99 Kb.
#196800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
21a21kt

To’yingan suv bug'i bilan isitish

Ushbu usulda isitish amaliyotda keng miqyosda qo'llaniladi. Bunga uning


quyidagi afzalliklari sababchidir: kondensatsiyalanish jarayonida juda katta
miqdorda issiqlik ajrab chiqadi (2024... 2264 kJ/kg); kondensatsiyalanayotgan
bug'dan devorga issiqlik berish koeffitsiyenti juda yuqori; isitish bir tekisda sodir
bo'ladi. O'tkir bug' bilan isitishda suv bug'i bevosita isitilayotgan suyuqlikka
yuboriladi. Natijada bug’ kondensatsiyalanadi va issiqligini suyuqlikka beradi.
Jarayonda hosil bo'lgan kondensat suyuqlik bilan aralashib ketadi. Isitish va
aralashtirish jarayonlarini birdaniga amalga oshirish uchun bug' barboter yordamida suyuqlik qatlamiga yuboriladi. Isitilayotgan muhitni suv bilan aralashishi mumkin bo'lgan hollardagina o’tkir bug’ bilan isitish jarayoni qo’llaniladi. Ushbu usul ko'pincha suv va suvli eritmalari isitish uchun ishlatiladi.
Kuchsiz bug’ bilan isitishda issiqlik bug’dan suyuqlikka ajratib turuvchi devor orqali uzatiladi. Qurilma ichida bug’ kondensatsiyalangandan so'ng, uning bug’ bo'shlig’idan kondensat holatida chiqariladi. Hosil bo'lgan kondensatning
temperaturasi isituvchi bug'ning to'yinish temperaturasiga teng deb qabul qilinadi.[5]
1.2. Issiqlik almashinish qurilmalari

Ma'lumki, sanoatning turli sohalarida xilma-xil homashyo va mahsulotlarni qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari hamda ularni amalga oshiruvchi


qurilmalar juda keng miqyosda qo'llaniladi. Jarayonlarni o’tkazish shartlari va
qurilmalari qo'llash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarning tuzilishi
turlicha bo'ladi.
Ishlash prinsipiga qarab issiqlik almashinish qurilmalari sirtiy (rekuperativ),
regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va
h.). qurilmalarga bo'linadi.
Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlar devor bilan ajratilgan bo'lib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali uzatiladi. Konstruksiyasiga ko’ra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq-trubali, zmeyevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g'ilofti, blok-grafitli va maxsus issiqlik almashinish qurilmalariga bo'linadi.
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi
galma-gal issiq va sovuq eltkichlar bilan yuvilib turadi. Agar issiqlik almashinish
yuzasi issiq eltkich bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi hisobiga isiydi, sovuq
eltkich bilan yuvilganda esa o’z issiqligini beradi. Shunday qilib, issiqlik
almashinish yuzasi issiqlik eltkichning issiqligini yig’ib oladi, so’ng esa sovuq
eltkichga beradi.
Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikkala eltkich bevosita o’zaro aralashishi paytida issiqlik almashadi.Issiqlik almashinish turiga ko’ra qurilmalar isitkich, bug’latkich, sovutkich va kondensatorlarga ajratiladi.



Yüklə 179,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin