1-bob xulosasi. Biz yuqorida ilmiy adabiyotlarda xotira mavzusi bo’yicha keltirilgan manbalar, ularni talabalarga yetkazishda qo’llanadigan usullar haqida nazariy jihatini ko’rib chiqdik. Unda ma’lumotlar ko’pligi bois ta’lim oluvchilarning vaqtini tejab samaradorlikka erishishga yordam beruvchi metodlarni amaliy qismda ko’rib chiqamiz.
2-bob Xotira mavzusini o’qitishning samaradorligini belgilovchi metodlar
2.1. Xotira mavzusini o’qitishda ko’rgazmali metodlardan foydalanishning samaradorligini aniqlash.
Psixologiya fanlarini o’qitishda shu bugunga qadar an’anaviy metodlardan foydalanib kelingan. Ular qaysidir ma’noda ma’lumotlarni oson o’zlashtirishga yordam bergan. Pedagog mavzuni og’zaki tushuntirgan yoki ko’rgazmali vositalar orqali yoritib bergan. Ularni samaradorligi ayniqsa xotira mavzusini tushuntirishda muhim ekanigini ko’rishimiz mumkin. Chunki xotira mavzusida xotiraning klassifikatsiyasi mavjud uni esa tushuntirishli ko’rgazmali metodlar orqali yoritib berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Xususan namoyish va tasvir metodi xotira mavzusini o’qitishda samarali bo’ladi. Dastlab namoyish va tasvir metodlari haqida qisqacha to’xtalib o’tsak:
“ Namoyish - ta’lim oluvchilarni obyekt va hodisalar, jarayonlarni ularning tabiiy ko’rinishda ko’rgazmali-hissiy tanishtirish Bu metodning yetakchi vazifasi o’qitish hisoblanadi. Biz namoyishdan o’rganilayotgan hodisalar, o’zgaruvchanlikni ochib berish uchungina foydalanamiz, shu bilan birga bu metod ta’lim oluvchilarni narsalarni tashqi ko’rinishi bilan uning ichki tuzilishi yoki o’xshash narsalar qatorida tutgan o’rni bilan tanishish uchun xizmat qilishi mumkin. Namoyishni ko’rib chiqilayotgan obyektni yozuv taxtasida sxemali rasm chizish yoki ko’rsatish, chizmalarni chizib olib borish mumkin, bu namoyish etilayotgan obyekt asosidagi tamoyillarni tushunishni yengillashtiradi. Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo’lsa-da, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ulaming ramziy ko‘rinishlari - chizma, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi. Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bogiiqlikda bir-birini toidirgan holda qoilaniladi. Agar hodisa va jarayonni o‘quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur boisa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o‘rtasidagi bog'lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi. Tasvirning samarasi ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatuv texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog’liq bo’ladi”
X otira mavzuni o’qitishda quyidagi chizma orqali o’qitish ko’rgazmali metodga misol bo’la oladi.
1. Anglanganlik qonuni;
2. Qiziqish qonuni;
3. Ilgarigi bilimlar qonuni;
4. Eslab qolishga tayyorlik qonuni;
5. Assotsiatsiyalar qonuni;
6. Birin-ketinlik qonuni;
7. Kuchli taassurotlar qonuni
uni;
8. Tormozlanish qonuni.
Yuqoridagi jadvallar ko’rinishidagi ko’rgazmali metodni o’quv jarayonida qo’llasa samarali bo’lishi mumkin. Chunki butun boshli xotira mavzusidagi ma’lumotlar shu yerda jamlangan. Qolaversa uni elektron shaklda monitorga qo’yib ko’rsatish ham mumkin. Qog’ozda o’quvchilarga chiqarib ko’rsatish ham mumkin. Ko’rgazmali metodlardan yana biri illustratsiya ya’ni suratlar orqali namoyish qilish bo’lib bunda o’quvchi o’qigan ma’lumotlarini ko’zi bilan ko’rganda yodda olib qolish va tushunish darajasi yuqori bo’ladi. Misol uchun:
Yuqoridagi bu suratda miyaning tuzilishi aks etgan. Psixologiya fanidan xotira mavzusini o’qiyotgan talabalar miyaning tuzilishi haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak. Shunda unda xotira haqida to’liq tassavvur paydo bo’ladi. Buni quyidagi rasm orqali ham ko’rishimiz mumkin.
Psixologiyada xotira mavzusini o’qitishda ko’rgazmali metodlardan foydalanish bo’yicha tahlillardan kelib chiqib uning bir qancha saradorligini keltirishimiz mumkin. Xususan:
Xotora mavzusi bevosita fiziologiya bilan bog’liq bo’lgani uchun bosh miya qismlarining suratlarini ko’rsatish orqali talabalarda yaqqol tushuncha hosil bo’ladi.
Xotira mavzusida ma’lumotlar juda ko’p bo’lgani uchun unvaqydan samarali foydalanish maqsadida bir-ikki betlik nazariy ma’lumotni bitta surat orqali tushuntirib berish mumkin bo’ladi. (M: Xotiraning nerv fiziologik asosi)
Xotira va va sezgi mavzularini ko’rgazmali metodlar orqali o’tilganda talabalarda qiziqish paydo bo’ladi va amaliyotdaqo’llash imkoni oshadi.
Xotira mavzusiga bevosita bog’liq xolda ko’rib esda saqlaganda assotsatsiyalar eshitib eslab qolgandan ko’ra kuchli bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |