Mundarija I. Bob. Kirish I i. Bob. Asosiy qism



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/18
tarix15.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#130519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
O`zbeksitonda uchraydigan sutemizuvchilar, ovlanadigan vakillari, kasallik tarqa

Hazm qilish organlari og`iz bo`shlig`idan boshlanadi. Og`iz bo`shlig`ining oldingi tomonida go`shtdor lablari bo`ladi. Og`iz bo`shlig`i bilan lablar orasida jag`ning tashqi tomonida lunj bo`ladi. Jag` suyaklaridagi maxsus chuqurchalar-alveollarda tishlar joylashadi. Oishlar bajarayotgan funksiyalariga qarab kurak, qoziq, soxta oziq va chin oziq tishlariga bo`linadi. Yoshlik davrida sut tishlari bo`lib, keyin ular doimiy tishlar bilan almashinadi. Og`iz to`rida go`shtdor til joylashgan. Og`iz bo`shlig`iga so`lak bezlarining chiqarish yo`li ochiladi. So`lak bezlarining suyuqligi og`iz bo`shlig`ida ovqatga birinchi marta kimyoviy ta'sir
ko`rsatadi, ya'ni kraxmalni shakarga aylantiradi. Oishlar yordamida maydalangan, so`lak bilan qisman parchalangan va ho`llangan ovqat luqmasi qizilo`ngachga va undan oshqozonga o`tadi. Ovqat xarakteriga qarab oshqozon turlicha tuzilgan. Dag`al ovqatlar bilan oziqlanuvchi kavsh qaytaruvchining oshqozoni murakkab tuzilishga ega bo`lib, kata qorin, to`rqorin, qatqorin va shirdon deb ataladigan bo`limlardan iborat. Kattaqorindan ovqat luqmasi to`rqoringa va undan yana og`ziga tushadi. Og`zidan ovqat tishlar bilan maydalanadi va so`lak bilan ho`llanib, ikkinchi marta yutilganda to`g`ridan-to`g`ri to`rqoringa tushadi. Oshqozon ingichka ichak orqali yo`g`on va to`g`ri ichak bilan bog`langan. Ingichka va yo`g`on ichak chegarasidan ko`richak chiqadi. Dag`al o`simlik bilan ovqatlanuvchi hayvonlarning ichagi gavdasiga nisbatan juda uzun bo`ladi. Masalan, ko`rshapalaklarda 2,5 barobar, qo`ylarda esa 29 barobar uzun bo`ladi. Jigar diafragma tagida joylashadi. O`t yo`li va oshqozon osti bezining chiqarish yo`li ingichka ichakning oldingi qismiga ochiladi.
Nafas olish sistemasi. Gaz almashinish o`pkada sodir bo`ladi. Teri orqali faqatgina bir foiz kislorod qon tomirlariga kiradi. Sutemizuvchilarning hiqildog`i murakkab tuzilgan. Uning asosida uzuksimon tog`ay joylashgan. Hiqildoqning oldingi yon devorlarini faqat sutemizuvchilarga xos bo`lgan qalqonsimon tog`ay tashkil qiladi. Hiqildoqning orqa tomonida juft cho`michsimon tog`aylar joylashgan. Qalqonsimon tog`ayning oldingi qirrasiga hiqildoq usti tutashib turadi.
Hiqildoqning ichki pardasida ovoz chiqaruvchi tovush pardalari bo`ladi. Hiqildoq traxeyaga ochiladi. Oraxeya ikkita bronxga ajraladi va bronxlar o`pkaga kiradi hamda mayda naychalarga shoxlanadi. Oxirida alveola pufakchalar hosil qiladi. Buning natijasida o`pkaning hajmi gavda yuzasiga nisbatan 50-100 barobar oshadi.
Nafas olish akti ikki yo`l bilan o`tadi: bir tomondan, qovurg`alararo muskulning faoliyati tufayli, ikkinchi tomondan, difragma pardasining yuqoriga ko`tarilishi va pastga tushishi natijasida ko`krak qafasining hajmi o`zgaradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin