Mundarija kirish I bob. Huquq tushunchasi haqida



Yüklə 72,43 Kb.
səhifə2/12
tarix11.10.2023
ölçüsü72,43 Kb.
#154034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Huquq kurs jumisi-1

Kurs ishining vazifalari:

  • Huquqiy ta’limning – barkamol avlodni shakllantirishdagi roli haqida ma’lumot berish;

  • Huquqni tushunishning umumiy masalalari va ularning amaliy faoliyat uchun ahamiyatini o’rganish;

  • Huquqiy savodxonlikni ta’minlashda huquqiy ta’limni bayon etish;

  • Huquqiy ta’limga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish:

Kurs ishining ob’ekti: Huquq haqida tushinchani oshirishdagi ahamiyatini
aniqlash va huquqiy ta’limda foydalanishda umumta’lim maktab o’quvchilari.
Kurs ishining predmeti: Huquq haqida tushinchani oshirishdagi ahamiyatini aniqlashni huquqiy ta’limdagi pedogogik jarayoni.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikkita bob, to’rtta paragraf, har bir bob yuzasidan xulosalar, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


1. Huquq tushunchasi va mohiyati
"Huquq" iborasi kundalik hayotimizda ko`p qo`llaniladigan tushuncha bo`lib, "haq", "haqiqat" so`zlaridan olingan. Huquq hozirgi kunda quyidagi ma`nolarda qo`llaniladi: birinchidan, muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqi. Masalan, fuqaro Ahmedovning ilm olish huquqi.
Ikkinchidan, huquq hamma uchun majburiy bo`lgan, davlat tomonidan o`rnatilgan va bajarilishi ta`minlangan, muhofaza qilinadigan qoidalar, me`yorlar majmuidir.
«Fan – tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g‘risidagi tushunchalarda, kategoriyalar­da, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimidir. Har bir fan o‘ziga xos obyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»2.
Masalan, Fuqarolik kodeksi – mulkiy vas haxsiy xususiyatga ega nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi davlat tomonidan belgilangan, umummajburiy qoida, me`yorlar majmuidir.
Uchinchidan, huquq ijtimoiy fan sohalaridan birining nomi bilan bo`lib, davlat va huquq haqidagi ilmlarni o`zida mujassamlashtiradi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq, fani, fuqarolik huquqi fani, jinoiy huquq fani.
Aflotun va Arastu fanga siyosiy huquq tushunchasini kiritgan va uni tabiiy hamda shartli huquqlarga ajratgan. "Siyosiy huquq – tabiiy huquq va shartli (insonlar xohish-irodasi bilan o`rnatiladigan) huquq" qismlaridan iborat. Tabiiy huquqtan olish yohud tan olmaslikdan qat`iy nazar hamma joyda bir xil ahamiyatga ega bo`lgan qoidalardir. Shartli huquq – insonlar tomonidan ularning xohish-irodasiga ko`ra o`rnatilgan qoidalar majmuidir.
N.Kant huquqni "qat`iy imperativ" deb ataydi va uni insoniy holatlarga ham tarixiy davrlarga ham, tajribalarga ham bog`liq bo`lmay mutlaqlik xususiyatiga ega deb hisoblagan. Kantning "qat`iy imperativ" "shunday xatti-harakat qilginki, sening xatti-harakat qoidalaring barcha uchun umumiy bo`lmay qolmasin", degan talabga asoslanadi. Inson qat`iy imperativga amal qilishda erkin bo`lgandagina huquq haqida so`z yuritish mumkin deb hisoblaydi Kant. Qat`iy imperativ asosda birovning boshqalarga nisbatan zo`rovonlik qilishini cheklaydigan normalar huquqni tashkil etadi. Tabiiy qonunlar asosida birovning boshqalarga nisbatan zo`ravonlik qilishini cheklovchi normalar majmuasi huquq deyiladi.
Kantning fikricha, huquq tabiiy, isbot talab qilmaydigan qoidalar majmuidir, ikkinchidan, huquq qonun sohibi erki-irodasini ifodalovchi ijobiy qoidalar yig`indisidir, uchinchidan, huquq - adolatni amalga oshirish qoidalaridir.
Qadimgi Rim mutafakkirlari huquqni yaxshilik, halol yashash, har kimga o`ziga munosibini berish, o`zgalarga zarar etkazmaslik, ezgulik va adolat san`atidir, deb ta`riflaydi.
Sharq mutafakkiri, qomusiy olim Abu Nasr al-Forobiy huquqni fozil kishilarning haqiqiy baxtga erishish vositasi deb tushungan. Huquq, uning fikricha, mamlakatda tinchlikni ta`minlash, xavfsizlikni ta`min etish, taraqqiyotga shart-sharoit yaratish, ijodiy mehnatga imkon yaratish vositasidir. Huquq - ehtiroslarni jilovlash vositasidir. Huquq - insonni asrash, avaylash qurolidir.
Yuridik adabiyotlarda huquqqa turlicha ta`rif berilgan: «Huquq - bu davlat tomonidan o`rnatiladigan yoki ma`qullanadigan va qo`riqlanadigan, hamma uchun majburiy bo`lgan yashash qoidalaridir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyatordir»3.
Ikkinchi fikr: «Huquq - ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va qonunlarda ifodalangan adolat va erkinlik g`oyalariga tayanuvchi normativ qoidalar tizimi», - deb ta`riflaydi.
Uchinchi fikr: «Huquq - davlat tomonidan belgilangan yoki ruxsat etilgan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalari tizimi»dir, -deb hisoblaydi.
Huquqni zamon talablari asosida to`g`ri tushunish amaliy faoliyat uchun g`oyat muhim va zarurdir. Shu bois huquqqadavlat arboblari ham katta e`tibor berib, uni tushunishga o`z munosabatlarini ifodalaydilar. Xususan, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov huquqqa shunday ta`rif bergan: «Huquq ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi»4dir.
Huquq ko`p qirrali tushuncha, bir ta`rifda uning hamma jihatlarini qamrabolishning imkoni yo`q. Shunday bo`lsa-da, huquq tushunchasini tashkil etuvchi quyidagi asosiy belgilarni ko`rsatish mumkin:
1) Huquqning barcha uchun majburiyligi;
2) Huquqning qonun va boshqa aniq shakllarda ifodalangan bo`lishi;
3) Huquqning davlat tomonidan o`rnatilishi, muhofaza qilinishi;
4) Huquqning ijtimoiy tartib-intizom, erkinlik, adolatparvarlik, tenglikni ta`minlash vositasi ekanligi;
5) Huquqning sub`ektiv va ob`ektiv huquqlarga bo`linishi va sub`ektiv huquqlar orqali harakat qilishi;
6) Huquq ehtiroslarni jilovlash vositasi ekanligi.
Mazkur belgilarning majmui huquq haqida to`laroq tushunchaga ega bo`lish imkonini beradi.
Huquqning mohiyatiga kelsak, huquqning insoniyat uchun xizmat qilishi bilan belgilanadi. Demak, huquqning mohiyatini aniqlash uchun uning kimga xizmat qilishini, kimning irodasini ifodalashini aniqlash zarur.
Tabiiy huquq nazariyasi (huquqqa falsafiy yondashuv)
Huquqni tushunishga falsafiy yondashuv nazariya sifatida XVII-XVIII asrlarda to`la mantiqan shakllandi. Uning namoyandalari Gobbs, Lokk, Radishchev va boshqalardir.
Mazkur nazariyaning asosiy g`oyalari:
- ijobiy huquq, Ya`ni davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda insonga tug`ilishidanoq berilgan oliy, haqiqiy, «tabiiy» huquq mavjud. Har qanday qonun ham huquqiy bo`lmasligi mumkin;
- huquq va axloq aynanlashtiriladi, (mazkur nazariya namoyandalarining fikriga ko`ra) adolat, haqiqat, ozodlik, erkinlik, tenglik kabi axloqiy tushunchalar huquqning o`zagini tashkil etadi va huquq ijodkorligi hamda huquqni qo`llash jarayonini belgilab beradi;
- inson huquqlarining manbai qonunlarda emas, inson tabiatida bo`lib, unga tug`ilishdan yoxud xudoning amri bilan ega bo`lish mumkin.
Huquqni tushunishning tabiiy huquq nazariyasi quyidagi ijobiy jihatlarga ega:
- birinchidan, nazariyalar orasida eng ilgori bo`lib, yangi erkin davlat tuzumi yaratilishiga asos bo`ldi;
- ikkinchidan, qonunlar huquqiy bo`lmasligi mumkin, agar qonunlar insonning tabiiy huquqlariga zid kelsa, ularni inkor qilsa, adolat, haqiqat, erkinlik, tenglik me`yorlari buziladi;
- uchinchidan, inson huquqlarining manbai tabiat yoxud Olloh deb tan olinadi. Shu bois davlat tuzilmalari va mansabdorlar tomonidan zo`ravonlik qilishning, suiiste`mollarning oldini olish imkoni yaratiladi.
Huquqni bunday tushunish ham o`ziga xos salbiy jihatlarga ega bo`lishi mumkin.
Xususan:
1. Huquqni mavhum axloqiy qadriyat sifatida tushunish uning shaqliy-yuridik xususiyatlarini susaytiradi, qonuniy va qonunga xilof harakatlar mezonini har xil odamda har xil bo`ladigan erkinlik, adolat, haqiqat to`g`risidagi tasavvurlarga qarab belgilashda qiyinchiliklarga olib keladi.
2. Huquqni bunday tushunish huquq bilangina emas, huquqiy ong bilan ham ko`proq bog`liq bo`ladi. Huquqiy ong esa turli xil odamlarda turlicha bo`ladi5.
Huquqni bunday tushunishga O`zbekistonda ham alohida e`tibor berilmoqda. O`zbekiston davlatining qonunlari ham insonning tabiiy huquqlarini, adolat, haqiqat, ozodlik, mustaqillik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda belgilamoqda.
Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi ajdodlarimiz ham huquqni tabiat yoxud Olloh tomonidan insonlarga berilgan imkoniyatlar majmui deb tushunganlar.
Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv
Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida mantiqan shakllandi. Uning asosiy namoyandalari Gugo Grotsiy, Savini, Puxta va boshqa olimlardir.
Mazkur nazariyaning asosiy g`oyalari:
1) Huquq - tarixiy hodisa bo`lib, til kabi faqat biror kishining kelishuvi yoki kimningdir ko`rsatmasi bilan emas, muayyan tarixiy sharoitda kelib chiqadi va rivojlanadi.
2) Huquq - dastavval huquqiy odatlar (yuridik oqibatlar keltirib chiqaruvchi, tarixan shakllangan xulq-atvor qoidalari)dir. Qonunlar «milliy ruh», «xalq ongi» zamirida huquqdan kelib chiquvchi qoidalar majmuidir.
3) Bu nazariya namoyandalari inson huquqlarini inkor etib, yirik er egaligi hukmron bo`lgan vaqtda insonning tabiiy huquqlarini tan olishi mumkin bo`lmagan6.
Huquqni tarixiy tushunish nazariyasining ham o`ziga xos kamchiliklari yo`q emas:
- bu nazariya yirik er egaligi tuzumi inqirozga uchragan bir paytda tabiiy huquq nazariyasiga qarama-qarshi nazariya sifatida eski tuzumni saqlab qolish niyatida vujudga kelgan;
- huquqiy odatlarning ahamiyatini qonunlardan ustun qo`yishga harakat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida huquqiy urf-odatlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining huquqiy hujjatlarisiz ojizlik qilib qoladi.
Huquqni sinfiy tushunish
Huquq nazariyasi huquqni markscha tushunishni bunday ta`riflaydi: birinchidan, huquq sinfiy hodisa bo`lib, hukmron sinfning qonun darajasida ifodalangan irodasidir.

Yüklə 72,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin