Mundarija I. Bob. Kirish I i. Bob. Asosiy qism


Pastki uchlamchi davrda yashagan sudralib yuruvchilardan



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə8/18
tarix15.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#130519
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
O`zbeksitonda uchraydigan sutemizuvchilar, ovlanadigan vakillari, kasallik tarqa

Pastki uchlamchi davrda yashagan sudralib yuruvchilardan sinognatusning tiklangani. Sutemizuvchilarning yirtqich tishlilardan ajralishini trias davrining boshi va hatto perm davrining oxiri, ya’ni paleozoy erasining oxiri deb hisoblash mumkin. Sutemizuvchilar ajdodlariga ancha yaqin bo‘lgan
formalar yerda, yura davrining o'rtalarida paydo bo‘lgan, deb faraz
qilish mumkin. Bular uch bo'rtmalilar (Trituberculata) deb atalgan.
Qopchiqli va yo‘ldoshli sutemizuvchilarning trias davrida yashagan
darrandasimon sudralib yuruvchilar uch bo'rtmatishli yirtqich sinodontlar
(Cynodontia)dan kelib chiqqanligi isbotlangan. Shu davrda bularning ikkilamchi suyak tanglayi, guruhlarga bolingan tishlari, oyoqlarining sutemizuchilarga o'xshab joylashganligi va diafragmasining hosil bo'lgani diqqatga sazovordir. Eng qadimgi sutemizuvchilar — eritroteriylar kalamushdan kichikroq bo'lgan. Trias davrining
ustki qatlamlarida yashagan sutemizuvchilar ikki guruhga bo‘lingan. Birinchi guruhiga birlamchi darrandalar (Rrototheria) kirgan. Hajmi kichkina, oziq tishlari uch bo'rtmali bo‘lgani uchun uch bo'rtmatishiilar (Tpiconodontia) deb nom
berilgan. Uch bo‘rtmatishli sutemizuvchilardan bo'r davrida yo‘qolib ketgan ko'p
bo‘rtmatishlilar (Multituberculata) kelib chiqqan va keyinchalik k o ‘p b o 'rtmatishlilardan kloakalilar paydo bo‘lgan Uch bo‘rtmatishlilar uchta asosiy
guruhga (turkumga) bo‘linadi. Ulardan ikkitasi, ya’ni uch bo'rtmatishlilar (Triconodontia) va simmetriya bo'rtm atishlilar (Symmetridontia) butunlay qirilib ketgan yon shoxchalar bo'Isa, uchinchi, ya’ni haqiqiy uch bo'rtmatishlilar (Pantotheria) qopchiqlilar (Marsupialia) bilan yo'ldoshlilarni (Placentalia) paydo qilgan. Qopchiqlilar bo‘r davrida paydo bo'lgan. Ularning eng qadimgi qoldiqlari
Shimoliy Amerika va Yevropadan topilgan. Bu hududlarda ular
uchlamchi davrda keng tarqalgan. Uchlamchi davrning oxirlariga kelib
qopchiqlilar o‘ziga nisbatan ancha yuqori taraqqiy etgan sutemizuvchilar
tomonidan siqib chiqarilgan. Hozir qopchiqlilar faqat Avstraliya, Yangi Gvineya, Tasmaniya, Janubiy Amerika va qisman Shimoliy Amerika hamda Sulaves orolida tarqalgan. Mezozoy erasining oxiriga kelganda Yer yuzining katta-katta qismlari
g'oyat kuchli tog'lar hosil qilish jarayoniga uchrab, iqlim sharoiti keskin
yomonlashib qolganda, sutemizuvchilar issiqqonli bo‘lishi, tirik bola
tug'ishi va bosh miyasining yuksak taraqqiy etganligi tufayli reptiliyalarga
qaraganda ancha yaxshi ahvolda bo‘lgan. Natijada reptiliyalarning aksariyati qisman muhitning bevosita ta’sirida, qisman sutemizuchilar va
qushlar bilan hayot uchun kurashda yengilib, qirilib ketgan va ularning
o‘rniga tabiatda sutemizuvchilardan yo‘ldoshlilar hukmron bo‘lib qoigan.
YoMdoshlilar ham uch bo‘rtmatishlilardan bo‘r darining boshida
ajralib chiqqan. Ularning primitiv guruhi — hasharotxo‘rlar vakillari Mo‘g‘ulistonda ustki bo‘r qatlamlaridan topilgan. Ehtimol, yo‘ldoshlilarning boshqa barcha turkumlari hasharotxo‘rlardan kelib chiqqan bo‘lsa kerak.
Barcha dalillarga qaraganda hozirgi yirtqichlar va kurakoyoqlilar
kreodontlar (Creodonta)dan kelib chiqqan. Kreodontlarga hozirgi toq
tuyoqlilarni paydo qilgan qadimgi qazilma toq barmoqlilar, hozirgi
juft tuyoqlilarni paydo qilgan qadimgi qazilma juft barmoqlilar, hozirgi
zamonda yashab turgan damanlar, xartumlilar, sirenlar ham ularga
yaqin turadi. N oto‘liq tishlilar, naytishlilar, kemiruvchilar, kitsimonlar
ham qadimgi sutemizuvchilar bo‘lib, ular ham to‘g‘ridan to‘g‘ri eng
qadimgi hasharotxo‘rlardan kelib chiqqan. Maymunlarning qazilma
qoldiqlari paleotsen davridan ma’lum. Quyi oligotsenda daraxtda
yashovchi maymunlar-propliopitekuslar (Propliopithecus)dan gibbonlar
va Hindistonning miotsen davrida yashagan antropoidlarga yaqin bo‘lgan
yirik ramapitekus (Ramapithecus)lar kelib chiqqan. Janubiy Afrikaning
to‘rtlamchi qatlamlaridan topilgan avstralopitekuslar (Australopithecus)
va ayniqsa, yuksak odamsimon maymunlar pleziantropus (Plesianthropus)
hamda parantropus (Paranthropus) katta ahamiyatga ega. Biroq eng
yuqori odamsimon maymunlardan odam paydo bo‘lishi bu evolyutsiyadagi eng katta sakrash bo‘Iib, bu jarayon tabiatga emas, balki jamiyat
omillariga bog‘liqdir. Uchlamchi davr oxirlari va to‘rtlamchi davrning boshlarida shimoliy yarim sharda iqlim ancha o ‘zgarib, havo sovub ketgan. Suv bilan quruqlikni o‘zaro qaytadan taqsimlanishi natijasida iqlimning kontinantiigi ham kuchayadi. Ana shu vaqtda Janubi-Sharqiy Osiyoda odam paydo bo‘ladi va
uchlamchi davrda hukm surgan katta-katta sutemizuvchilar asri tugab,
odam asri boshlangan. Odam tabiatda birdaniga hukmron bo'lgan emas,
albatta. Uchlamchi davrning oxirlarida, mamontdan tashqari zubrlar,
junli karkidonlar, shimol bug‘ulari, leminglar kabi turlarni o‘z ichiga
olgan «mamont faunasi» deb ataluvchi shimoliy fauna, primitiv otlar,
jirafalar, tuyalar kabi hayvonlarni o‘z ichiga olgan «gipparion faunasi»
deb ataluvchi Janub faunasini siqib, Janub tomonga surilgan.
Mamont faunasida ham gipparion faunasida ham hozirgi sutemizuvchilarning urug'lari va hatto turlari ko‘p bo'lgan. Keyinchalik ulardan
hozirgi zamondagi faunalar kompleksi tashkil topgan, shu bilan barcha
to'rtlamchi davrning o'nalaridayoq odam bir qancha yirik sutemizuvchilarni qirib yoki kamaytirib, faunaga juda katta ta’sir ko‘rsatdi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin