Huquqqa zidlik - huquqbuzarlikning ikkinchi belgisi. Bu o'rinda gap qilmish oqibatida qonunning, muayyan huquqiy normaning buzilishi to'g'risida bormoqda. Boshqacha aytganda, huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo'yilgan taqiqni buzadi. Agar bunday taqiq bo‘lmasa, huquqbuzarlik ham boimaydi. Qonun kengaytirilgan holda yoki analogiya bo'yicha talqin etilishi mumkin emas21.
Ayblilik - huquq buzarlikning uchinchi belgisi. Huquq normasini yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo’lgan shaxs buzadi va shaxs bu harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etadi.
Ayb - shaxsning o'zi sodir etgan huquqqa xilof harakatiga va uning zararli oqibatlariga ruhiy munosabati. Qariyb har doim inson oldida huquqqa mos yoki huquqqa zid tarzda harakat qilishni tanlash imkoni bo’ladi. Agar u ikkinchi yo'lni tanlasa, huquqqa xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb hisoblanadi.
Balog'at yoshiga yetmaganlar yoki aqli noraso deb topilgan shaxslar sodir etgan qilmish (huquqqa zid boisa ham) huquqbuzarlik boimaydi. Baxtsiz hodisa, tasodif natijasida, biron kimsaga aybsiz zarar yetkazish hodisasi ham huquqbuzarlik emas.
Huquqbuzarlikning to'rtinchi belgisi - jazolanish. Bu malum huquqbuzarlik uchun uni sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishini bildiradi. Bu javobgarlik huquqiy normaning sanksiyasida ifodalanadi.
Ba’zi hollarda shaxs qonunga binoan javobgarlikdan ozod etilishi ham mumkin. Lekin buni ham vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
Huquqbuzarliklar qonunchilikning qaysi sohasiga tegishliligiga qarab, bir qancha turlarga boiinadi. Huquqbuzarlikning quyidagi turlarini keltirish mumkin:
- fuqarolik-huquqiy (majburiyatni bajarmaslik, moddiy zarar yetkazish);
- ma'muriy (mayda bezorilik, yoilarda harakatlanish qoidalarini buzish va hk.); intizomiy (ishga kelmaslik, kech qolish);
- jinoiy, ya’ni jinoyatlar (odam oldirish, o ‘g‘rilik, militsiya xodimiga qarshilik ko‘rsatish va boshqalar). Huquqbuzarlikning turiga qarab davlat majburlov choralari ham o ‘zgarib turadi. Ularning eng ogirlari jinoyat sodir etilganda qollaniladi22.
Yuridik javobgarlik, ijtimoiy javobgarlikning boshqa shakllaridan farqli ravishda, doimo huquq normalariga asoslanadi va davlat majburlov normalari bilan bogiiq boiadi. Yuridik javobgarlik - huquqbuzarning huquq normalariga asoslangan va huquqbuzarlik faktidan kelib chiqadigan qilmishi uchun javob berish va davlat majburlov choralari shaklidagi noxush oqibatlariga chidash majburiyati hamda shunday oqibatlarga haqiqatan duchor boiishidir.
Yuridik javobgarlik belgilari quyidagilardan iborat:
- davlat majburlov choralari bilan uzviy aloqadorlik; - faktik asos - huquqbuzarlik; - yuridik asos - yuridik javobgarlikning huquqiy tartibga solinganligi; - davlat qoralovi bilan bog'liqlik; - huquqbuzar huquqlarmi cheklash bilan bog ‘liq salbiy oqibatlar; - huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan jazo qo'llash; huquqiy prinsiplarga asoslanganlik (qonuniylik, individuallashtirish, tabaqalashganlik va boshqalar). Yuridik javobgarlikning asosi huquqbuzarlik, ya’ni huquq normalarini buzuvchi muayyan harakat yoki harakatsizlikdir. Huquqbuzarlikning har xil turlari turli xil yuridik javobgarlikka olib keladi. Masalan, fuqarolik huquqbuzarligi (majburiyatni bajarmaslik) – fuqaroviy huquqiy javobgarlikka (zararni qoplash, neustoykani to'latishga), m a ’muriy huquqbuzarlik (yo'llarda harakatlanish qoidalarini buzganlik) - m a’muriy javobgarlikka (jarima, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etishga) olib keladi. Jinoiy huquqbuzarlik, ya’ni jin o y at esa jinoiy javobgarlikka olib keladi (unga nisbatan ozodlikdan mahrum etishgacha boigan jazo qo’llanishi mumkin).
Yuridik javobgarlik ikki asosiy shaklda - sud tartibida va ma’muriy tartibda amalga oshiriladi. Jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning sud tartibi huquqbuzarga nisbatan faqat vakolatli davlat organi nomi bilan sud tomonidan jazo qo‘llanilishini bildiradi. Ushbu sud tartibi fuqaroviy-huquqiy javobgarlik uchun xos, jinoiy javobgarlik uchun esa majburiydir.
Yuridik javobgarlikning ikki turi farqlanadi: jarima yoki jazo; huquqni tiklovchi javobgarlik. Jarima jazosi m a’muriy yoki intizomiy xato jinoyatlar uchun qo'llaniladi. Javobgarlikning ushbu turiga xos xususiyat shundan iboratki, u faqat protsessual shaklda amalga oshiriladi hamda tegishli vakolatlarga ega davlat organlari va mansabdor shaxslarning hujjatlari bilan belgilanadi.
4. Huquqqa «sotsiologik» yondashuv - ijtimoiy hayotning o`sishini ta`minlash vositasi Huquqqa «sotsiologik» yondashuv XIX asrning ikkinchi yarmida «erkin huquq» maktabi doirasida shakllangan. Ovrupoda bunday yondashuvning namoyandalari Erlix, Jeni, Muromtsev va boshqalardir. Huquq normalari ijtimoiy taraqqiyot talablariga javob bermay qolgan sharoitda vujudga keldi va rivojlandi. Mazkur yondashuv quyidagi g`oyalarga asoslanadi:
1. Huquq tabiiy huquqlarda ham emas, qonunlarda ham emas, balki qonunlarni hayotga tadbiq etishda ifodalanadi.
2. Huquq - yuridik xatti-harakatlar, yuridik amaliyot, huquqiy tartibot, qonunlarning qo`llanishidir. Huquq bu huquqning sub`ektlari - jismoniy va yuridik shaxslarning amaliy xulq-atvorlaridir.
Bu nazariyaning boshqacha nomi «jonli huquq» nazariyasidir.
3. «Jonli huquq»ni dastavval sudyalar o`zining yurisdiksion faoliyatida yaratadi. Ular «qonunlarni» huquq bilan to`lg`izadi va sudyalar huquq ijodkorligi faoliyatini amalga oshiradi23.
Huquqni «sotsiologik» tushunish o`ziga xos ijobiy va salbiy jihatlarga ega.
Ijobiy jihati shundan iboratki, birinchidan huquqni bunday tushunish huquqning hayotga tadbiq etilishiga asoslanadi.