Mundarija kirish I bob. Huquq tushunchasi haqida



Yüklə 72,43 Kb.
səhifə5/12
tarix11.10.2023
ölçüsü72,43 Kb.
#154034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Huquq kurs jumisi-1

Axloq normalari - ezgulik va yovuzlik, sha’n, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik, burch va m a s ’uliyat haqidagi axloqiy tushunchalarga muvofiq ravishda jamiyatda o'rnatilgan xulq-atvor qoidalari.
Jamoat birlashmalarining normalari - jamoat birlashmalarining o'z faoliyatini tartibga solish va tashkilotlarning a ’zolari o'rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun o'rnatgan xulq-atvor qoidalari.
Odat normalari - kishilarning ko'p marta takrorlanganligi uchun odatga aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga o'tib kelayotgan xulq-atvor qoidalari.
An’ana normalari- ilg'or an’analarni asrash munosabati bilan yuzaga kelgan umumlashgan va barqaror xulq-atvor qoidalari.
Marosim normalari - kishilarning m a’lum rasm-rusumlarni bajarishdagi xulq-atvor qoidalari.
Diniy normalar - dindorlarning xudoga, machitga, cherkovga, bir-biriga munosabatini, diniy birlashmalarni tashkil qilish va ularning amal qilishini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari.
Siyosiy normalar - alohida shaxslar va siyosiy birlashmalarning hokimiyatga munosabati masalalarini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari.
Huquq normalari - davlat tomonidan belgilanadigan umum- majburiy xulq-atvor qoidalari11.
Tabiiyki, ijtimoiy normalarning mazkur ro'yxati to'liq emas.Huquq normalarining boshqa ijtimoiy normalardan farqini huquq normalari va axloq normalarini taqqoslash orqali ko'rsatib beramiz.
Huquq normalarining belgilari va tuzilishi. «Norma» so'zi lotinchadan tarjima qilinganda «qoida», «namuna» ma’nosini anglatadi.
Huquq normasi - davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq- atvor qoidasi.
Huquq normasi umumiy xulq-atvor qoidasi sifatida:
- hayotiy munosabatlardagi tipik, takrorlanib turadigan narsalarni umumlashtirish zarurati natijasida shakllanadi;
- shaxsi aniqlanmagan va ko‘p marta qoilashga moijallangan bo'ladi;
- hamisha qandaydir umumiy belgilarga ega bo'lgan shaxslar (harbiy xizmatchilar, vrachlar va hk.)ga qaratilgan bo'ladi.
Huquq normasi davlat bilan uzviy aloqadordir. Huquq normasi:
- davlatning (xalqning) irodasini aks ettiradi;
- davlat tomonidan normativ hujjatlarda shakllantiriladi;
- davlat tomonidan muhofaza qilinadi, zarur bo'lgan hollarda davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi;
- jamiyat va davlat nuqtai nazaridan eng muhim bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaydi.
Huquq normasining asosiy vazifasi - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish. Huquq normasi umummajburiy xususiyatga ega. U huquq tizimidagi birlamchi hujayradir. Huquq alohida normalar, xulq-atvor qoidalaridan tashkil topgan. Ular birgalikda u yoki bu mamlakatning huquqiy tizimini tashkil etadi.
Huquq normasi, tuzilishiga ko'ra, uch tarkibiy qism: gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan tashkil topgan.
Gipoteza - huquq normasining tarkibiy qismi bo'lib, unda norma amal qila boshlaydigan, bajariladigan sharoit bayon etiladi. Misol uchun, pensiya haqidagi qonunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida erkaklarga umumiy mehnat staji 25-yil bo'lganidan so'ng 60 yoshdan, ayollarga esa 20 yillik staj bilan 54 yoshdan boshlab sotsial ta’minot bo'limlari tomonidan pensiya to'lanadi.
Dispozitsiya - huquq normasining shunday tarkibiy qismiki, unda xulq-atvor qoidalarining o'zi ifodalanadi, huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilab beriladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 223-moddasida belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O 'zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan o'tish uchun javobgarlik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi-hukumatning ruxsatisiz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib, yoinki, buning uchun belgilangan chegara punkti orqali o'tmay, davlat chegarasidan noqonuniy o'tishning taqiqlanganligidir.
Dispozitsiya - shu xulq-atvor qoidasining o'zi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq, ota-onalar o'z farzandlarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, m a’naviy va axloqiy kamoloti haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar.
Huquq normasining huquqbuzarga nisbatan qo'llanishi lozim bo'lgan davlat majburlov choralarini belgilaydigan tarkibiy qismi sanksiya deyiladi.

Yüklə 72,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin