Huquqning kelib chiqishiga doir nazariyalar . Davlat kabi huquqning kelib chiqishi to'g'risida ham turli nazariyalar mavjud.
1. Tabiiy huquq nazariyasi - huquq nazariyalarining eng qadimiylaridan biri. Uning vakillari huquqning o‘zida adolatningmutlaq, o'zgarmas ibtidosini mujassam etganligidan kelib chiqadilar. Huquq tabiatan mavjud, uni hech kim o‘ylab topmagan, u xuddi insonning o‘zi kabi tabiiydir. Ushbu nazariya tarafdorlari tabiiy huquqni yuridik normalaming yig'indisi ko'rinishidagi huquqqa qarshi qo'yadilar. Tabiiy huquq - davlat intilishi zarur bo'lgan o'ziga xos ideal.
2. Huquqning tarixiy nazariyasi vakillari huquq tarixan paydo bo'lgan va rivojlanadi, deb hisoblaydilar. Yerga ekilgan urug' kabi u xalqning ongida o'sib boradi va adolat, qonunlar shaklida namoyon bo'ladi. Huquq tabiatdan kelib chiqmaydi. U yoki bu xalqning tarixiy hayoti huquqni qanday ko'rinishga keltirsa, u shunday bo'lib qoladi.
3. Huquqning psixologik nazariyasida huquqning kelib chiqishi va rivojlanishini shaxs yoki shaxslar guruhining psixologiyasi bilan izohlanadi. Huquq psixologik yo'nalishlar, turli kechinmalar, hissiyotlar va instinktlarning mahsuli, deb qaraladi.
4. Huquqning sinfiy (marksistik) nazariyasi huquqning sinfiy mohiyatiga urg'u beradi. Bunda huquq hukmron sinf irodasining qonun darajasiga ko'tarilganligi sifatida talqin etiladi. Bu iroda mazkur sinf hayotining moddiy sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi9.
Huquqning funksiyalari. Huquq jamiyat hayotida muayyan funksiyalarni bajaradi. Huquqning funksiyasi deganda, ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish, ularni tartibga solishning asosiy yo'nalishlari tushuniladi.
Huquqning asosiy funksiyalari quyidagilar: tartibga soluvchi, qo'riqlovchi va tarbiyaviy.
Tartibga solish funksiyasi - tegishli ijtimoiy aloqalar hamda munosabatlarni va u yoki bu subyekt faol xulq-atvorining mezonini mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.
Qo‘riqlash funksiyasi - huquqiy muhofaza va yuridik javobgarlik choralarini belgilash, ularni qo'llash va javobgarlikni o'tash tartibini o'rnatishdan iborat.
Tarbiyaviy funksiya - turmushda nimalarni qilish mumkin, nimalar esa taqiqlanadi, u yoki bu vaziyatda qanday harakat qilishlozimligini belgilashdan iborat. Bunda huquq ishontirish metodiga tayanadi, zarur bo‘lganda majburlash metodini, hatto jazolashni ham nazarda tutadi.
2. Huquqni tushunishning umumiy masalalari va ularning amaliy faoliyat uchun ahamiyati Huquq falsafiy va nazariy kategoriya sifatida aniq mazmunga ega bo`lganda muhim vosita sifatida ahamiyatga molik bo`ladi. Huquq nima degan masala bo`yicha istagancha bahs yuritish mumkin, uning kelib chiqishini turlicha talqinqilish, huquqning mohiyati va jamiyatdagi o`rnini aniqlashda turli fikrlar aytish mumkin. Ammo amaliy faoliyatda huquqni bir xil tushunish, bir xil nuqtai nazar, bir xil aniqlik nuqtasini belgilash zarur bo`ladi. Darhaqiqat, agar fuqarolar huquqqa asoslanib harakat qilsa, agar yurist-amaliyotchi masalani to`g`ri hal qilish uchun huquqqa murojaat qilsa, fuqarolar yoki mansabdor shaxslar xatti-harakatini aniqlash, huquq to`g`risida umumiy aniq tushuncha zarur bo`ladi.
Huquqni tushunish turlicha bo`lganda barqarorlikni ta`minlash va ijtimoiy aloqalarni tartibga solish bo`yicha u o`z qadrini yo`qotgan bo`lar edi. Huquqni tushunishdagi aniqlik - ijtimoiy munosabatlarda tartib va muayyanlikning dastlabki talabidir.
Dunyoning turli qismlarida, turli davlat guruhlarida yoki alohida olingan mamlakatlarda o`zining huquq tizimi tarixan shakllangan. Muayyan tomon, zamon va rivojlanish shart-sharoitlari, u yoki bu xalqlarning huquq manbalari ob`ektiv tarzda shakllangan. Shu bilan birga har bir zamonning muayyan qismida, har bir alohida vaziyatda huquq haqidagi tasavvurlarda yagona yondashuvga erishish bo`yicha kelishuv yuz bergan.
Mavjud dunyo huquqiy tizimlari va huquqiy oilalari buni yaqqol tasdiqlaydi. Agar davlatlarning huquq tizimi bir-biriga yaqin bo`lsa, fuqarolar bir davlatdan ik-kinchisiga o`tganda tez moslashadi, yuristlar hech qiynalmay sudlov faoliyatini amalga oshirishda qatnashadi. Huquqni yagona tarzda tushunish turli mintaqa xalqlarini bir-biriga yaqinlashtiradi.
Nima uchun huquqiy davlat qurayotgan O`zbekiston davlatida ham boshqa davlatlardagi kabi huquqni tushunishda turli xil yondashuvlar mavjud? Albatta, O`zbekistonda hozirgi paytda hech kim ataylab huquqni tushunishni chalkashtarayotgini, xaspo`shlayotgini yo`q. Tarixda huquqni tushunishda shunday hshatlar ham ro`y bergan. Rasman huquq deb hisoblangan qoidalar, me`yorlar etarli foydalanilmay, qo`llanilmay qolgan. Jamiyat, uning quyi va yuqori tabaqalari o`z davlat qonunlari bilan chiqishmay qolganda, Ya`ni mazkur qonunlar yo`qsullarga ham, hokimiyat sohiblariga ham ogar yukka aylangan hollarda yozma huquq o`z qadrini yo`qotgan, qonuniylik inqirozga yuz tutgan.
Huquqqa nisbatan turli xil yondashuvlar jamiyatni demoqratlashtirish bilan, xususan fikrlar xilma-xilligini e`tirof etish bilan muvofiqlashadi.
Turli xil kuchlar, ijtimoiy harakatlar, partiyalar hayotga, umuman tizimimizga, xususan huquqqa doir ham o`z nuqtai nazarlari, qarashlariga ega bo`lishi tabiiy, albatta. O`zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishuvi, marksizmning mafkuraviy kishanlaridan xalos bo`lishi tufayli avval burjua huquq tizimi deb bepisand qarab kelingan huquq tizimlaridan ham bugungi kunda foydalanish imkoniyatlari ochilmoqda. Xususan, huquqning huquqiy davlatni barpo etish muhim quroli ekanligi O`zbekistonda tan olindi va bu borada ibratli ishlar qilinmoqda. Huquq huquqiy dav-lat barpo etish yo`nalishlarini belgilab bermoqda. Qonun ustuvorligi, davlat hokimiyati hujjatlarining huquqqa muvofiqligi ta`minlanmoqda.
Huquqiy davlatni shakllantirish jarayonida huquq va uni to`g`ri tushunishning amaliy ahamiyati yaqqol namoyon bo`ladi. Nimani muhofaza qilish, nimaga bo`ysunish, nimaga itoat etmaslik - bu masalalar har bir amaliyot xodimining qarshisida turgan masaladir.
Davlat va huquq nazariyasi o‘z mavzusini tahlil etish chog‘ida falsafaning «munosabat», «erkinlik», «jarayon», «funksiya», «butun va qism», «sistema», «evolyutsiya», «taraqqiyot», «aloqadorlik», «mohiyat», «shakl» kabi tushuncha va kategoriyalaridan keng foydalanadi10.
Umumiy qoida sifatida aytish mumkinki: huquqni qo`llovchilar va oddiy fuqarolar uchun yuridik kuchga ega bo`lgan qonunlar va unga asoslanib chiqariladigan hujjatlar g`oyat zarur. Huquq ijodkorlari, qonun ijod qiluvchilar uchun huquq masalasi juda muhim.
Yuridik adabiyotlarda huquqqa turli xil yondashuvlar bayon etilgan bo`lib, ularda huquqning turli jihatlari xususida fikrlar bildirilgan. Huquqni mukammalroq bilish„tasavvur qilish uchun uning turli xil ta`riflarini bilish, tahdid qilish nihoyatda muhim ahamiyatga molik. Ammo amaliy faoliyat uchun huquqni tushunishda bir xillikka erishish lozim.
Huquq ijtimoiy norma
Jamiyatda normalarning ikki tizimi mavjud: texnikaviy va ijtimoiy. Texnikaviy normalar «inson — mashina» munosabatlarini tartibga soladi. Agar texnikaviy normalar bajarilmasa, Chemobil atom elektr stansiyasidagi kabi falokat sodir bo'lishi mumkin. Ijtimoiy normalar - odamlar va ularning birlashmalari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalari boiib, ular «inson — inson» munosabatlarini tartibga soladi. Ijtimoiy normalarning turlariga quyidagilar kiradi: axloq normalari, jamoat birlashmalari normalari, milliy urf-odatlar, xalqlarning odatlari, an’ana normalari, siyosiy hayot normalari, huquq normalari, diniy normalar.