Mundarija I. Bob. Kirish I i. Bob. Asosiy qism


Sutemizuvchlar tuzilishi quyon misolida ko’rib chiqiladi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/18
tarix15.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#130519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
O`zbeksitonda uchraydigan sutemizuvchilar, ovlanadigan vakillari, kasallik tarqa

Sutemizuvchlar tuzilishi quyon misolida ko’rib chiqiladi .
Terisi. Terisi hamma umurtqalilardagi singari tashqi epidermis va ichki chin teridan iborat. Soch shakli va vazifasiga ko`ra tivit, qil va vibrissalarga bo`linadi. Ko`pchilik sutemizuvchilarning jun qoplag`ichlarining asosini kalta, mayin tivit tashkil qiladi. Oivitlar orasida uzun va yo`g`on hamda qattiq qillar joylashadi. Tuproq ichida yashovchi krotlarda faqat tivit bo`ladi. Bug`u, to`ng`iz va tyulenlarda aksincha, jun qoplami asosan qillardan iborat. Oipratikon va jayralarning qillari o`zgarib tikonga aylangan. Vibrissalar qo`shimcha tuyg`u vazifasini bajaradi va ko`pincha hayvonlarning bosh qismida joylashadi. Tangachalar ham epidermisining shox hosilalari hisoblanadi. Tangachalar tuzilishi va kelib chiqishiga ko`ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o`xshash.
Tangachalar ayniqsa yasherlarda kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari ham tangacha bilan qoplangan. Muguz hosilalariga qoramol, qo`y va echkilarning shoxi kiradi. Shox epidermisdan kelib chiqqan bo`lib, peshona suyagi bilan qo`shilib ketgan. Bug`ularning shoxi esa teri hisobidan tariqqiy etadi va suyak to`qimasidan iborat. Sutemizuvchilarning terisi ter, yog`, hid va boshqa har xil bezlarga boy. Teri bezlari epidermisdan kelib chiqqan bo`lib, chin teriga botib
turadi. Yog` bezlari uzum boshiga o`xshab tuzilgan. Ularning chiqarish yo`li soch xaltasiga ochiladi, sekreti sochni va terini yog`lab turadi. Ter bezlari naysimon shaklga ega. Bu bezning chiqarishch yo`li teri yuzasiga yoki soch xaltasining ustki qismiga ochiladi. Terning 97-99 foizi suvdan iborat. Ter tanani sovutib turish bilan birga ayirish funksiyasini ham bajaradi. Hid bezlari va ter yog` bezlarining o`zgargan shaklidir. Hid bezi suvsarlarda yaxshi rivojlangan bo`lib, o`z jinslarini axtarib topish, himoya vazifasini o’taydi. Sut bezlari ter bezlarining o`zgarishidan kelib chiqqan, faqat urg`ochi hayvonlarda rivojlangan. Sutemizuvchilarining chin terisi asosan qon tomirlariga boy bo`lgan tolali biriktiruvchi to`qimadan va teriosti kletchatkasidan iborat. Teriosti yog` qatlami, ayniqsa, kitsimonlar, sovuq iqlimda yashaydigan va qishda uyquga ketadigan hayvonlarda yaxshi rivojlangan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin