Mundarija kirish I bob. Huquq tushunchasi haqida



Yüklə 72,43 Kb.
səhifə8/12
tarix11.10.2023
ölçüsü72,43 Kb.
#154034
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Huquq kurs jumisi-1

Huquqiy odat deb doimiy takrorlanishi natijasida barqaror xulq-atvor normasiga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiqlangan xulq-atvor qoidasiga avtiladi.
Odat insoniyat janvyati rivojlanishining ilk bosqichlaridagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy huquq manbai bo'lgan. Odat asta-sekin normativ hujjat bilan siqib chiqarilgan va almashtirilgan. Shundan keyin u huquqning yuridik manbai bo'lmay qolgan.
Hozirgi vaqtda odatning ahamiyati katta emas. U faqat qonun yetarli bo'lmagan yoki qonunning o'zi odatga havola qiladigan hollardagina saqlanib qolmoqda.
Yuridik pretsedent - huquqning shunday manbaiki, bunda muayyan ish bo'yicha chiqarilgan sud qarori kelgusida shunday ishlarni hal etishda qoidaga aylanishi mumkin.
Yuridik pretsedent ish bo'yicha sud yoki m a’muriy organning qaroriga muayyan normativ (umummajburiy) kuch berishni bildiradi. Bunday qaror kelgusida shun-day ishlarni ko'rib chiqishda majburiy bo'ladi va shu bilan huquqiy tus oladi.
Huquqiy odat va yuridik pretsedent bir qator xorijiy mamlakatlarning huquq tizimida katta ahamiyatga ega, lekin O'zbekiston Respublikasining huquq tizimida qo'llanilmaydi.
Sud pretsedenti Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstriyada huquq manbai hisoblanadi. Bu mamlakatlarning hammasida sud hisobotlari chop etiladi. Ulardan pretsedentlar haqida ma’lumot olish mumkin. Albatta. bu mamlakatlarning har birida sud pretsedenti turlicha qo'llaniladi. Pretsedentni huquq manbai sifatida tan olish. qonun bo'lmagan yoki bo'lgan sharoitlarda ham sudga qonun ijodkorligi vazifasini bajarish imkonini beradi.
Normativ - huquqiy hujjat - vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik hujjati bo'lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o'z ichiga oladi. Barcha normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi belgilar xosdir:
- ular huquqiy normalarni belgilab beradilar, o'zgartiradilar yoki bekor qiladilar;
- ularda belgilangan qoidalarning mazmuni bayon etiladi;
- belgilangan normalarga umummajburiy tus beradi yoki ilgari belgilangan normalarning amalda bo'lishini bekor qiladi.
Normativ shartnoma — huquq manbaining alohida turi bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Normativ shartnomalarda bir qancha subyektlarning irodasi mujassamlanadi, masalan, xalqaro, jamoaviy va boshqa shartnomalarning subyektlari.
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari davlatning qaysi organlari tomonidan qabul qilinganligiga hamda ularning yuridik kuchi katta yoki kichikligiga qarab farqlanadi. Ushbu belgilarga asosan, normativ-huquqiy hujjatlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
Qonun - umumxalq ovoz berishi (referendumi) orqali yoki mamlakatning oliy vakillik organi (parlament) qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjat. Qonunlar orasida Konstitutsiya - davlatning asosiy qonuni — alohida mavqega ega bo'lib, oliy yuridik kuchga egadir. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlarni faqat parlament qabul qilishi mumkin, chunki ularda konstitutsiyaviy tuzum asoslari, insonlar va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari hamda konstitutsiyaga o'zgartishlar kiritish tartib-qoidalari belgilab qo‘yiladi18.
Konstitutsiyaviy qonunlar alohida tartibda qabul qilinadi.
Davlat boshlig'ining normativ hujjatlari. Xususan, bizning mamlakatimizda bu farmon - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga asosan, Prezident chiqaradigan normativ-huquqiy hujjat. Ushbu hujjat Konstitutsiya va qonunlarga hamda O'zbekistonning xalqaro shartnomalariga zid kelmasligi kerak.
Hukumatning qarorlari va farmoyishlari ijro etuvchi hokimiyat organining o'z vakolati doirasida chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlaridir. Ushbu hujjatlar Konstitutsiya asosida qabul qilinib, O'zbekiston qonunlari va Prezidentning normativ farmonlarini amalga oshirishga qaratilgan. Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining buyruq va yo'riqnomalari davlat boshqaruvi organlarining normativ-huquqiy hujjatlaridir. Ular konstitutsiya asosida qabul qilinib, qonunlar, Prezidentning farmonlari hamda hukumat qarorlarini bajarishga qaratilgan.

Yüklə 72,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin