Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida joylashgan Muhammadumar Olimov nomli fermer xo‘jaligi 2001 yilda tashkil etilgandi. Umumiy maydoni 100 gektardan ortiq bo‘lgan fermada zotdor ot turlari parvarishlanmoqda. Jumladan, Axaltaka. Bugungi kunda fermer xo‘jaligida 100dan ziyod ot parvarishlanadi. Ular orasida Axaltaka zotidan tashqari, ingliz va arab zotli otlar ham bor. Ferma hududida zotdor otlarni ko‘paytirish, sohada naslchilik ishlarini yaxshilashga ham alohida e'tibor berilmoqda.Fermaga esa Abdubarnob Qosimov rahbarlik qiladi.Usta yilqichining aytishicha, sportchi otlar 2 yoshidan alohida parvarishga tashlanadi. 4 yoshga yetganda ayni kuchga to‘ladi va bemalol katta otlar bilan bellasha oladi. 8 yoshgacha turli musobaqalarda qatnashishi mumkin.Uloqchi otlar esa 4 yoshidan boqiladi. Ular hatto 20 yoshda ham uloqda ishtirok etish uchun kuch va harakat xususiyatlarini yo‘qotmaydi.
Ma'lumki, Farg‘ona viloyatida yilqichilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari juda kam uchraydi. Biroq, ko‘rayapmizki natijalar yomon emas. Mazkur fermer xo‘jaligida uloqchi, poygada tezkor va to‘siqlar osha chopadigan otlar yetarli.
Yo‘qolib borayotgan qorabayir otlari naslini saqlab qolish va sohani rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ham bugun g‘ururga, iftixorga sabab bo‘layapti. Muhimi, ko‘pdan-ko‘p xislatlari bilan tabiatning bir mo‘'jizasi bo‘lgan otchilik Farg‘onada rivojlanmoqda.
Respublikamizda Sutemizuvchilar sinfidan Qoramollar zotiga bo’lgan talab ancha yuksalmoqda yani harbir viloyatlarimizda Fermer xo’jaliklariga alohida etibor qaratilmoqda Shu jumladan, Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumanidagi "Chortut" fermer xoʻjaligi tomonidan Germaniya davlatidan 4,1 mlrd.soʻm kredit mablagʻlari hisobiga 400 bosh "Golshtin" zotli naslli qoramollari olib kelish boʻyicha import shartnoma imzolanib, 196 bosh olib kelindi va oktyabr oyiga qadar yana 204 bosh naslli qoramol olib kelinadi.
Samarqand viloyatida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik rivojlantiriladi
Shuningdek, Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi "Rahmon-Taraqqiyot-omad" chorvachilik-boʻrdoqichilik korxonasi tomonidan Germaniya va Ukrainadan 1,3 mlrd.soʻm kredit mablagʻlari hisobiga 190 bosh "Golshtin" va "Simmental" zotli naslli qoramollari, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi "Anor Agro Chorva" fermer xoʻjaligi tomonidan Germaniyadan 1,4 mlrd.soʻm kredit hisobiga sut yoʻnalishidagi 165 bosh "Golshtin" zotli naslli qoramollari hamda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani "Abdukarim — Nurjan ziyosi" fermer xoʻjaligi tomonidan Germaniyadan 1,5 mlrd.soʻm kredit mablagʻlari hisobiga sut yoʻnalishidagi 150 bosh naslli qoramol olib kelindi. Shu bilan birga Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi "Yangi Asr" fermer xoʻjaligida 18 mlrd. soʻmlik loyiha asosida xorijdan naslli qoramollar, sut va sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish hamda zamonaviy chorva komleksini barpo etish ishlari olib borilayotgan boʻlsa, Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi "Istiqlol" xususiy savdo ishlab chiqarish korxonasi 15 mlrd. soʻmlik loyiha asosida xorijdan naslli qoramollar, sut va sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish hamda zamonaviy chorva komleksini barpo etish ishlari olib borilmoqda. Frantsiya, Germaniya, Rossiya va Chexiyadan 3476 bosh echki sotib olish uchun 8,7 mlrd. soʻmlik 8 ta import shartnomasi tuzildi.
Oʻzbekistonga 40 litrgacha sut beradigan naslli qoramollar keltiriladi
Xalq banki koʻmagida barpo etilgan Buxoro viloyatining Buxoro tumanida faoliyat yuritayotgan "Buxoro temir otlari" maʼsuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 980 mln.soʻm kredit mablagʻi hisobiga 356 bosh "Zaanen" zotli naslli echkilar olib kelindi. Andijon viloyatining Oltinkoʻl tumanidagi "Baxt imkon rivoj chorvasi" fermer xoʻjaligi tomonidan Germaniyadan sut yoʻnalishi boʻyicha 292 bosh "Zaanen" zotli naslli echkilar olib kelindi. Bundan tashqari, ushbu fermer xoʻjaligi Avstriya davlati bilan 1,8 mlrd.soʻm kredit mablagʻi hisobiga 1000 boshli "Zaanen" zotli naslli echkilar olib kelish boʻyicha import shartnomasi imzolanib, shu yilning sentyabr oyiga qadar naslli echkilarni toʻliq olib kelish ishlari amalga oshiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining "Panayev Farms" fermer xoʻjaligi ham sut yoʻnalishi boʻyicha 1,3 mlrd.soʻm kredit mablagʻlari hisobiga 305 boshli "Zaanen" zotli echkilarini olib kelib, echkichilikni rivojlantirish boʻyicha dadil qadamlarni tashlamoqda. Joriy yil yakuniga qadar chorvachilik yoʻnalishida 107 mlrd.soʻm kredit mablagʻlari ajratilishi va 8230 bosh naslli qoramollar chet eldan olib kelinishi rejalashtirilgan.