Mundarija betlar kirish



Yüklə 361,74 Kb.
səhifə1/11
tarix02.06.2023
ölçüsü361,74 Kb.
#123473
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
bitiruv ishi MNSN

MUNDARIJA


betlar

KIRISH ………………..………………………………………......………...... 3


  1. BOB. XO`JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA MOLIYAVIY HISOBOT SHAKLLARI VA ULARNI TUZISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSlari

    1. Xo`jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va

ularni tuzishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari................................ 5



    1. Xo`jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va

ularni tuzishning uslubiyati va tahlili.................................................... 14


  1. BOB. X XO`JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA MOLIYAVIY HISOBOT SHAKLLARI VA ULARNI TUZISH AMALIYOTI


    1. Xo`jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va

ularni tuzish tartibi hamda amaliyotdagi holati....................................... 30

    1. Xo`jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va

ularni tuzish amaliyotini takomillashtirish masalalari............................ 34


XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………...…….. 38


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………. 42
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini yanada rivojlantirishni ro`yobga chiqarish maqsadida Respublikamiz Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarga mo`ljallangan “Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasida moliya bozorini rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarkibida sanoat, xizmat ko`rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko`paytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari raqobatdoshligini oshirish, ta`lim va fan sohasini rivojlantirish, ta`lim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash kabi dolzarb vazifalar belgilangan”1. Shu sababli mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va barcha iqtisodiy fanlarni chuqur o`rganish, us-hbu fanlarni o`qitish metodikasini takomillashtirish,iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy tafakkur va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish shu kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Hozirda iqtisodiyotdagi islohotlarni chuqurlashtirish, modernizatsiya va diversifikatsiyalashga alohida diqqat qaratilishi sharoitida respublikamiz ta`lim tizimi oldiga mamlakatimizning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy rivojini ta`minlashga o`zi tanlagan mutaxassislik bo`yicha bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlashga layoqatli, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni asosiy vazifa qilib qo`yadi.
Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, bo`lajak iqtisodchi pedagoglarda chuqur bilim, malak va ko`nikmalarni shakllantirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishni o`rgatish, ijodiy izlanishga yo`naltirish, intefaol metodlarni mukammal bilish va ulardan mohirona foydalanish mavzuning dolzarbligini yana bir bor ta`kidlaydi.
«Ta’lim- tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida»gi Farmoni (08.10.1997 yil) «Ta’lim to` g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tadbiq etish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu dasturiy hujjatlarda kadrlarning mamlakatimizni iqtisodiy ravnaq topishini ta’minlashda hal qiluvchi rol o'ynashi hisobgaolingan.Ularda kasb madaniyati yuqori bo’lgan, yuksak malakali, professional mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan ekanligi ta’kidlab o’tilgan. Bunday kadrlar kelajakda yurt ravnaqi uchun xizmat qilib, uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yangi bosqichga olib chiqadi. Shunday ekan, hozirgi kunda kadrlarni tayyorlashga bevosita aloqador bo’lgan ta’lim jarayonining yo’lga qo’yilishi zamon talabidir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu masalaning dolzarbligini quyidaicha ta’kidlagandilar: “Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug’ilmasin, gap oxir - oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlaktimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashga bog’liq”2
Mustaqil O‘zbekitsonimizda islohatlar tobora ko‘p amalga oshirilmoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, jumladan yosh avlod ta’lim-tarbiyasida ham keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda.Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy kamoloti yosh avlodning sa’i harakatlariga bog‘liq ekanligi endi hech kimga sir emas. O‘sib kelayotgan yosh avlod va ularning kelajakda qanday kasb egallashlariga qarab, respublikamiz kelajagini tasavvur qilsa bo‘ladi.
Kelajakda erishishimiz lozim bo‘lgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori malakali, zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak.
Shu bilan birga Iqtisodiy fanlarda dars berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘ngildagidek bilimdon mutaxassis kadrlar tayyorlash, insonsalohiyatini yuzaga chiqarish esa har jihatdan o‘qituvchilarga, ularning bilimdonlik bilan o‘qitish jarayonini tahlili qilishi va dars berishiga bog‘liq.



Yüklə 361,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin