Mundarija kirish I bob. Huquq tushunchasi haqida



Yüklə 72,43 Kb.
səhifə10/12
tarix11.10.2023
ölçüsü72,43 Kb.
#154034
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Huquq kurs jumisi-1

Prezident farmonlari;
- hukumat qarorlari;
- boshqa ijroiya hokimiyat organlarining hujjatlari;
- joylardagi ijroiya organlarning normativ hujjatlari.
Ushbu qonun osti hujjatlari tizimida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari alohida o'rin tutadi, chunki ularni davlat boshlig'i chiqaradi. Ushbu farmonlar normativ xususiyatga ega bo'lishi mumkin. Prezident farmonlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelishi mumkin emas.
O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarorlari xo'jalik va madaniy qurilishning eng muhim masalalari bo'yicha qabul qilinadi. Ular odatda umumiy xususiyatga va huquq normalariga ega bo'lib, huquq manbalari hisoblanadi.
Ayrim hollarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining hujjatlari ushbu organlar tizimidan tashqarida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bunday vakolatlar Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa tashkilotlarda, ayniqsa, kattadir.O'zbekistonda vazirliklar hamda tashkilotlarning fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ hujjatlarni qayd etish davlat tizimi joriy etilgan. Ushbu vazifa O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan.
Huquqiy munosabatlar va ularning tuzilishi
Huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar xususiyatiga ega bo'ladi. Ularning vujudga kelishi uchun yuridik fakt-hodisa (masalan, insonning tug‘ilishi yoki o'lishi, yong'in) yoki harakat (masalan, huquqbuzarlik) mavjud bo’lishi lozim.
Huquqiy munosabatlar deganda, uning ishtirokchilari o'rtasida vujudga keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun uchta omil bo'lishi zarur: huquq normalari; subyektiv huquq va majburiyatlar; yuridik fakt. Faqat birgalikdagina ular huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiradi.
Huquqiy munosabat - uning ishtirokchilari o'rtasidagi haqiqiy yuridik aloqalar bo'lib, ularning o'zaro huquq va majburiyatlarida namoyon bo'ladi.
Huquqiy munosabat, tuzilishiga ko'ra, obyekt, subyekt va mazmun kabi elementlardan iborat.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakati nimaga qaratilgan bo'lsa, shu narsa ushbu huquqiy munosabatlarning obyekti hisoblanadi. Masalan, xaridor sotib olayotgan molini olish huquqiga ega, lekin xarid uchun pul to'lashga majbur. Sotuvchi esa ushbu mol uchun haq olish huquqiga va xaridorga oldi-sotdi talablariga mos keladigan tovarni berish majburiyatiga ega. Sotilayotgan va sotib olinayotgan mol-mulk huquqiy munosabatning obyekti hisoblanadi. Huquq va majburiyatning uzviy aloqadorligi juda ko'p huquqiy munosabatlar uchun xosdir.
Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya’ni huquq va majburiyat egalari ushbu huquqiy munosabatlarning subyektlari hisoblanadi. Chunonchi, quyidagilar subyektlar bo'lishi mumkin: o'zaro munosabatga kirishgan fuqarolar; davlat organlari va munosabatga kirishgan fuqarolar;
- tashkilotlar va munosabatga kirishgan fuqarolar; o'zaro munosabatga kirishgan tashkilotlar; davlat organlari va munosabatga kirishgan tashkilotlar. Huquqiy munosabat subyektlari, avvalambor, jismoniy va yuridik shaxslardir.
Jismoniy shaxslar - ushbu davlat fuqarolari, boshqa davlat fuqarolari (ajnabiylar) va fuqaroligi yo'q shaxslar (apatridlar).
Yuridik shaxslar - tashkilotlar, muassasalar, davlat organlari, davlat. fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari19.
Huquqiy munosabatlarning mazmunini subyektlarning o'z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bo'yicha real harakatlari tashkil etadi. Masalan, oldi-sotdi bo'yicha huquqiy munosabat mazmunini sotuvchining xaridorga narsani haqiqatan berishi va buning uchun xaridorning sotuvchiga haq to'lashi tashkil etadi. Ushbu huquqiy munosabatlar mazmuniga o'zaro d a’volar qilish va ularni qondirish yuzasidan amalga oshirilgan harakatlar (masalan, buyumning sifati, o'lchami va to'lov muddati bo'yicha da’volar) ham kiradi. Shunday qilib, huquqiy munosabatlar subyektlar o'rtasidagi munosabatlarning yuridik shakli bo'lib, uning yordamida davlat qonun talablariga binoan ijtimoiy munosabat ishtirokchilari xulq-atvorini me’yorlab beradi.
Huquqiy munosabatlarda ishtirok etish uchun subyektlar qator yuridik xususiyatlarga ega bo'lishi lozim. Gap, birinchi navbatda, huquqiy layoqat va muomala layoqati to'g'risida bormoqda. Huquq layoqati huquqlarga ega bo'la olish va yuridik majburiyatlarni zimmaga olish qobiliyatidir. Muomala layoqati esa o'z harakatlari asosida huquqlarni amalga oshirish va yuridik majburiyatlarni bajarish qobiliyatidir.
Yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan huquqiy layoqat va muomala layoqati bir vaqtda vujudga keladi hamda ushbu shaxslar o'z faoliyatini boshlagan paytdan boshlab paydo bo'ladi20.
Jismoniy shaxslarning huquqiy layoqati inson tug'ilganda boshlanib, uning vafotidan so'ng to'xtaydi. Muomala layoqati esa yosh va ruhiy salomatlik bilan bog'liq. O'zbekiston qonunlariga binoan, to'liq muomala layoqati fuqaro 18 yoshga to'lganidan so'ng boshlanadi. Lekin ushbu qoidadan istisnolar ham mavjud. Masalan, shaxs jinoiy javobgarlikka 16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 14 yoshdan tortilishi mumkin . Boshqa bir misol: oila kodeksi ayrim hollarda 18 yoshga to'lmasdan turib nikohdan o'tishga ruxsat beradi. Bunday fuqaro nikohdan o'tgan vaqtdan boshlab to'liq muomala layoqatiga ega bo'ladi.
Har bir inson huquqiy munosabatlarga o'zining qandaydir siyosiy, moddiy, m a’naviy va boshqa ijtimoiy manfaatlari va ehtiyojlarini amalda qondirish uchun kirishadi. Ushbu maqsadga subyektiv huquq va majburiyatlar hamda ularni amalga oshirishga qaratilgan yuridik harakatlar yordamida erishiladi. Bularning hammasi jismoniy yoki yuridik shaxs kutgan muayyan natijalarga olib keladi.
Yuridik faktlar - o'ziga xos hayotiy holatlar bo'lib, qonun va huquqiy normalar ularni yuridik oqibatlarning vujudga kelishi, o'zgarishi yoki bekor qilinishi bilan bog'laydi.
Har bir yurist amaliy faoliyatining bosh vazifalaridan biri yuridik faktlarni aniqlash yoki tasdiqlashdir. Busiz qonunlarni to'g'ri qo'llash, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini himoya qilish, nizolarni hal etish, qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish mumkin emas.
Yuridik faktlarni, insonlarning xohish-irodasiga ko'ra, hodisalar va harakatlarga bo'lish mumkin.
Hodisalar insonning xohish-irodasiga bog'liq bo'lmagan holda vujudga keladi. Masalan, tabiiy ofatlar, bolaning tug'ilishi, uning muayyan yoshga yetishi, insonning vafot etishi, muddatning o'tishi va hk. Aytaylik, insonning vafot etishi merosning ochilishini vujudga keltiradi hamda huquqiy layoqatni tugatadi. Mol-mulkning nobud bo'lishiga olib keladigan, yong'in, suv toshqini - mol-mulk sug'urta qilingan bo'lsa - sug'urta pulini to'lash uchun asos bo'ladi. Harakatlar insonning xohish-irodasi asosida vujudga keladigan yuridik hujjatlardir. U lar huquqiy normalarg a amal qilish munosabatiga ko'ra, huquqiy va huquqqa zid harakatlarga bo'linadi.
Amaldagi qonunchilik normalari asosida vujudga keladigan hamda shu normalar bilan tartibga solinadigan harakatlar huquqiy, huquqqa muvofiq harakatlar deb ataladi.
Huquqqa zid harakatlar-qonun yoki huquqiy normaga zid bo'lgan harakatdir. Ular huquqqa xilof xatti-harakat deb ham ataladi. Ba’zi hollarda qonun harakatsizlikni ham huquqqa zid xatti-harakat sifatida e’tirof etadi. Masalan, bir kema kapitanining halokatga uchragan boshqa kemaga yordam bermasligi yoki yordamga muhtoj odamni uning hayotiga real xavf tug'ilgan paytda yordamsiz qoldirish kabi harakatsizlik hollari huquq normasiga zid bo'lgan qilmishlar hisoblanadi.
Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik
Huquqbuzarlik deganda, jamiyat uchun xavfli bo'lgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) tushuniladi. Bunday qilmish qonun bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki zarar yetkazish xavfini tug'dirishi mumkin.
Huquqbuzarlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ijtimoiy xavflilik; huquqqa zidlik; ayblilik; jazolanish. Ijtimoiy xavflilik shundan iboratki, bunda huquqbuzarlik jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni poymol etadi. Huquqbuzarlikning zararligi yoki xavfliligi shundan iboratki, u jamiyat hayotining maromiga salbiy ta’sir etadi.

Yüklə 72,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin