Mundarija kirish Asosiy qism 1-bob Xotira mavzusini o’rganilganlik darajasining nazariy asoslari



Yüklə 252 Kb.
səhifə1/10
tarix03.02.2023
ölçüsü252 Kb.
#82691
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
E o\'ynab qo\'yay (2)




MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………………..3
Asosiy qism
1-bob Xotira mavzusini o’rganilganlik darajasining nazariy asoslari

    1. Xotira haqida tushuncha va uning turlari………………………….…….5

    2. Xotira bo’yicha chet el psixologlarning qarashlari………….……..…….17

2-bob Xotira mavzusini o’qitishning samaradorligini belgilovchi metodlar
2.1. Xotira mavzusini o’qitishda ko’rgazmali metodlardan foydalanishning samaradorligini aniqlash……………………………………………..…………..21
2.2. Xotira mavzusini o’qitishda BBB metodidan foydalanishning avzalliklarini aniqlash……………………………………………………………..……………24
2.3. Talabalarda klaster metodi yordamida xotira mavzusini o’qitishda erishilgan natijalar tahlili……………………………………………………………………27
Xulosa va tavsiyalar………………………………………………..……..……..31
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………33


Kirish
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan talablardan biri qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Bunda nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish asosida ma’lum ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlar darajasini baholash o‘qituvchidan ta’lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi. Bugungi kunda psixologiya fanlarini o’qitishda turli xil metodlardan keng foydalanilmoqda. Buni xotira mavzusini o’qitishda ham ko’rishimiz mumkin. Ma’lumki, xotira mavzusi psixologiyada keng mavzulardan biri hisoblanadi. Undagi ma’lumotlarning ko’pligi vaqtning kamligi o’qitishda kreativ yondashuvlardan foydalanish zaruratini yuzaga keltiradi. Pedagogikada mavjud barcha metodlar psixologiya fanlarini o’qitishda keng qo’llanmoqda Bu metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilish faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o‘rganilayotgan mavzu, muammolar bo‘yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o‘z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g‘oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga rag‘batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Kreativ metodlar hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu o’rinda bir savol tug’iladi. Psixologiya fanlarini o’qitishda a’nanaviy metodlardan foydalangan avzalmi yoki interfaol metodlardan foydalangan avzalmi? Misol tariqasida xotira mavzusini o’qitishda a’nanaviy metodlardan foydalanib kelingan. Uni samaradorligi bugungi kun ta’lim tizimining sifat va samaradorligi ko’rsatib turibdi. Biroq kreativ metodlardan bo'lmish interfaol metodlar orqali o’qitish yanada qulay va samarali bo’lmaydimi? Bu kabi savollar ushbu mavzuda tadqiqot ishlarini olib borishni taqazo etadi.

Yüklə 252 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin