Mundarija: kirish bob. Alisher navoiy hayoti va ijodi


Alishеr Navoiyning “Xamsa” asarida tasvirlangan antik davr olimlari



Yüklə 42,63 Kb.
səhifə5/6
tarix21.06.2023
ölçüsü42,63 Kb.
#133696
1   2   3   4   5   6
Xamsa buyuk badiiy obida

2.2 Alishеr Navoiyning “Xamsa” asarida tasvirlangan antik davr olimlari
Alisher Navoiy oʻz asarlarida antik faylasuflarning nomlarini keltirib, ularning ilmiy jasoratini bayon etadi. Maʼlum boʻladiki, hazrat antik davrda yashab oʻtgan olim va ulamolarning ilmu hunarlaridan, fan va ixtirolaridan yetarlicha voqif boʻlgan, ular toʻgʻrisidagi kitoblarni shubhasiz koʻp oʻqigan. Misol uchun,
“ … Ki aylab toʻrt yuz dono bilan jahd,
Alardin har bir Aflotungʻa hamahd”.
– masnaviysi fikrimizning dalili boʻla oladi. Arabiy, forsiy va eski turkiy manbalarda uchraydigan Aflotun ismi orqali zamonaviy ilmiy manbalarda antik davr olimi Platonga nisbat berilishini yaxshi bilamiz. Alisher Navoiy hazratlari uni sifatlab, bunday misralarni keltiradi:
“Sipehr ahvolining sohib vuqufi,
Jahonning korbandu faylasufi.”[1]
Ushbu soʻzlarni hozirgi tilimizda bunday ifoda etsa boʻladi: yer yuzi ahvolini biladigan kishi, jamiyatshunos va falsafa bilan mashgʻul boʻlgan dunyodagi yetakchi faylasuf.
Darhaqiqat, Platon miloddan avvalgi 427-347 yillarda Afinada yashab oʻtgan qadimgi yunon faylasufi va olimidir. U oʻzining asosiy substansiyalar haqidagi asarlari hamda siyosat, davlat tuzilishi, davlatni boshqarish masalalari yoritilgan yozma yodgorliklari bilan mashhur.
“Xamsa”ga kirgan “Farhod va Shirin” dostonining turli boblariga taalluqli boʻlgan quyidagi masnaviylarga diqqatingizni tortmoqchimiz. Shoir “Yunon mulki” toʻgʻrisidagi oʻz tasvirlarini XX bobning sarlavhasi boʻladigan darajaga olib chiqadi. Ushbu sarlavhaning parchalaridan quyidagi koʻrinishlarni hukmingiz uchun keltirishni lozim topdik. Undan soʻngra esa yana sheʼriy parchalarga eʼtibor qaratishingiz mumkin, masalan, “XX bob… Farhod bila Yunon mulkiga cherik tortib borurni muqarrar qilgʻoni…” [2]
… Cherik solgʻay Xitou mulki Chingʻa,
Yurub chekkay sipah Yunon zamingʻa…[3]
… Kishi Yunon sori bormoq keraktur,
Inon ul toqqa boshqormoq keraktur.
…Erur gʻor ichra Suqroti yagona,
Dema Suqrot, Buqroti zamona.[4]
…Degaysen ul mahalkim, kilki tahrir
Chekib ul toʻrt qasrim qildi tasvir:
Biri Yunongʻa markab surganimni,
Qilib razm, ajdaho oʻlturganimni.
Koʻrib turganingizdek, Yunon mavzusi ushbu dostonlarda tez-tez qalamga olingan. Jumladan, Farhodning Yunonistonga cherik solib borishi mavzusi dostondagi bir syujet hisoblansa, Chin mulki bir syujet, shuningdek, Andalusiya yoinki Rum diyori mavzusi bir syujet boʻlsa, arman goʻzali bir syujet.
Jugʻrofiy tomondan Alisher Navoiy juda keng, katta muhitlar va iqlimlarni tasvirlashga intiladi. Bu jihatdan hazrat chinakam tarzda Sohibqiron va temuriylar saltanatining bir tarixnavisi va yokim bir ijodkor tasvirchisi sifatida koʻzga tashlanadi.
Endi yana antik davr Yunoniston mavzusiga qaytsak. Buning uchun dostondagi
… Kishi Yunon sori bormoq keraktur,
Inon ul toqqa boshqormoq keraktur.
… Erur gʻor ichra Suqroti yagona,
Dema Suqrot, Buqroti zamona…[5]
kabi misralarga diqqatingizni qarating. Bu yerda misol tarzida Qadimgi Yunonistonda yashab oʻtgan mashhur faylasuf Suqrotni olaylik. Haqiqatan ham Suqrot oʻz zamonasining eng buyuk donishmandi edi. Tarix sahifalarida Suqrot, yaʼni Sokrat toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni uchratish mumkin. Sokrat – eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashab oʻtgan qadimgi yunon faylasufi. U sofistlarning gʻoyalarini tanqid qilgan va yoshlar tarbiyasi masalasini targʻib etgan. Sokratning hayoti va taʼlimoti haqidagi muhim maʼlumotlar Ksenofont va Platon asarlari orqali bizgacha yetib kelgan va hokazo.[6]
Maʼlum boʻladiki, Alisher Navoiy nafaqat Suqrot toʻgʻrisida ayon boʻlgan maʼlumotlardan xabardor, balki uning falsafiy gʻoyalaridan ham yetarlicha tasavvurga ega boʻlgan chinakam ziyoli va oʻz davridagi ulugʻ bir shaxs. Albatta, bunday bilim va zakovat har qanday odamga ham muyassar boʻlavermaydi. Buning uchun nafaqat iqtidor va gʻayrat-kuch va yana qancha piru ustozlar va azaliy taqdir marhamati ham darkor.
Diqqatingizni dostonning ushbu misralariga qarating:
… Ikkinchi Ahramangʻa aylabon kin,
Jahonni qilgʻonim qon birla rangin.
Ushbu masnaviydan shu ayon boʻladiki, hatto birgina “Ahraman” soʻzidan hisob olganimizda ham, qadimgi forsiy va turkiy xalqlarning ulugʻ merosi sanalmish “Avesto” kitobi, undagi voqealar va qahramonlardan, asosiy gʻoya va syujet tizimlaridan Alisher Navoiy juda yaxshi xabardor boʻlganini bilish mumkin.
Xususan, hazratning “Avesto” va “Shohnoma” singari kitoblarni, Oʻrta Osiyo, Eron va Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti, dini, tili, urf-odatlari, dunyoqarashi va turli maʼrifiy, maʼnaviy tajribasi-yu hayotiy tasavvurlarini juda yaqindan bilishining guvohi boʻlamiz. Bunday sifat va holatlarni biz “Xamsa”ga kirgan dostonlar mutolaasi davomida qayta va qayta koʻrib, yana amin boʻlamiz.
“Jahonni qon birla rangin qilgan Ahraman” soʻzlarini oʻqib, biz albatta “Avesto”dagi ayrim narsalarni yana yodga olgimiz keladi. Maʼlumki, “Avesto”da olam ikki asos – ibtidoning, yaʼni yorugʻlik va qorongʻulikning, yaxshilik va yomonlikning toʻxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik tarqatuvchi va uni oʻzida ifodalovchi – Axuramazda ezgulik ramzi boʻlib, u osmonda; yomonlik va buzgʻunchilikni ifodalovchi – Ahraman esa yovuzlik ramzi boʻlib, yer ostida, zulmat va qorongʻulikda. Yer sathi – kurash maydoni. Hayotdagi turli oʻzgarishlar qaysi kuchlarning gʻalaba qilishiga bogʻliq. Mantiqan shu sababdan inson, tana va ruhning qarama-qarshiligidan, inson axloqi esa yaxshi va yomon xulq – odatlarning olishuvidan iborat.
Keyingi oʻrinlarda, yuqorida biz taʼkidlayotgan antik davr mavzusi yuzasidan yana boshqa tarixiy shaxslar va ularga taalluqli boʻlgan tarixiy ishlar tasvirlariga duch kelamiz. Toʻgʻri, Alisher Navoiy tarixiy voqeliklarga badiiy libos kiygizadi va ularni oʻz tasavvuri va ilhom yogʻdusi bilan birgalikda olib, ijod qudrati yordamida barcha namoyon boʻlgan ranglari bilan tasvirlab, bizga taqdim etadi. Lekin, albatta, ular qatida maʼlum darajada hikoya uchun asos boʻlgan tarixiy real voqelik va haqiqat surati ham mavjud.
Yana Alisher Navoiy hazratlari tomonidan bitilgan sheʼriy satrlarga murojaat qilamiz:
Uchinch Iskandari Rumiy tilismin
Ki ochtim teng qilib yer birla jismin.
Boʻlub toʻrtunch Arastugʻa raqamkash,
Ki gʻori ichra kirdim ajdahovash.[7]
Uzoq zamonlardan buyon bizga meros boʻlib qolgani yo toshdan bunyod boʻlgan binolar, yo tuproq – zamin va yo togʻ-toshlar ichidagi gʻorlar. Shuningdek, olis oʻtmishdan bizga boʻy choʻzgan buyuk siymolar. Ulardan biri esa Sharqda Arastu deb nom olgan oʻsha barchaga maʼlum – Aristotel. Alisher Navoiy bunday buyuk shaxslarni tilga olmasdan oʻta olmas edi. Hazrat oʻz tasvirlarining ishonchli va haqiqatmonand boʻlishi uchun ham Arastuni tilga oladi va bu yorqin siymoni ataylab boshqa tarixiy siymolardan ajratib, eng keyingi navbatda tilga oladi.
Demak, Alisher Navoiyga Arastu toʻgʻrisidagi tarixiy dalillar yetarlicha maʼlum boʻlgan. Albatta, oʻzidan oldin oʻtgan yuzlab podsholar va buyuk zotlar, aziz avliyolar tarixini bilgan va tarix sahifalariga raqam qilgan Alisher Navoiydek buyuk bir shaxs qadimgi antik davrni bilmaydi, desak, qattiq yanglishgan boʻlamiz.
Arastu – miloddan avvalgi 384-322 yillarda yashab oʻtgan, u qadimgi yunon falsafasi va fani taraqqiyotida yangi bir davr yaratgan buyuk mutafakkir.
“Xamsa”dagi “Saddi Iskandariy” dostonining 81-bobi sarlavhasida maʼlum kundalik maishiy hayot voqealarining tartibi, maʼlum udum va anʼanalar bayoni oʻz aylanish davomiyligi va ketma-ketligida tasvir qilinadi. Alisher Navoiy qalamga olgan aza rasm-rusumlari ushbu tarzda beriladi:
“Yetti hakimning Ckandar onasigʻa azo yetkurgali kelmaklari… ”
…Alar chunki bir lahza topib sukun,
Filotun dedi borchasidin burun…
…Tugatgach Filotun dono payom,
Ayon qildi Suqrot mundoq kalom…
…Tugandi chu Suqrotning hikmati,
Yetishti Balinosning navbati…
… Balinos chun soʻzni qildi ado,
Yana etti Buqrot soʻz ibtido.
…Chu Buqrot harfigʻa itmom edi,
Duo birla donanda Xurmus dedi…
…Chu Xurmus dedi soʻz, boʻlub xokboʻs,
Ravon boshladi nukta Farfunyus.
…Chu Farfunyus etti irshodini
Arastu qilib nukta bunyodini…[8]
Koʻrib turganingizdek, bunday ogʻir damlardagi Sharqona sukut, Sharqqa xos odob va amal tushunchasi, azadorlar oldiga qadam ba qadam, bir necha moʻysafidning tashrifi… Yupanch uchun ohista aytilayotgan soʻzlar, kalomlar… Aslida bu syujet antik davr voqeligining ijodkor tasavvurida qayta jilolanishi boʻlib, bunday tasavvurlar balki rost, balki roʻyodir. Lekin shu narsa ayonki, bu syujet – Alisher Navoiydek buyuk shoirning ijod toʻqimasi, xayolidagi reallik, tarixiy haqiqat lahzalarining badiiy nazm qilinishi…
Bunday olib qaraganda, hazrat Navoiydek atrofdagi voqeliklarga oʻzini masʼul sanagan shaxsning chinakam ijodiy faollik manbasi, uning dunyoviy-ijtimoiy va ilohiy-diniy ehtiyojlaridan, Sohibqiron va temuriylar saltanatining yorugʻ olamdagi ahamiyatini chuqur tushunganidan, zalvorli mulohazalaridan kelib chiqqan emasmi?! Ul zoti sharifning tarix, abadiyat oldidagi chekkan aziyati, munojoti emasmi?!
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, san’at turlari orasiga muntazam chegara chiziqlarini tortish, muayyaan san’at asaridan ayanan shu san’atgagina xos spetsifik xususiyatlarni qidirish mumkin emas. Chunki, san’at turlarining kelib chiqish tarixi, genezisi, shakllanish omillari ko‘p jihatdan bir-birini to‘ldiradi. So‘z san’ati bo‘lgan badiiy adabiyot ham o‘z navbatida san’atning boshqa turlari bilan bevosita aloqaga kirishadi. E’tibor berilsa, ranglar jilosi juda qadim zamondlardanoq ijtimoiy ahamiyat ega bo‘lib, xalqlarning o‘ziga xos turmush tarzi, urf odat va madaniyatini mukammal darajada aks ettirgan. Eng qadimgi bitiktoshlardan tortib bugungi kunimizgacha ranglar tasviridagi ajib sirlilikning inson ruhiyatiga ta’siri ijodkorlar tomonidan badiiy tadqiq qilib kelingan. Ranglarning tasviri ramzlilik nafaqat butun bir xalqning balki, badiiy asardagi lirik qahramonning ham ko‘ngil kechinmalarini o‘zida ifoda etadi. Mumtoz adabiyotimizningranglar tasviriga munosabatini bevosita tasavvuf ta’limotiga bog‘lab o‘rganish joiz. Shayx Najmiddin Kubroning yetti xil rangni yetti kun xislati bilan talqin etganligi bizga shunday deyishga to‘la asos beradi. Badiiy adabiyotda ranglarning kitobxonga ta’siri xususiyatidan A.Navoiyga qadar ham bir qancha ijodkorlarning g‘azal, ruboiy va tuyuqlarida kuzatamiz. qisqa bo‘lsa-da qahramonlar ruhiyatini ifodalash ranglar tasviri orqali o‘quvchi ruhiyatiga xil xislat bilan Bahovaddin blanadi.
Mash masalasi alohida ahamitya kasb etadiki, bu hol tasavvuf ta’limoti bilan bog‘liqdir ranglardan badiiy vosita sifatida foydalanish bo‘yicha yangi mahorat maktabini yaratgan. Har bir rang mutafakkir asarlarida ma’lum bir tuyg‘u kechinma, fikr ifodalashda goh ochiq, goh ramziy mazmun kasb etgan. Navoiyning ijodi-yu, hayot yo‘lini biz ham turli ranglarda mengzashimiz, ularni bir-biridan ayro holatda ko‘rishimiz mumkin emas. Ishimizning birinchi bobida ranglar haqida ular bildirgan ma’no va ularning adabiyotda, hayotimizda tutgan o‘rni haqida ma’lumot berdik. Boisi ushbular haqida ma’lumotlar berilmas ekan, bir dostondagi ranglarning qanday ahamiyat kasb etishidan bebahra qolamiz. Ikkinchi bob esa “Saba’yi sayyor” dostoni sujetini tashkil qilib, har bir rangga mos tarzdagi hikoyalar beriladi. Asar sujetini ham berishni lozim topdik, chunki asar sujetdan bohabar bo‘lmas ekanm iz, undagi ranglarning “Nima demoqchi” ekanligini anglash qiyin. Uchinchi bobda esa ranglarning qanday ahamiyat kasb etayotganligi, hikoyalar isboti bilan berilgan. Umuman olganda Navoiy ulug‘ shayx jarajasida ekanligiga xulosa so‘nggida yana bir bor guvoh bo‘lamiz. Navoiyning o‘zini ham ta’kidlashi bo‘yicha dostonni yaratishdan oldin tushida namoyon bo‘lganligini ta’kidlab, muabbir ta’rificha doston yozishga kirishganini aytadi. Undan oldin ushbu asarni bilganlardan uzr so‘rab, ularning xatolari mavjudligini ya’ni ilohiy ishqqa ahamiyat bermay faqatgina dunyoviylikni bilganliklarini aytib o‘tadi. Hamda o‘zi 7 rang ostida, 7 go‘zal o‘rniga, 7 sayyoh orqali 7 qasrda ham dunyoviy, ham botiniy holda ilohiy hikoyalarni o‘quvchiga beradi: -Qora rangli qasrda “qora palos”, “Quds yeri” “qora kajava” kabi birikmalarni biz bu o‘rinda oddiygina joy nomlari yoki libos sifatida emas balki, “Olloh uyi”, hamda muqaddas xirqa libosi sifatida ko‘rishimiz va nafs martabalaridan ushbu rangning dunyoviy nafslar tiyilganlik belgisi sifatida ko‘rishimiz, dunyoviy tomondan Bahromning g‘ambodaligi ifodasini sifatida talqin etishimiz mumkin.
- Sariq rangli qasr hikoyasida esa zohiran Bahromning rangi sarg‘ayganiga ishora sifatida botinan har qanday ko‘ringan narsa ham, oltin bo‘lavermasligi naqlini sohta pirlar va muridlarni kulgu ostiga olganligini, ularni ajrata bilish lozimligini uqtirganligini his etamiz.
- Yashil rangni Shaxrisabz diyorining simvolistik belgisi sifatida talqin etsak ilohiylikka ko‘ra Xizr alayhissalomning umrboqiy libosi sifatida talqin etishimiz mumkin.
- Qizil rangni ham ilohiy ishqqa yetishishning oliy darajasi sifatida talqin etilganligiga ushbu rangli hikoya hulosasida guvoh bo‘lsak, asarning so‘nggi qismida Olloh tajallisa bo‘lgan tabiatga ziyon yetkazgani uchun shohga Xudo tomonidan berilgan jazo ranggi sifatida ko‘ramiz.


Yüklə 42,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin