Mundarija I. Bob. Kirish I i. Bob. Asosiy qism



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/18
tarix15.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#130519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
O`zbeksitonda uchraydigan sutemizuvchilar, ovlanadigan vakillari, kasallik tarqa

Skeleti. Sutemizuvchilarning skeleti bosh, umurtqa pog`onasi, ko`krak qafasi, oldingi va orqa oyoqlar hamda ular kamarlaridan iborat. Bosh skeleti miya qutisi, ustki jag`, yonoq va tangacha suyaklaridan hosil bo`lgan. Pastki jag` bir juft, ustki jag` ikki juft tish suyagidan tashkil topgan. Umurtqa pog`ona bo`yin, ko`krak, bel, dumg`aza va dum bo`limlaridan iborat. Bo`yin bo`limida 7 ta umurtqasi bor, ko’krak umurtqasi 12-18 ta bo’ladi. To`sh suyagi plastinka shaklida bo`lib, uning
oldingi kengaygan qismiga to`sh dastasi, pastki qismiga qilichsimon o`simta deyiladi. Bel bo`limida 5-7 ta umurtqa bor. Dumg`aza bo`limi 2- 4 ta umurtqadan tashkil topgan. Dum umurtqalarining soni har xil bo`ladi. Yelka kamari orqa tomonidan tarog`i bo`lgan uchburchak shakldagi kurak, korakoid va o`mrov suyaklaridan tashkil topgan. Korakoid kichrayib korakoid o`simtasi ko`rinishida kurak suyagiga qo`shilib ketadi. O`mrov suyagi krot, qo`lqnanot, maymun, mushuk va ayiqlarda saqlangan, boshqalarida yo`qolib ketgan. Chanoq kamari 2 ta nomsiz suyakdan iborat bo`lib, bularning har biri yonbosh, qov va quymich suyaklarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. Sutemizuvchilarning chanog`i yopiq bo`ladi, ya'ni ikkala tomonining qov va quymich suyaklari o`rtadan o`zaro qo`shiladi. Erkin oyoqlar skeleti quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlardagi singari tipik tuzilishga ega. Lekin yashash sharoitiga qarab erkin oyoqlar skeleti kuchli o`zgarishi mumkin. Keyingi oyoqda sutemizuvchilarga xos bo`lgan to`piq suyagi va tizza qopqog`i suyagi bo`ladi.
Muskullari. Sutemizuvchilarda ko`krak va qorin bo`shliqlarini ajratib turadigan gumbazsimon diafragma muskuli bo`ladi. Bu muskul nafas olish vazifasini bajaradi. Oerini harakatga keltiruvchi teriosti muskullari rivojlangan. Odamsimon maymunlarning mimika muskullari yaxshi rivojlangan.
Nerv sistemasi  va sezgi organlari. Sutemizuvchilarning bosh miyasi oldingi miya yarim sharlari va miyacha hisobiga nihoyatda kattaligi bilan xarakterlanadi. Oldingi miya yarim sharlari miya gumbazi yoki neopallum deb ataladigan miya po`stlog`i, ya'ni kulrang miya moddasi bilan qoplangan. Oldingi miya yarim sharlari bosh miyaning qolgan qismlariga nisbatan 48-75 foizni tashkil qiladi. Miya po`stlog`i ko`pchilik sutemizuvchilarda burma va egatchalar bilan qoplangan. Bu miya po`stlog`ining yuzasini kengaytiradi. Oraliq miya ustki tomondan ko`rinmaydi. O`rta miya uchun uning miya qopqog`i boshqa umurtqalilardagidek ikki tepalikdan iborat bo`lmay, to`rt tepalikdan iborat bo`ladi. Bu tepaliklarni oldingisi ko`ruv, keyingi tepaliklar esa eshituv funksiyalarini bajaradi. Miyacha bir necha bo`limlarga bo`lingan. Bosh miyadan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi.
Sezgi organlaridan hid bilish organlari juda kuchli rivojlangan va sutemizuvchilarning hayotida muhim ahamiyatga ega. Hid bilish organlari yordamida ular o`z dushmanlarini aniqlaydi, o`ljasini va jinslarini axtarib topadi.
Eshitish organi ichki va o`rta quloqdan tashqari tashqi eshitish yo`li va quloq suprasining bo`lishi sutemizuvchilar uchun xarakterlidir. O`rta quloq bo`shlig`ida uzangi suyakchasidan tashqari sandon va bolg`acha suyaklari joylashadi. Ko`rish organi boshqa sezgi organlariga nisbatan soddaroq tuzilgan. Ko`z tarog`i yo`q va akkomodasiya hodisasi kipriksimon muskullarining qisqarishi va ko`z gavhari shaklining o`zgarishi orqali yuzaga keladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin