Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, iqtisodiy yo’nalishlardagi ta’lim yo’nalishlarida zamonaviy o’quv jarayonini tashkil etish, ularda ta’lim olayotgan o’quvchi-talabalarga mukammal iqtisodiy tafakkur g’oyalarini singdirish bugungi kundagi eng muhim dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xususan, biz tomonimizdan o’rganilayotgan buxgalteriyaning tarkibiy mavzularidan sanalgan “Xo’jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va ularni tuzish” bo’yicha sifatli o’quv jarayonini tashkil etishda eng avvalo uning nazariy asoslarini chuqurroq o’rganishni taqozo etadi. Chunki, mavzu bo’yicha amaliy muammolarni o`rganish, tahlil qilish va yechish uchun eng avvalo mazkur mavzu bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etishda pedagogga nazariy bilim zarur bo’ladi. Nazariy bilimni chuqur o’rganmasdan turib amaliy ta’limni tashkil etib bo’lmaydi. Shuningdek, chuqur o’rganilgan nazariy bilim turli metodlarni qo’llashda va uni uyg’unlashtirish jarayonini olib borishda qo’l keladi.
Chunki, o’rganilayotgan mavzumiz bevosita buxgalteriya fanining hal qiluvchi qismi bo’lib, uning amaliy jihatlarini, hamda o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish zaruriyatini tug’diradi.
Mavzumiz bevosita amaliyot bilan bog’liq, nazariy ko’nikma bilan cheklanish va amaliy xususiyatlarini e’tiborga olmaslik biz tomonimizdan o’rganilayotgan mavzu bo’yicha amaliyotdagi real muammolarni yechishni murakkablashtiradi. Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish metodi orqali o’quv jarayonini tashkil etishda va o’quvchi- talabalarning mustaqil o’rganishlari uchun shart-sharoit yaratish hamda ular
samaradorligini oshirishda turli o’qitishning ta’lim texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bugun iqtisodiyotda yangidan-yangi masalalarning yuzaa kelayotgani va yosh kadrlardan ularni tezkorlik bilan amaliy hal qilish talab etilayotgani ushbu btitruv malakaviy ishida keltirib o`tilgan metodlarning ahamiyatini yanada oshiradi.
Bitiruv malakaviy ishining mavzusini yoritishda mavzuga doir o‘quv, ilmiy adabiyotlar, hujjatlar bilan tanishib chiqildi. Bitiruv malakaviy ishning masalasini yoritishda esa, mustaqil ta’limni tashkil etishdagi muammo va kamchiliklarni inobatga olib qo‘shimcha ravishda talabalarning individual xususiyatlari, bilimlarini sinash usullari tavsiya qilinadi.
Bitiruv malakaviy ishning yakunida xulosa qilib, quyidagi takliflarni berib o‘tamiz:
Foydalanilayotgan keys ma`lum maqsadga yo‘naltirilgan xarakterda bo‘lishi, biror bir amaliy muammoni keltirib o`tishi lozim.
Taklif etilgan keys talab doirasida bo‘lishi, ya’ni talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligini e’tiborga olib tuzilishi lozim.
Dastlab talabalarda esse metodidan foydalangan holda eng oddiy ko‘nikmalarini shakllantirish darkor.
Berilgan keys talabalarda qiziqish uyg‘otish uchun ularning amaliy ahamiyati ochib berilishi kerak.
5,Mustaqil ta’limni tashkil etishda o‘qituvchi ma’ruzasi bilan talabaning keys topshiriqlari uzviy bog‘langan bo‘lishi darkor.
Har qanday turdagi keys topshiriqlarini bajarishda boshqaruvchi rolini o‘qituvchi talabalar bilan bo‘lishishi lozim.
O’qituvchi talaba tomonidan bajarib kelingan har bir esse hamda keys topshiriqlarini tekshirishga alohida e’tibor berishi kerak.
Iqtisodchi talabalar yozma nutqini shakllantirishda aynan esse metodidan faol foydalanish maqsadga muvofiq.
Yaqin kelajakda paydo bo`lishi mumkin bo`lgan muammolarga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida sohaga doir rivojlangan mamlakatlar “Case study” topshiriqlaridan foydalanish lozim.
Bitiruv malakaviy ishini yoritishda turli jadval, chizma, slaydlar tayyorlandi.
Kelajakda bitiruv malakaviy ishida ko‘rib chiqilgan masalalar, ular yuzasidan taklif etilgan ko‘rsatmalar “Xo’jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va ularni tuzish” mavzusida dars berish jarayonida foydalanilsa, talabalarning faolligiga erishishda yordam beradi deb o‘ylaymiz.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilanganidek, butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilish jaryoni ketmoqda ekan, ushbu bosqichda nazariya va amaliyotni o`zaro bog`lash, albatta o‘zining samarali natijalarini beradi