Sutemizuvchilarning inson hayotidagi ahamiyati. Xonakilashtirilgan va xonakilashtirilayotgan sutemizuvchilar inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Maxsus mo’ynachilik fermalarida sobol, norka, oq tulki, tulki, nutriya va shinshillalar mo’ynasi uchun ko’paytiriladi. Qoramollardan Uzbekistonda qora-ola, qizil dasht, Bushuev, Simmental, Shvits, Qozogiston oq boshi, Santa-Gertruda, Shortgorn zotlari boqiladi. Bundan tashqari, Kostroma sutli va go’shtli zotlari, Yarostlav sutli zoti, Xolmogor sutli zoti, Olatov sutli zoti va boshqa bir qancha qoramol zotlari oziq-ovqat manbai sifatida inson tomonidan keng foydalaniladi. Qoramollarning 400 ga yaqin zoti mavjud. Qramollar Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada yashagan yovvoyi xo’kiz turdan kelib chiqqan. Inson xayotida sutemizuvchilarning ayrim turlari (ot, eshak, tuya, xukgo, it, fil) ish xayvonlari, sport va qo’rikchi xayvonlar sifatida xam katta ahamiyatga ega. Xonaki qo’y zotlari yovvoyi Yevropa qo’yi - muflondan kelib chiqqan. Xonakilashtirish natijasida qo’ylarning 350 ga yaqin zotlari yaratilgan. Bu zotlarning ichida romanov qo’yi, merinos qo’ylaridan askaniya qo’yi, qozoq mayin —junli qo’yi, xisor qo’yi va qorako’l qo’ylari diqqatga sazovordir Cho’chqalarning 100 dan ortiq zotlari yaratilgan. Eng ko’p boqiladigan cho’chqa zotlariga - yirik oq cho’chqa, yirik qora cho’chqa, Shimoliy Kavkaz cho’chqasi, Ukraina dasht oq cho’chqasi va boshqalar kiradi. Uy cho’chqasining xamma zotlari ajdodi yovvoyi cho’chqa – to’ng’iz xisoblanadi. Otlarning xam 250 dan ortiq zotlari bor, bular qatoriga Vladimir zoti, Qorabayir, Axaltaka, Orlov, Rus yo’rg’asi, Yovmut, Laqay zotlari kiradi. Xonaki ot zotlari yovvoyi ot - tarpandan tarqalgan. Xonaki tuyalarning ikki turi, ya’ni ikki o’rkachli tuya va bir o’rkachli tuyalarning xar biri aloxida kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Ikki o’rkachli tuya nisbatan yaqinda, eramizdan ikki ming yil oldin xonakilashtirilgan. Eramizdan ming yil oldin Osiyo davlatlarida ikki o’rkachli tuya boqilgan. Bu tuyaning ajdodlari shubhasiz, xozirgi vaqtda xam Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yovvoyi ikki urkachli tuya bo’lgan. 1877 yilda birinchi marta ikki o’kachli tuyani N.M.Prjevalskiy topgan. Bir o’rkachli xonaki tuyaning ajdodlari aniq emas. Bir o’rkachli yovvoyi tuya Arbistonda yashagan deb taxmin qilinadi. Uning xonakilashtirilishi eramizdan ikki ming yil ilgari boshlangan. U ni asosan Afrika va Osiyoda xonaki xolatda boqiladi. Olimlarning ma’lumotlariga Karaganda xozirgi bug’ular eramizdan oldin 18 ming yil ilgari, itlar 15 ming yil ilgari, qo’ylar 8 ming yil ilgari, echki va cho’chqalar 6,5 ming yil ilgari, qoramollar 5 ming yil ilgari xonakilashtirilgan. Sutemizuvchilar vakillari tuproq unumdorligini oshirishda, o’simliklar urug’ini tarqatishda, zararkunanda xasharotlarni yuqotishda va sanitarlar sifatida xam muhim ahamiyatga ega.