Mundarija kirish Asosiy qism 1-bob Xotira mavzusini o’rganilganlik darajasining nazariy asoslari



Yüklə 252 Kb.
səhifə9/10
tarix03.02.2023
ölçüsü252 Kb.
#82691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
E o\'ynab qo\'yay (2)

2-bob xulosasi. Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib psixologiyada xotira mavzusini o’qitishda metodlarni to’g’ri tanlash, an’anaviy metodlar bilan birga interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini anglab olish mumkin.

Xulosa va tavsiyalar
Hozirgi zamon pedagogikasida kam kuch sarflab ko’proq bilim berish borasida g’oyalar ilgari surilmoqda. Shu paytgacha ishlab chiqilgan o’qitish metodlari ham aynan shunga xizmat qiladi. Olimlar o’qitishda samarali metodlar sifatida ikkitasini alohida ko’rsatib o’tishadi. Interfaol va ko’rsatish metodlari. Biz buni yuqorida xotira mavzusini o’qitishda ham foydalanib amalda ko’rib chiqdik. Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmi ko‘rishni. faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan о' zlashtirilayоtgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan «Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga ega ekan. Namoyish metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmeming tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy obyektlami namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ulaming o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarli hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Shu o’rinda ayrim tavsiyalarni keltirib o’tamiz.

  1. Psixologiya fanida har bir mavzuga oid va mos metodlar topib darsda qo’llash

  2. Xotira mavzusini interfaol va ko’rsatish metodlari orqali tushuntirish

  3. Mavzuni o’tish jarayonida izchillik va auditoriya muhitini hisobga olish.

Xulosa qilib aytganda bu ikki metod aynan xotira mavzusini o’qitishda samarali usullardan hisoblanadi. Shuning uchun bu metodlarni hech bir to’siqsiz qo’llash kutilayotgan samarani berishi shubhasiz.


Yüklə 252 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin