Mundarija: Kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim bo’limlari va ularning pedagogic asoslari


Tuman (shahar) miqyosida tegishli ta'lim yo'nalishlarining metodik ta'minotga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi. 11



Yüklə 128,5 Kb.
səhifə14/15
tarix05.12.2023
ölçüsü128,5 Kb.
#174169
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMLARI VA VA ULARNING TUZULISHI

10.Tuman (shahar) miqyosida tegishli ta'lim yo'nalishlarining metodik ta'minotga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi.
11."Ilk qadam" dasturi, metodik qo'llanma va boshqa yangi metodik nashrlar, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayoniga doir ilmiy maqolalarni o'rganadi va muhokama qiladi.
12.Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari ko'rsatmasi bilan sohaga oid yaratilayotgan yangi dastur, qo’llanmalarni tahlil qiladi va asoslangan xulosalar taqdim etadi.
13.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maxsus sanitariya- gigiyena talablari asosida jihozlanishiga metodik yordam beradi.
14.Tuman (shahar) miqyosida tegishli yo'nalish bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg'or ish tajribalarini o'rganishga yo'naltirilgan o'quv-metodik seminarlarni tashkil etadi.
15.Tuman (shahar) miqyosida tarbiyachilarning uzluksiz malaka va mahoratlarini oshirib borishlarini ta'minlaydi.
16.Tuman (shahar) maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ilg'or pedagogik tajribalari, ijodkor tarbiyachilari haqida axborotlar bazasini tashkil etadi.
17.Ta'lim tashkilotlarida turli yo'nalishdagi to'garaklar faoliyati va noan'anaviy guruhlarning ishlarini o'rganadi, ularga tegishli yordam ko'rsatadi.
18.Tuman (shahar) miqyosida o'tkaziladigan ikkinchi bosqich ko'rik-tanlovlarni o'tkazishga yordam beradi.
19. Ta'lim tashkilotlarining yangi o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlanishini nazorat qiladi.
Metodik uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish.
- Tuman (shahar miqyosida maktabgacha ta'limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek (maktabgacha ta'lim tashkilots rahbari, metodist, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, logopedlar uchun) bittadan metodika uyushmasi tashkil etiladi.
- Metodika uyushmasiga har bir ta'lim tashkilotidan bir va bir necha pedagog xodim tashkilot rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi.
- Metodika uyushmasiga tegishli ta’lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi.
- Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatiarini jamoatchilik asosida yuritadilar.
- Metodik uyushma faoliyatiga bog'liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar) ta'lim tashkilotlarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining maktabgacha ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
- Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta'lim tashkilotlarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
- Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma'lum bir masalani muhokama qilishi yoki o'quv seminari tashkil qilishi mumkin.
Xulosa
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim bo'limi maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan boshqariladi. Maktabgacha ta'lim boshqarmasining ish mazmuni tegishli boshqarma bo'limlari orqali rahbarlik ishlarini olib borish, tashkiliy-pedagogik hamda metodik ishlarga rahbarlik qilish, maktabgacha ta'lim rivojining asosiy yo'nalishlarini aniqlash, viloyat, tuman, shahar Maktabgacha ta'lim bo'limlari maktabgacha ta'lim boshqarmalari tomonidan maktabgacha ta'limga rahbarlik qonun, me'yoriy, instruktiv, metodik- dasturiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish, ichki mehnat tartibi to'g'risida nizom, yo'l-yo'riq va qoidalarni ishlab chiqish (kasaba uyushmasi hamkorligida) muassasalar tarmog'i taraqqiyotining istiqboli, yillik xalq xo'jalik va davlat rejalarini tuzishda, kapital qurilish, xodimlar tayyorlash, pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat qilishda ishtirok etadi; tipovoy shtatlar loyihasini ishlab chiqish, uskunalar va o'quv-ko'rgazma qo'llanmalariga bo'lgan talabni aniqlash, uskunalar va pedagogik qo'llanmalar namunalarini tasdiqlash, bolalar hayoti va sog'ligini saqlash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish, uning bajarilishini nazorat qilish, eshitish organlari va nutqi buzilgan bolalar ishini tashkil etish. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni tarbiyalash nazariyasi va amaliyot masalasida chet mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, aholi tomonidan tushadigan ariza, xatva shikoyatlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega.
Tavsiyalar:

  1. Maktabgacha ta’lim bo’limlari faoliyatida zamonaviy axborot texnalogyalari hamda AKT vositalaridan foydalangan holda ish faoliyatini samarali tarzda olib borsa hamda jamoa tarzida faoliyat olib borish.

  2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilishda tarbiyachilarning mashg’ulot jarayonida ishtirok etib ularning xato va kamchiliklariga izoh berish.

  3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilishda tashkilot hodimlarining faoliyatiga alohida e’tibor qaratish.



Yüklə 128,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin