Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda yer sharida hayvonlarning 2 mln dan oshiq turi tarqalgan. Atrofimizdagi olamda juda kata ahamiyat kasb etadigan hayvonlarning kunda kunora turlari yuqolib bormoqda. Bu esa tabiatda oziq zanjirining buzilishiga sabab bo’lmoqda. Oziq zanjirining balansi buzilishi insoniyat va tabiat uchun juda og’ir oqibatlarga olib keladi. Oziq zanjirining buzilishi natijasida ba’zi bir hayvonlar ko’payib, ba’zi bir hayvonlar kamayib bormoqda. Bunday holatlarda rivojlangan davlatlarda hayvonlarni muhofaza qilinadigan joylar, Qizil kitob tashkil qilinib hayvonlar muhofaza qilinmoqda. Hayvonlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati juda katta. Shu sababli ko’plab hayvon turlarini saqlab qolishga butun dunyo hamjamiyati birga kurashishi lozim.
Mavzuning maqsadi.Sutemizuvchilarni tabiatdagi va inson hayotidagi rolini jamiyatga uqtirish va shu orqali ularga bo’ladigan tazyiqlarni oldini olish. Kamayib borayotgan turlarni ertaroq aniqlash va ularni muhofazaga olish. Shu bilan birga sutemizuvchilar tabiatdagi o’rnini chuqurroq tahlil qilish va buni namoyish qilish.
Mavzuning vazifasi. O’quvchilar orasida sutemizuvchilar haqidagi bilimlarini oshirish. Ularni asrab avaylash va insonlar orasida sutemizuvchilarning ahamiyati haqida so’zlab berish.
Kurs ishi tuzilishi:Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami ____ sahifani tashkil etadi.
I ASOSIY QISM I 1. Sutemizuvchilar haqida umumiy tushuncha. Sut emizuvchilar umurtqalilar orasida eng yuksak rivojlangan hayvonlar hisoblanadi. Sut emizuvchilarning terisi jun bilan qoplangan, teri bezlari rivojlangan, bolasini sut bilan boqadi. Sut emizuvchilarning markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlaridan hid bilish, ko’rish hamda eshitish organlari yaxshi rivojiangan. Tashqi quloq va quloq suprasi bor. O’rta quloq bo’shlig'ida uchta uzangi, sandon va bolg'acha kabi eshituv suyakchalar joylashgan. Ko’pchilik sut emizuvchilarning tishlari ixtisoslashgan, bosh miya yarimsharlari po’stlog'ida juda ko’p burmalar bo’ladi. Sut emizuvchilar ham qushlar kabi yuragi to’rt kamerali hayvonlar, eng tuban tuzilgan sut emizuvchilardan boshqa barcha sutemizuvchilar tirik bola tug'adi. Embrioni ona qornida rivojlanadi. Terisi hamma umurtqalilardagi singari tashqi epidermis va ichki chin teridan iborat. Jun shakli va vazifasiga ko’ra tivit, qil va vibrissalarga bo’linadi, Ko’pchilik sut emizuvchilarning jun qoplag'ichlarining asosini kalta, mayin tivit tashkil qiladi. Tivitlar orasida uzun va yo’g'on hamda qattiq qillar joylashadi. Tuproq ichida yashovchi krotlarda faqat tivit bo’ladi. Bug'u, to’ng'iz va tyulenlarda aksincha, jun qoplami asosan qillardan iborat. Tipratikon va jayralarning qillari o’zgarib, tikonga aylangan. Vibrissalar qo’shimcha tuyg'u vazifasini bajaradi va ko’pincha hayvonlarning bosh qisrnida joylashadi. Tangachalar ham epidermisining shox hosilalari hisoblanadi. Tangachalar tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o’xshash. Tangachalar ayniqsa yasherlarda kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari ham tangacha bilan qoplangan. Muguz hosilalariga qoramol, qo’y va echkilarning shoxi kiradi. Shox epidermisdan kelib chiqqan.