Tadqiqot obyekti va predmeti: Til tizimi har qanday tabiiy tilning o‘zaro munosabatlar bilan bog‘langan, muayyan birlik va butunlikni tashkil etuvchi lisoniy unsurlari majmui hisoblanadi. Til tizimining har bir tarkibiy qismi alohida-alohida emas, balki tizimning boshqa tarkibiy qismlariga qarama-qarshi qo‘yilgandagina mavjud bo‘ladi.
Lingvopoetik tahlil badiiy asarni bor imkoniyatlarini ochib berish, undagi mazmun-ma’noni yaqqol ifodalashga xizmat qiluvchi tahlil usuli hisoblanadi. Badiiy matnlarning turlari va ulardagi ma’noni, ularni badiiy matn sifatida tan olinishining qator faktorlari shu kungacha dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelmoqda. Bunda birgina tovush yoki so‘z badiiy asarning butunlay mazmunini o‘zgartirib yuborishi, unga qo‘shimcha ma’no yuklashi ham mumkin. She’rlardan tashqari, badiiy asarlarning inson qalbiga kirib boruvchi boshqa turlari ham mavjud. Ifodalanayotgan vositalar yordamida badiiy matnning lingvopoetik maqsadiga erishilishi ana shu vositalarga katta badiiy vazifa yuklaydi.
Til tizimini tashkil etuvchi tarkibiy qismlar bir-birini taqozo etadi. So‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi, gaplar shakllanadi va nutq hosil bo‘ladi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Ingliz va o‘zbek tilshunosligida badiiy matnlarni o‘rganilish darajasini ochib berish, ularning xususiyatlarini solishtirish orqali umumlashtiruvchi va farqli jihatlarini ochiqlab berishdan iborat.
Shularni inobatga olgan holda, tadqiqotning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
-Badiiy nutqni tasvirlashda badiiy matnlarning tutgan o‘rnini aniqlash;
Badiiy matnlarni lingvopoetik tahlil qilish namunalarini ko‘rib chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ingliz va o‘zbek tillarida badiiy matnlarni lingvopoetik tahlil qilish asoslari uslubini farqlash va solishtirish orqali ularning o‘xshash va farqli jihatlari aniqlandi;
-Ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matn va badiiy nutqni ifodalovchi unsurlar aniq o‘rganildi va tahlil qilindi;
-Badiiy nutqda badiiy matnlarni mazmunan ifodalash unsurlari aniqlandi va ular darajalandi;
-Badiiy nutqda badiiy matnlarning ifodalanish jarayoni va bosqichlari ochiqlab berildi;
-Ingliz va o‘zbek tilshunosligidagi badiiy matnlarni badiiy tasvir vositalari tizimida tutgan mazmuniy o‘rni tahlil qilindi.