Mundarija betlar kirish



Yüklə 361,74 Kb.
səhifə2/11
tarix02.06.2023
ölçüsü361,74 Kb.
#123473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
bitiruv ishi MNSN

Bitiruvmalakaviy ishining o‘rganilganlik darajasi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va ularni tuzish mavzusini tadqiq etish davomida bu mavzu Jo’rayev N. “Moliyaviy hisobot”, Qurbonboyev J. “Moliyaviy hisob” nomli darslik va o`quv – qo`llanmalarida yoritilganligi aniqlandi. Xo`jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobi esa B.Xoshimov, B.Hasanov, A.Karimov va xorijiy tadqiqotchilar K.A.Abalkin, K.N.Moligova va boshqalar tomonidan o`rganilgan. Tojiboyeva D. “Mahsus fanlarni o‘qitish metodikasi” kitoblarida esa buxgalteriya hisobi fanini o`qitish metodikasiga oid tavsiyalar berilgan. Lekin,Xo’jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va ularni tuzish mavzusini o`rganishni interaktiv metodlar, “Esse” va “Case study”dan foydalanib o`qitishni tashkil masalalari o`rganib chiqilmagan va bu narsa biz uchun mavzuni tanlash uchun turtki bo`ldi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.
Mavzuni o‘rganishda, ulardagi tushunchalarni chuqur o‘zlashtirishda amaliy muammolarni tadqiq qilish va yechish katta ahamiyatga ega ekanligi, hamda mavzu bo‘yicha amaliyot bilan hamohang metodlar tadqiq qilingan adabiyotlar kamligi mazkur bitiruv malakaviy ishini yoritishni, bajarishni maqsad qilib qo‘yishimizga turtki bo`ldi.
Qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

  • korxona moliyaviy hisobotini shakllantirish jarayoni tahlili;

  • moliyaviy hisobot tuzish jarayonidagi yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yo’llarini o’rganish;

  • mavzuni o‘rganishda zamonaviy metodlarning dars o‘tish tizimida tutgan o‘rnini aniqlash;

  • mavzu bo‘yicha dars o‘tishda samarali metodlardan foydalanish va ularn yuzasidan topshiriqlar tayyorlash;

  • mavzu bo‘yicha amaliy muammolarni yechishdagi muammolarni o‘rganish;

Bitiruv malakaviy ishining obyekti.
Ishning tadqiqot obyekti iqtisodiy sohadagi ta’limdao‘qitiladigan “Buxgalteriya hisobi” fanining « Xo’jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va ularni tuzish» mavzusi hisoblanadi.

Yüklə 361,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin