End yuqorida keltirilgan metodlardan ayrimlarini avzalliklarini tahliliy jihatdan ko’rib chiqamiz.
"Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim“ metodi Bu metod leksiya darslar uchun qulay. O‘qituvchi mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar va iboralar ro‘yxatini kodoskopga o'xshash biror texnik vosita yordamida talaba-o‘quvchilarga taqdim etadi. Talaba o‘quvchilar o ‘zlari biladigan va bilmaydigan tushunchalar va iboralar bilan namunadagi jadvalni to‘ldiradilar:
Ushbu metodning bir qancha avzallik jihatlari mavjud bo’lib pedagoglar dars jarayonida Uni qo’llaganda bir qator samarali tomonlarini ko’rishi mumkin.
Bu metod o’quvchini xotirasini faollashtiradi.Xotira mavzusini o’qitishda o’zida bor bilimni eslashga majbur qiladi va shu orqali yangi ma’lumotlar o’zlashirilishi uchun xotira eshiklari ochiladi.
Xotira mavzusi keng bo’lgani uchun bu metodning avzalliklaridan yana biri ta’lim oluvchidan nimalarni o’rganmoqchi ekanligi so’raladi. Yani bilishni hohlayman tarzda. Bu esa ta’lim oluvchiga kerakli ma’lumotlarni egallashida qo’l keladi.
Pedagogikada kamdan –kam metodlarda qo’llangandan so’ng natija yoziladi. Bu metodda ta’lim oluvchi egallagan biliml;arini dars so’nggida yozadi va shu orqali unda taqqoslash yuz beradi. Bu o’zini qay darajada tushunganini ham bilib oladi.
Bu metod qisqa va vaqt ichida ko’proq ma’lumotni yetkazish hususiyatiga ega bo’lib xotira mavzusini o’qitishda ayni muddao hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak B.B.B. metodining bir qancha avzalliklari mavjud ekan va bu metodni xotira navzusida qo’llaganda ko’plab samaralarga erishish mumkin.