Mundarija I. Bob. Kirish I i. Bob. Asosiy qism


Faunani asrash va boyitish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə11/18
tarix15.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#130519
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
O`zbeksitonda uchraydigan sutemizuvchilar, ovlanadigan vakillari, kasallik tarqa

Faunani asrash va boyitish. Olimlarning hisoblaricha, oxirgi 300 yil
ichida 120 tur sutemizuvchilar Yer yuzidan qirilib ketgan. Hayvonlarning
kelajakda yo'qolib ketish xavfining oldini olish uchun 1966 yilda
jamoatchilik tashabbusi bilan Xalqaro «Qizil kitob» tashkil qilingan.
Hayoti xavf ostida qolgan yoki soni kamayib borayotgan hayvonlarni
himoya qilishning eng samarali choralaridan biri qo'riqxonalar va
buyurtmaxonalar tashkil etishdir. Hozirgi vaqtda MDH da 130 ta
qo‘riqxona bor, bu qo‘riqxonalarning umumiy maydoni 8 mln gektarga
etadi.
O‘zbekistonda uchraydigan 105 ta tur sutemizuvchilardan 23 ta
turi va 1 ta kenja turi kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar hisoblanadi
va bu turlar, 2006 yilda chop etilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi «Qizil
kitob»iga kiritilgan. Bularga uzun ignali tipratikan, kichik taqaburun,
uzun dumli tunshapalak, oq qorinli o‘qquloq, keng quloqli qat-qat
lab, ko'k sug'ur, mitti qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir ayiq, Hind asalxo‘ri, 0 ‘rta
Osiyo qunduzi, sirtlon, gepard, qoraquloq, Turkiston silovsini, qoplon,
Turon yo‘lbarsi, ilvirs, Turkman quloni, xongul (Buxoro bug'usi),
jayron, morxo‘r (burama shoxli echki), ustyurt qo‘yi (arqal), Buxoro
qo‘yi va Qizilqum arxari kiradi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda biologik xilma-xillikni saqlab qohsh borasida bir qancha jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularni yanada jadallashtirish — kamyob va yo‘q bo‘lib ketayotgan hayvonlar muhofazasini kuchaytirishga hamda sonini tiklash maqsadida Respublikamizning
turli hududlarida oltita tog‘ (Hisor, Zomin, Kitob, Nurota, Surxon,
Chotqol), uchta cho‘l-to‘qay (Qizilqum, Boday-To‘qay, Zarafshon)
qo‘riqxonalari, ikkita milliy bog‘ (Zomin, Ugom-Chotqol), to‘qqizta
buyurtmaxonalar (Arnasoy, Dengizko‘l, Qoraqir, Qorako‘1, Qarnabcho‘l,
Qo'shrabod, Sayg‘oqli, Sarmish, Sudochye), ikkita tabiiy yodgorlik
(Vardonze, Yozyovon) tashkil qilingan va ular hayvonot olamining majmuiy
muhofazasiga, uning resurslaridan barqaror foydalanishga xizmat qilmoqda.
Nafaqat Respublikamizda, balki butun mintaqada yagona, kamyob
hayvon-larni ko‘paytirish, ularni saqlash va reintroduktsiya qilish bilan
shug‘ullanuvchi «Jayron» ekomarkazi ham alohida muhofaza qilinadigan
hudud maqomiga ega. O‘zbekistonga Amerika qit’asidan ondatra,
nutriya va norka keltirilib iqlimlashtirilgan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin