3-BOB BO`YICHA XULOSA 78
UMUMIY XULOSA 83
Xulosa qilishimiz mumkinki, badiiy matnlarning xususiyatlari estetik funksiya va ajoyib ifoda qobiliyati hisoblanadi. Ushbu matnlarning asosiy maqsadi o‘quvchini so‘zlarni to‘g‘ri tanlash, raqamlar yoki adabiy manbalardan foydalanish orqali harakatga keltirishdir. Uslub. Bu muallifning ijodiy erkinligi bilan cheklanmagan; badiiy harakatning xususiyatlariga ham javob bera oladi. 84
Xayoliy qahramon. Bitta sinovdan tashqari adabiy matnlar asosan voqelikning rekreatsiyasidir, yoki undan uzoqda. Mavzular bir xil darajada son-sanoqsiz, ammo mantiqiy bo‘lishi mumkin. Kengaytma juda xilma-xil bo‘lishi mumkin; ayniqsa, hikoya matnlari bu bilan ajralib turadi(mikrohikoya yoki roman). 84
Badiiy matn turlarining asosiy xususiyati shundaki, ular asosan nazmda yozilgan. Biroq, bu so‘nggi asrda universal adabiyotda o‘zgarib bormoqda. Endi she’rlarning ko‘p turlari borki, ular she’rlarda yoki matnlarda yozilmasligi mumkin, ular “she’riy nasr” deb ataladi. Bu badiiy va ekspressiv funksiyani bajaradigan matn(axborot berish yoki o‘quvchiga tushuncha berish uchun xizmat qiladigan adabiy bo‘lmagan matnlardan farqli o‘laroq). Ushbu matnlarning maqsadi badiiydir va shuning uchun nafaqat muloqot qiladigan, balki chiroyli xabarlar, tovushli iboralar yoki kuchli tasvirlarni yaratadigan nozik, toza va ifodali tilni taqdim etishga kelishilgan. 84
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 86
KIRISH
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi: Jahon adabiyotida lingvistik unsurlar yordamida yaratilgan asarlarni har tomonlama adabiy va lingvistik tahlil qilish mazkur tadqiqotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida o‘rganilmoqda. Tanlangan mavzuning dolzarbligi o‘zbek, ingliz tillari nasri va nazmida hujjatga asoslangan adabiy asarlarni yaratilishining o‘ziga xos unsurlari va xususiyatlari yetarli darajada o‘rganib chiqilmaganligi bilan asoslanadi, shu jumladan, aynan badiiy matnlarning badiiy nutqdagi imkoniyatlarini o‘rganish va tadqiq qilish tilshunoslikning xilma-xil xususiyatlarini, undagi tarixiy va madaniy munosabatlarni hamda uni adabiyotga bog‘lagan holda o‘ziga xos jihatlarini keng ko‘lamda o‘rganishga imkon yaratadi.
Mamlakatimiz bo‘ylab bugungi kunda fan va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar davrida bu kabi ilmiy izlanishlarning o‘rni hozirgi davlat siyosati talablariga javob bera oladi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatida “… zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida biz mustaqil fikrlaydigan, eng yaxshi insoniy fazilatlarga ega yoshlarni tarbiyalaymiz”1 degan fikr ilgari suriladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, butunjahon bilimlarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda milliylik ruhini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz bo‘ylab, shu jumladan xorijiy tillarini o‘qitish xususida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar yuqoridagi maqsadlarni o‘z ichiga olgan. Chet tillarni o‘qitishni ommalashtirish bilan bir qatorda madaniyatini o‘rganish orqali yurtimiz rivojiga o‘zarining salmoqli hissalarini qo‘shish bugungi kun egalarining ustuvor vazifasidir. Shunday ekan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida’gi VMK-304-son VM-312 “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021yil 19-maydagi 610-sonli “Chet tillarini o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining boshqa xorijiy tillar bilan bir qatorda ingliz tili va uning lisoniy xarakterini mukammal o‘rganish, shu ustuvor vazifalarni amalga oshirishda salmoqli darajada o‘z hissasini qo‘sha oladi. Shu boisdan, mazkur ishda biz ingliz va o‘zbek tilidagi badiiy matnlarning chuqur stilistik va lisoniy jihatdan tahlil qilish bilan bir qatorda, undagi badiiy nutqqa xos bo‘lgan jihatlarni tadqiq qilishni maqsad qildik.
Dostları ilə paylaş: |