Mundarija betlar kirish



Yüklə 361,74 Kb.
səhifə4/11
tarix02.06.2023
ölçüsü361,74 Kb.
#123473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
bitiruv ishi MNSN

1-rasm. Moliyaviy hisobot shakllari3
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy hisoboti soddalashtirilgan shaklda tuziladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi. Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Sho’ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari bo'lgan korxonalar umumlashtirilgan moliyaviy hisobot tuzadi. Sho’ba korxonalarga qo'shilgan hissalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo'yilmalari sifatida aks ettiriladi. Yuridik shaxslar o'z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo'linmalarini mustaqil balansga ajratishlari mumkin bo'lib, ularning balanslari va boshqa hisobot shakllarini o'zlarining umumlashtirilgan hisobotiga kiritishlari shart. Umumlashtirilgan hisobotga bosh korxona, uning sho’ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalarining moliyaviy hisobotlari ilova qilinadi. Umumlashtirilgan hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tuziladi.
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:




  • ta'sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;

  • davlat statistika organlariga;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.

Moliya hisoboti hisobot yili boshdan qo'shilib boruvchi jamlanma tartibida yilning har choragida taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarini O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi buxgalteriya hisobining ayrim sub'ektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilashi mumkin.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun oshkora hisoblanadi. Ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari, sug'urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari har yilgi moliyaviy hisobotni ularda ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligini auditorlar tasdiqlagach, hisobot yili tugaganidan so'ng birinchi maygacha e'lon qilishlari shart.4
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o’z faoliyatini boshqarish uchun subyekt faoliyat olib borgan istalgan davrdagi o’z ixtiyoridagi mablag’lar va aktivlar, ularning qayerdan tashkil topganligi manbalari zarur. Xo’jalik yurituvchi subyekt bunday ma’lumotlarni buxgalteriya balansi tarkibidan olishi mumkin.
Buxgalteriya balansi — buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablag‘larning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat ko‘rinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablag‘larning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi.


Yüklə 361,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin