Mundarija I. Bob. Kirish I i. Bob. Asosiy qism


I.3 Sutemizuvchilarning ekologiyasi va ahamiyati



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə12/18
tarix15.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#130519
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
O`zbeksitonda uchraydigan sutemizuvchilar, ovlanadigan vakillari, kasallik tarqa

I.3 Sutemizuvchilarning ekologiyasi va ahamiyati
Sutemizuvchilarning vakillari yashash tarziga qarab bir nechta ekologik guruhlarga bo’linadi:
Yer ustida yashovchilar sutemizuvchilarning eng katta guruhi bo`lib, Yer sharining barcha quruqliklarini egallagan. Bular asosan barcha o`rmon va butazorlarda hamda ochiq yerlarda yashashga moslashgan.
Daraxtda yashovchilar daraxtdan ovqat topib yeydi, ishga ko`p vaqt sarflaydi, dam oladi va ko`payish uchun uya qurishda daraxt kovaklaridan foydalanadi. Masalan, kemiruchilardan olmaxon; yirtqichlardan ba'zi suvsarlar, maymunlarning ko`plab turlari va boshqalar daraxtda yashaydi.
Ochiq joyda yashovchilar ham xilma-xildir. Bu guruhga faqat yer ustida yashovchi tuyoqli hayvonlar, yer ostida uya qurib, ovqatni yer ustidan topuvchi qo`shoyoqlar, yumronqoziqlar, ko`pchilik yirtqichlar, tovushqonlar kiradi.
Yer ostida yashovchilar muhitga o`ta moslashgan bo`lib, butun hayotini yoki hayotining ko`p qismini yer tagida o`tkazadi. Bu guruhga kiruvchi sutemizuvchilarning ko`zlari va quloq supralari rivojlanmagan. Dumi kalta va qilsiz bo`ladi yoki mutlaqo bo`lmaydi. Oldingi oyoqlari ham yaxshi taraqqiy etgan. Yer tagida yashovchilarga krotlar, ko`rsichqon, sokor, qopchiqli krotlar kiradi.
Suv hayvonlari orasida morfologik tomondan suvda yashashga ozroq moslashgan norka, oq ayiq, suv kalamushi, o`rdakburun, ondatra, nutriya, bobr, suvda yashashga kuchliroq moslashgan morj va tyulenlar, suvda yashashga butunlay moslashgan kitsimonlar diqqatga sazovardir. Ayniqsa, kitsimonlar to`liq suv muhitida yashashga moslashgan sutemizuvchilar hisoblanadi. Ular tasodifan qirg`oqqa chiqib qolsa, halok bo`ladi. Terisida jun qatlami va ter bezlari yo`qolib ketgan. Keyingi oyoqlari yo`q.
Havo hayvonlariga faqat qo`lqanotlilar yoki ko`rshapalaklar kiradi. Havoda uchib yurish uchun ko`rshapalaklarda uchish organi qanot hosil bo`ladi, to`sh suyagining yuzasida ko`krak toj suyagi bo`ladi. Bosh skelet suyaklari qo`shilib ketadi.
Sutemizuvchilarning ozig`i nihoyatda xilma-xil. Oziqning xiliga qarab sutemizuvchilarni 2 ta guruhga - go`shtxo`r va o`simlikxo`rga bo`lish mumkin. Go`shtxo`rlar, o`z navbatida, hasharotxo`rlar (ko`rshapalaklar, yerqazirlar), yirtqichlar (ba'zi yirtqichlar, qopchiqlilar, delfinlar, tyulenlar) va o`limtikxo`rlarga (shoqol, sirtlon) bo`linadi. O`simlikxo`r darrandalar juda ham ko`p. Bu guruhga ko`pchilik maymunlar, kemiruvchilar, tuyoqlilar, qopchiqlilar kiradi. Ovqat xarakteriga qarab bular o`txo`r, donxo`r va mevaxo`rlarga bo`linadi. Lekin sutemizuvchilarning mazkur guruhlanishi qisman shartli bo`lib, hayvonlarning geografik tarqalishi, yoshi, yil fasllariga qarab o`zgarib turadi. Masalan, qo`ng`ir ayiq Janubiy Kavkazda o`simlik bilan ovqatlansa, Uzoq Sharqda baliq va tyulenlar bilan ovqatlanadi. Sutemizuvchilarda tinchlik davri bilan faollik davrining sutka va yil fasli muntazam ravishda almashinib turishi ovqat topishga moslanishidir. Tirikchilikni tunda yoki kunduzi o`tkazishi va darrandaning ovqat topishi xarakteriga bog`liq. Kemiruvchilar bilan ovqatlanuvchi ko`pchilik yirtqichlar turli aktivlik bilan ularni kechasi ham, kunduzi ham tutadi. Ko`rshapalaklar, aksincha, faqat kechasi faol bo`ladi.Fasliy siklligi ham ovqat topish qiyin bo`lgan yil fasllariga moslanishidir. Bu moslanish uyquga kirish hodisasi bilan ifodalanadi. Uyquga kirish kloakalilar, qopchiqlilar, hasharotxo`rlar, qo`lqanotlilar, yirtqichlar va kemiruvchilarda namoyon bo`ladi.
Bizning mamlakatimizda zararli sutemizuvchilar qatoriga asosan kalamushlar, sichqonlar va yumronqoziqlar kiradi. Kalamushlar uy va omborlarda iste'mol qilinadigan ozuqa mahsulotlarini yeb qo`yishdan tashqari, parrandachilik va cho`chqachilik fermalarida tuxum, jo`ja, tovuq va cho`chqa bolalarini qirib, xo`jaliklarga katta zarar keltiradi. Janubiy tumanlarda kalamush va uy sichqonlari yoz paytlari qishloq xo`jalik ekinlariga katta zarar keltiradi. Oddiy dala sichqoni, jamoatchi dala sichqoni, o`rmon sichqoni, yumronqoziqlar ayniqsa g`alla ekinlariga zarar yetkazadi. Markaziy Osiyoda qizil dumli qumsichqon bug`doy,
texnika o`simliklari va paxtaga ancha zarar keltiradi. Bunday kemiruchilarga qarshi kurashda agrotexnik, biologik, mexanik va kimyoviy kurash usullaridan foydalaniladi. Sutemizuvchilarda uchraydigan ko`pgina yuqumli kasalliklar odam
uchun ham xavflidir. Bunday kasalliklar tabiiy manbali kasalliklar deb ataladi va bularga o`lat (chuma), tulyaremiya, kana ensefaliti, mavsumiy leyshmaniya va boshqalar kiradi. Sug`urlar, yumronqoziqlar, qumsichqonlar va kalamushlar eng xavfli bo`lgan o`lat kasalligini tarqatuvchilar hisoblanadi. Kasallikni qo`zg`atuvchi bakteriyalar hayvonlardan odamga bevosita tashuvchilar orqali o`tadi. Tulyaremiya odamga qon so`ruvchi hasharotlar (pashsha, burga, bit) va kanalar orqali o`tadi. Mikrob tashuvchisi asosan sichqonlardir. Nerv sistemasini ishdan chiqaradigan eng og`ir xavfli ensefalit kasalligini qo`zg`atuvchisi viruslar hisoblanadi. Virus tashuvchisi esa kemiruvchilar va hasharotxo`rlardir. Virus odamga kanalar va
chivinlar orqali o`tadi. Albatta, ko`pchilik sutemizuvchilar u yoki bu tarzda insonga, tabiatga katta foyda keltiradi. MDH da 350 tur sutemizuvchilardan 150
turi ovlanadi va bu jihatdan MDH dunyoda birinchi o`rinda turadi. Eng ko`p ovlanadigan sutemizuvchilarga kemiruvchilar (35 tur), yirtqichlar (41 tur), juft tuyoqlilar (20 tur), kurakoyoqlilar (13 tur), tovushqonlar (5-8 tur) va hasharotxo`rlar (5 tur) turkumlarining vakillari kiradi. Eng qimmatbaho mo`yna olish uchun tiyin, tulki, oq tulki (peses), quyon, sassiqqo`zon, ko`k suvsar, latcha, sobol, norka, qunduz, sug`ur, ondarta, yenotsimon it, suvchayqar yenotlar ovlanadi va bu hayvonar mo`ynachilik sanoatining asosini tashkil qiladi. MDH da mo`ynachalikdan tashqari tuyoqli sutemizuvchilarni tutish yaxshi rivojlangan. Go`sht, teri va dorivor mahsulotlar olish uchun har yili 500-600 ming bosh atrofida tuyoqli sutemizuvchilar ovlanadi. Masalan, los, to`ng`iz, elik, maral, shimol bug`usi va sayg`oqlar shular jumlasiga kiradi. Xonakilashtirilgan va xonakilashtirilayotgan sutemizuvchilar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Maxsus mo`ynachilik fermalarida sobol, norka, oq tulki, nutriya va shinshillalar mo`yna uchun ko`paytiriladi. Qoramollardan O`zbekistonda qora-ola, qizil dasht, bushuyev, simmental, shvis, Qozog`iston oqboshi, santa-gertruda, shortgorn zotlari
boqiladi. Bundan tashqari, kostroma sutli va go`shtli zotlari, yaroslavl sutli zoti, xolmogor sutli zoti, olatov sutli zoti va boshqa bir qancha qoramol zotlari oziq-ovqat manbai sifatida inson tomonidan keng foylaniladi. Inson hayot faoliyatida sutemizuvchilarning ayrim turlari (ot, eshak, ho`kiz, it, fil) ish hayvonlari, sport va qo`riqchi hayvonlar sifatida kata ahamiyatga ega. Xonaki qo`ylar yovvoyi yevropa qo`yi - muflondan kelib chiqqan. Xonakilashtirish natijasida qo`ylarning 150 ga yaqin zotlari yaratilgan. Bu zotlarning ichida romanov qo`yi, merinos qo`ylaridan askaniya qo`yi, qozoq mayin junli qo`ylari, hisor qo`yi, qorako`l qo`ylari diqqatga sazovor. Uy cho`chqasi hamma zotlarining ajdodi yovvoyi cho`chqa hisoblanadi. Otlarning ham 200 dan ortiq zotlari bor, bular qatoriga vladimir zoti, qorabayir, axaltaka, orlov, rus yo`rg`asi, yovmut, laqay zotlari kiradi. Sutemizuvchilar vakillarining tuproq unumdorligini oshirishda, o`simliklar urug`ini tarqatishda, zararkunanda hasharotlarni yo`qotishda va sanitarlar sifatida ham ahamiyati beqiyosdir.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin