Tadqiqotda qo‘llaniladigan metodikaning tavsifi: O‘zbek tilshunoslik amaliyotida ham yetarlicha tadqiq qilinmagan va hal qilinishini kutayotgan talay jihatlar borki, ularning orasida badiiy matnlarning lingvopoetik tahlili ham muhim ahamiyatga egadir.
Ayni damda boshqa fanlar bilan bir qatorda, tilshunoslikda ham chuqur tadqiqotlar yuritish uchun yuqori darajadagi shart-sharoitlarlar talaygina. Hali o‘z yechimini topa olmagan, bugungi kunimiz uchun dolzarb hisoblangan masalalar talaygina.
Biz ushbu tadqiqot ishimizda tilshunoslikda asosiy mazmun va ifoda vositasi bo‘lgan badiiy matnlar va badiiy nutqni o‘zaro bog‘liqligini lingvostilistik va lingvopoetik jihatlarini o‘rganishni to‘g‘ri deb bildik. Jahon tilshunosligining o‘zaro aloqaviyligi o‘ziga xos maxsus jihatlarini oydinlashtirib berishdan iboratdir. Shu xususida, ushbu sohada ingliz va o‘zbek tilshunosligida ko‘plab olimlar chuqur izlanishlar olib borishgan.
O‘zbek tilshunos olimlari tomonidan ham mazkur masala yuzasidan birlamchi harakatlar amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan va ba’zi bir umumiy fikrlar yuritilgan. Lekin aynan bu muammo yuzasidan maxsus monografik muammolar chuqur o‘rganilmagan.
Ingliz va o‘zbek tillarida badiiy matnlarning xususiyatlari va ularni badiiy adabiyotga bog‘lagan holda o‘rganish birmuncha yuqori va keng tadqiq etilgan. Lekin to‘laqonli tahlil qilinmagan. Shu boisdan, bugungi kun ingliz hamda o‘zbek tilshunosligining badiiy matnlari lingvopoetik tahlilini lingvistikaga bog‘lagan holda tadqiq qilindi.
Tadqiqot natijalariningnazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot lisoniy va uslubiy badiiy til unsurlari borasida yuritilgan ilmiy-izlanishlar safiga kiritiladi va o‘zbek va ingliz tilshunosligida uslubiyatining ajralmas qismi hisoblanadi va ulardagi bir qancha bo‘shliqlarni boyitishga yordam beradi. Izlanish natijalari oliy o‘quv yurtlarida filologiya fakulteti yo‘nalishida stilistik-uslubiy vositalar borasidan maxsus o‘quvlar olib borishda, stilistika va uslubiyat bo‘yicha yangi darsliklar va qo‘llanmalarni tuzishda qo‘l keladi.