2.1.Xo`jalikyurituvchisubyektlardamoliyaviyhisobotshakllarivaularni tuzish tartibihamda amaliyotdagiholati Buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi ma’lum bir xo‘jalik sub’ektining barcha xo‘jalik muomalalarini rasmiy ravishda hisobdaaks ettirish va ma’lum bir davrlarda foydalanuvchilarga zaruriy ma’lumotlarniberish hisoblanadi. Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo‘lishi yokixo‘jalik yurituvchi korxonalarning uyushgan guruhiga kirishidan qat’iy nazar, bajaradigan va sub’ektga ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy voqealarni va muomalalarni ko‘rsatish usuli hisoblanadi. Hisobotlarning maqsadi korxonaning moliyaviy ahvolidan, uning faoliyatidan va uning pul ablag‘lari harakati bo‘yicha ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun zarurdir.
Moliyaviy hisobot xo‘jalik muomalalari xususiyati va mohiyati jihatidan ularni guruhlarga tuzilmaviy birlashtirish natijasi hisoblanadi. Umumlashtirish va tasnif qilish jarayonining yakuniy bosqichi bu turkumlarga ajratilgan juda qisqa axborotni taqdim etishdir, chunki moliyaviy hisobotlar band sifatida va izohlarda berilgan bo‘ladi. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, korxona imkoniyatlarini rahbariyat tomonidan boshqarilishini amalga oshirish natijalarini ham ko‘rsatadi.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasiga binoan moliyaviy hisobotda quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
investitsiya qarorlari va kreditlar berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda kerak bo‘ladigan axborot;
sub’ektning bo‘lajak pul oqimlarini baholashda foydali axborot;
sub’ektga berilgan resurslar, majburiyatlar va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida axborot.
Yuqorida aytib o‘tilgan axborotlardan tashqari, moliyaviy hisobotda batafsilroq ma’lumotlar ham beriladi. 1-BHMAga asosan, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga pul mablag‘lari harakati oqimini taxmin qilishga yordam beradigan, korxonaning mulki va ixtiyoridagi resurslari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
korxonaning nazorati ostida bo‘lgan aktivlar haqida;
korxonaning passivlari haqida;
korxonaning taqsimlanmagan daromadi, korxonaning bir davrdan boshqa davrga o‘tishdagi iqtisodiy imkoniyatlari va majburiyatlaridagi o‘zgarishlar haqida;
pul mablag‘larining harakati haqida.
Ushbu ma’lumot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun korxonaning dividendlarni va foizlarni to‘lash, shuningdek, majburiyatlari bo‘yicha muddati kelgan to‘lovlarni to‘lash imkoniyatini baholashda foydali bo‘ladi.
Moliyaviy hisobotning shakllanishi qisqa vaqtda, hisobot davri muomalalari tugagandan so‘ng ro‘y beradi va korxonadan professional buxgalteriya bilimlari va ko‘nikmalaridan tashqari, qo‘shimcha ma’lumotlar tuzish (izohlar, tushuntirishlar) ketma-ketligiga rioya qilishni talab qiladi.
Moliyaviy hisobotlar ma’lum bir hisobot davri yoki ma’lum bir hisobot sanasi bo‘yicha tuziladi. Bunda buxgalteriya balansi va hisobvaraqlardagi qoldiqlar bo‘yicha ma’lumotlar ma’lum bir sanaga tuziladi, moliyaviy hisobot shakllarining qolganlari esa ma’lum bir davr uchun tuziladi.
Moliyaviy hisobotning hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrigacha bo‘lgan davr kalendar yil hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda kalendar yilidan farqli ravishda davrlar bo‘yicha (oy, chorak uchun) ham taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot kuni hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi. Sub’ektning buxgalteriya balansi uchun hisobot kuni 31 dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi yillik hisobot uchun hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrigacha bo‘lgan davr hisoblanadi.
Korxonaning yillik moliyaviy hisoboti mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, to‘liq nusxalarda quyidagi foydalanuvchilarga hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevraligacha bo‘lgan muddatda taqdim etilishi shart:
korxonaning mulkdori hisoblangan (davlat mulkini boshqarishga vakolati bo‘lgan organlarga, qatnashchilarga, ta’sischilarga) ta’sis etish to‘g‘risidagi hujjatlar asosida;
davlat soliq idoralariga;
davlat statistika idoralariga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliyaviy hisobotni boshqa foydalanuvchilarga taqdim etish tartibi mustaqil ravishda korxona rahbariyati (uning mulkdorlari va ta’sischilari) tomonidan tartibga solinadi va korxonaning hisob siyosatida ko‘zda tutiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yillik moliyaviy hisobotlari manfaatdor sub’ektlar: banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va shu kabilar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor shaxslar yillik moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko‘chirish harajatlarini qoplab, uning nusxasini olish huquqiga egadirlar.
Ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va bosha moliya muassasalari har yili moliyaviy hisobotni undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi auditor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng hisobot tugagandan keyin 1 maydan kechiqtirmay e’lon qiladilar.
Bundan tashqari, aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari gazetalar, jurnallar va byulletenlarda yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan muddatlarda alohida nashrda e’lon qilinishi kerak.
Choraklik moliyaviy hisobot hisobot choragidan keyingi oyning 25- kunidan kechikmasdan taqdim etiladi. Yarim yillikning moliyaviy hisoboti shu yilning 25-iyulidan kechikmasdan taqdim etilishi kerak.
Bir shaharda joylashgan korxonalar tomonidan moliyaviy hisobotni taqdim qilish muddati uni aynan taqdim qilingan kun hisoblanadi, boshqa shahardagilar uchun esa jo‘natilgan va aloqa bo‘limi muhri bilan belgilangan kun hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish kuni ish bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan paytda, taqdim etish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga ko‘chiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ba’zi-bir xo‘jalik sub’ektlari uchun bu xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini, ulardagi hisob ishining murakkabligini (shu bilan birga avtomatlashtirilganlik darajasini) o‘rganib
chiqqandan keyin choraklik va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilaydi (1- son BHMA, 64-band).
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi agar xo‘jalik sub’ektida hisob ishi avtomatlashtirilmayotgan bo‘lsa va shu sababli moliyaviy hisobot yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etilmayotgan bo‘lsa, u holda hisobotni taqdim etish muddatini uzaytirishni rad etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobotning tayyorlanishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida topshirilishi uchun javobgarlik buxgalteriya hisobini tashkil qiluvchi xo‘jalik sub’ekti rahbarining zimmasiga yuklatiladi.
Amaliyotda ko‘pgina korxonalarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘ladi hamda bu moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlar qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Yillik moliyaviy hisobotlar qo‘shimcha ravishda tuziladigan moliyaviy sharhni o‘z ichiga olishi kerak, chunki u korxonaning moliyaviy faoliyatini, moliyaviy ahvolini va ular duch kelgan asosiy noaniqliklarni bartaraf etadi.
Moliyaviy sharh korxona ma’muriyati tomonidan tuziladi. Bu sharh korxonaning moliyaviy ahvoli va moliyaviy faoliyatining asosiy belgisini, shuningdek, foydalanuvchi hisobot bilan tanishish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy hisobotdagi noaniqliklarni izohlab berishi va tushuntirib berishi lozim.
Qo‘shimcha ma’lumotlar: izohlar, eslatmalar va hisoblar korxona tomonidan maxsus shakllarda ham, shuningdek, ixtiyoriy ko‘rinishda ham taqdim etiladi.
Zaruriyat tug‘ilganida statistik hisobotning shakllari moliyaviy hisobotga beriladigan qo‘shimcha ma’lumotlar orqali zaruriy foydalanuvchilarga taqdim etilishi mumkin. Bundan tashqari, korxona rahbariyati qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida sub’ekt doirasida ma’lumotlarni taqdim etish shakli hisoblanuvchi jadvallar va ma’lumotnomalarni taqdim etishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar quyidagi asosiy identifikatsion rekvizitlarni o‘z ichiga oladi:
korxonaning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, bo‘ysunishi, identifikatsion raqami va korxonani bilish uchun kerak bo‘lgan boshqa rekvizitlar;
alohida korxonalarni yoki korxonalar guruhining moliyaviy hisobotlarini qamrab olishi, ya’ni bu hisobot jamlangan yoki yagona bo‘lishi kerak. Agar hisobot jamlangan bo‘lsa, u holda barcha shakllarda «Jamlanma» yoki
«Sub’ektlar bo‘yicha yakuniy» sub’ektlar soni ko‘rsatiladi. Tushuntirish yozuvida jamlangan yakuniy hisobotga kiritilgan hisobotlarning soni ko‘rsatilishi zarur;
moliyaviy hisobot tomonidan qamrab olingan hisobot kuni yoki davri.