Mundarija kirish I bob. Huquq tushunchasi haqida



Yüklə 72,43 Kb.
səhifə12/12
tarix11.10.2023
ölçüsü72,43 Kb.
#154034
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Huquq kurs jumisi-1

Ikkinchidan, huquq shakllariga nisbatan ijtimoiy munosabatlar ustuvorligi tan olinadi.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashni tan oladi, boshqaruvni markazlashtirmaslik tarafdori.
Huquqni sotsiologik tushunishning salbiy jihatlari:
- agar huquqni qonunlarni hayotga tadbiq etish, real huquqiy tartibot deb tushunsak, huquqiy va huquqqa xilof xatti-harakatlarni belgilash mezonlari yo`qoladi, chunki huquqni hayotga tadbiq etish qonuniy va g`ayriqonuniy bo`lishi mumkin;
- huquq ijodkorligining faqat sudyalar va ma`muriyatchilarga yuklab qo`yilishi ayrim mansabdor shaxslar tomonidan oshkora zo`ravonlik va o`z vakolatlari doirasidan chetga chiqish, ishonchni suiiste`mol qilish xavfini kuchaytiradi.
Bizning sharoitimizda mansabdor shaxslarning qonunni chetlab o`tishi, qonun talablarining aksini qilgan holda o`z manfaatlarini qondirish hollari uchrab turadi. Agar huquqni sotsiologik tushunish hukmron bo`lsa, undaylarning faoliyati qonuniy bo`lib qoladi va huquq bilan, qonun bilan hech qanday bog`liq joyi qolmaydi. Mansabdor shaxslarga, ayniqsa militsiya xodimlariga «faqat qonun yo`l qo`ygan barcha xatti-harakatga ijozat beriladi» tamoyili ko`proq, ishonchliroq samara beradi.
Sotsiologik yondashuv tadqiqotchilar va qonun chiqaruvchi idora uchun yaxshi samara berishi mumkin. Huquqni bilish, foydali va samarali qonunni ishlab chiqish uchun amaldagi qonunchilikni o`rganish zarur. Hayotga tadbiq etilgan yozma huquq normalarini o`rganish ularni takomillashtirishning eng ma`qul yo`lidir. Hayotga tadbiq etilgan huquq - ijtimoiy munosabatlarni qonun bilan tartibga solishdagi nuqson va kamchiliklarni aniqlash manbaidir.
Huquq haqida ta`limotlar
Huquqqa yondashuvda ayrim olimlar huquqiy normalar va huquqiy munosabatlar bilan birga huquqiy ongi ham huquq tushunchasiga kiritadilar. Shu bois huquqning psixologik nazariyasi kelib chiqisi, u fanda va amaliyotda mustaqillikka da`vogar bo`lsa-da, aslida huquqiy realizm g`oyalari va boshqa nazariyalar bilan bog`liqlikda yashab kelmoqda.
Mazkur nazariya XX asrda mantiqiy to`la shakllangan bo`lib, Petrajitskiy, Ross, Reysner va boshqalar bu nazariyaning Ovrupodagi namoyandalaridir. Mazkur nazariyaning asosiy g`oyalari:
1. Inson psixikasi (ruhiyati) - ijtimoiy taraqqiyot -jamiyat, davlat, huquq, axloqning rivojlanishini belgilovchi omil;
2. Huquq tushunchasi va mohiyati qonun sohibi faoliyati orqali emas, psixologik qonuniyatlar - huquqiy ehtiroslar (imperativ-atributiv xarakter), Ya`ni nimagadir huquqiy vakolat (atributiv norma), nimadir qilish burchi (imperativ norma) majmui orqali kiritiladi deb hisoblaydi;
3. Barcha huquqiy his-tuyg`ular ikkiga - ijobiy (davlat tomonidan o`rnatiladigan) va intuitiv (shaxsiy) huquq his-tuyg`ulariga bo`linadi. Intuitiv huquq inson xulq-atvorining haqiqiy tartibga soluvchisi bo`lib, «haqiqiy» huquq sifatida qaralishi kerak24.
Mazkur nazariyaning ijobiy jihatlari:
- birinchidan, huquqni tushunishda iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan birga psixologik jarayonlarga ham e`tiborni qaratadi. Bu ijtimoiy psixologiyani hisobga olmay, individning psixologik tuzilishini inobatga olmay turib qonunlar chiqarish mumkin emasligini bildiradi;
- ikkinchidan, jamiyat huquqiy tizimvda, huquqiy tartibga solishda huquqiy ongning o`rni va ahamiyatini oshiradi;
- uchinchidan, inson huquqlarining manbaini qonunlardan emas, inson ruhiyatidan qidiradi.
Salbiy jihatlari:
- haddan ziyod psixologik omillarga katta e`tibor berib, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillarga e`tiborni susaytiradi;
- intuitiv huquqning haqiqiy deb hisoblanishi bilan huquqni davlatdan ajratadi, huquqiy, huquqqa xiloflik, qonuniy va g`ayriqonuniylik o`rtasidagi farqni, mezonni yo`qotadi25.
Sobiq sovet huquq nazariyasida huquqqa psixologik yondashuv sub`ektiv idealizmga olib keluvchi nazariya sifatida rad etilgan edi. Biroq, sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agar proletar davlatining manfaatlari talab qilsa, sud`yalar huquqiy ongga murojaat qilishi dekretlarda tan olingan edi. Amalda esa, sotsialistik huquqiy ongga asoslanib, joyida otib tashlash intuitiv huquqi keng miqyosda qo`llanildi. Buning salbiy oqibatlari hammaga ma`lum.
Biroq, huquqqa psixologik yondashuv nazariyasining asoschisi L.I.Petrajitskiy huquqni ob`ektiv va sub`ektiv, intuitiv va pozitiv, rasmiy va norasmiy turlarga bo`lib tushuntiradi. Yuridik amaliyotda, xususan qonunchilik va huquqni qo`llash amaliyotida psixologik nazariya xulosalaridan samarali foydalanish mumkin. Huquq normalari hara-katining psixologik mexanizmini bilish nihoyatda muhim, chunki bu huquqni qo`llashda huquqni qo`llovchining kasbiy mo`ljallarining to`g`ri va aniq bo`lishi, huquqni qo`llash motivlarining asosli bo`lishi imkonini beradi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Huquq normalarining mazkur tarkibiy qismlari barcha huquq normalarida ham mavjud emas. Masalan, konstitutsiyaviy huquq normalarida odatda hech qanday shartlarsiz amal qiladigan va majburlov choralari nazarda tutilmagan qoidalar bayon etiladi. Fuqarolik huquqining ko'pchilik qoidalarida sanksiyani ajratib ko'rsatish mumkin emas. Jinoyat huquqi normalari dispozitsiya va sanksiyadan tashkil topgan. Lekin ularda normaning matnida ajratib ko'rsatish mumkin bo'lgan gipotezalar yo'q.


Shunday qilib, huquq normasi quyidagilarni belgilab beradi:
- kim, nimani va qachon qilishi kerakligini (gipoteza);
- huquqiy normaning ma’no-mazmunini (dispozitsiya);
- huquq normasi bajarilmasligining oqibatlari qandayligini (sanksiya).
Ta’kidlash kerakki, barcha huquq normalari ham uchala tarkibiy qismga ega emas. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konsti- tutsiyasining normalari faqat gipoteza va dispozitsiyaga ega. Sanksiyalar esa Konstitutsiya normalarini aniqlashtiruvchi qonunlar, kodekslar va shu kabilarda ifodalangan.
Huquq normalari talablarining O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijliklar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uchun majburiyligi huquqning umumiy prinsipi hisoblanadi. Lekin istisnolar ham mavjud. Masalan, «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g‘risida»gi qonunning talablari faqat O'zbekiston fuqarolariga tegishlidir. «Referendum to‘g‘risida»gi qonunga binoan referendumda faqat O'zbekiston Respublikasining fuqarolari qatnashishi mumkin.
Huquqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi

Adabiyotlar ro’yxati:



  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. - Т.: «O‘zbekiston», 2001..

  2. Аflotun. Qonunlar. Toshkent. «Yangi asr avlodi», 2002.

  3. Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2007

  4. Davlat va huquq nazariyasi. Professorlar H.Boboyev va Х.Оdilqoriyevlarning tahriri ostida. – T., 2000.

  5. Davlat va huquq nazariyasi. Ikki jildli. 1-jild. – T., 2001

  6. Davlat va huquq nazariyasi Prof. Х.T. Оdilqoriyev tahriri ostida – T., 2009

  7. Оdilqoriyev Х.T. Yuridik fanlarning ijtimoiy vazifasi va rivojlanish istiqbollari // Yuridik fanlarni rivojlantirishning dolzarb muammolari. – T., 2006.

  8. Saidov А., Tadjiхanov U. Davlat va huquq nazariyasi. 1-jild. Davlat nazariyasi. – T., 2001

  9. Гумплович Л. Общее учение о государстве. СПб., 1910.

  10. Петражицкий Л.И. Теория права и государства в связи с теорией нравственности. – СПб. 1909. – 1 tom.

  11. Теория государства и права / Под ред. проф. Н.И.Матузова и А.В.Малько. – М.: Юристъ, 2000

  12. Теория государства и права / Под ред. В.М.Корельского и В.Д.Перевалова. – М., 1998

  13. Макиавелли Н. Государь. Пер. с англ. – М., 1990

  14. Марченко М.Н. Теория государства и права. – М., 2008.

  15. Кейзеров Н.М. Власть и авторитет. – М., 1973

  16. Спенсер Г. Основание социологии. – СПб., 1908.

  17. Трубецкий Е.Н. Лекции по энциклопедии права. – М., 1917.

  18. Раянов Ф.М. Проблемы теории государства и права (юриспруденция).- М., «Право и государство», 2003,

  19. Цицерон М.Т. О государстве // Мухаев Р.Т. Хрестоматия по теории государства и права, политологии, истории политических и правовых учений. – М., 2000

  20. Проблемы общей теории права и государства. – М., 2008.

  21. Проблемы общей теории права и государства. Под общ.ред. академика В.С. Нерсесянца. – М.: «Норма», 2008.

  22. Правовой эксперимент и совершенствование законодательства. – М., 1988

1 Хalq so‘zi, 2017-yil 8-fevral.

2 Davlat va huquq nazariyasi. Ikki jildli. 1-jild. – T., 2001. – 8-bet.

3 Проблемы общей теории права и государства. Под общ.ред. академика В.С. Нерсесянца. – М.: «Норма», 2008. – 3-4-betlar

4 Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2007. – 14-bet.

5 Проблемы общей теории права и государства. – М., 2008. – 11-bet.

6 Davlat va huquq nazariyasi // professorlar H. Boboyev va H. Оdilqoriyevlarning umumiy tahriri ostida. – T., 2000. 12–13-betlar.

7 Теория государства и права / Под ред. проф. Н.И. Матузова и А.В. Малько. – М.: Юристъ, 2000. – 26-bet.

8 Saidov А., Tadjiхanov U. Davlat va huquq nazariyasi. 1-jild. Davlat nazariyasi. – T., 2001. 27-bet.

9 Правовой эксперимент и совершенствование законодательства. – М., 1988. – 26-bet.

10 Марченко М.Н. Теория государства и права. – М., 2008. – 28-bet.

11 Оdilqoriyev Х.T. Yuridik fanlarning ijtimoiy vazifasi va rivojlanish istiqbollari // Yuridik fanlarni rivojlantirishning dolzarb muammolari. – T., 2006. – 110-bet.

12 Теория государства и права / Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М., 1998. – 27–28-betlar.

13 Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2007, 60-bet.

14 Раянов Ф.М. Проблемы теории государства и права (юриспруденция). – М., «Право и государство», 2003, – C. 83.

15 Теория государства и права / Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М., 1998. C. 34–35.

16 Аflotun. Qonunlar. Toshkent. «Yangi asr avlodi», 2002. – 75–76-betlar.

17 Гумплович Л. Общее учение о государстве. СПб., 1910. – 47-bet.

18 Davlat va huquq nazariyasi. Professorlar H. Boboyev va Х. Оdilqoriyevlarning tahriri ostida. – T., 2000. – 60–61-betlar

19 Спенсер Г. Основание социологии. – СПб., 1908. – 17–20-betlar.

20 Трубецкий Е.Н. Лекции по энциклопедии права. – М., 1917. – 212–226-betlar.

21 Davlat va huquq nazariyasi Prof. Х.T. Оdilqoriyev tahriri ostida – T., 2009. – 47–50-betlar.

22 Петражицкий Л.И. Теория права и государства в связи с теорией нравственности. – СПб. 1909. – 1 tom. – 84-bet.

23 Цицерон М.Т. О государстве // Мухаев Р.Т. Хрестоматия по теории государства и права, политологии, истории политических и правовых учений. – М., 2000. – 74-bet.

24 Макиавелли Н. Государь. Пер. с англ. – М., 1990. – 29–30-betlar.

25 Кейзеров Н.М. Власть и авторитет. – М., 1973. – 38-bet.


Yüklə 72,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin