Mundarija kirish I. Bob. Maktabgacha ta'limni boshqarishning axborot tizimi maktangacha ta’limni yana rivojlantirish


Maktabgacha ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 139,5 Kb.
səhifə3/6
tarix13.05.2023
ölçüsü139,5 Kb.
#113037
1   2   3   4   5   6
Mavzu Maktabgacha ta\'limni boshqarishning axborot tizimi

1.2.Maktabgacha ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarni intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish va ularning har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish – davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalishga aylangan. Chunki jismoniy sog’lom ma’naviy yetuk shaxslargina buyuk kelajakni yaratadi.
Mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabr, “2017 — 2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-son hamda 2017 yil 9 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3261-son, 2018 yil 30 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3955-son kabi qator qaror, qonun va qonun osti hujjatlari yaratildi. 
Barkamol avlodni shakllantirish dastlab oilada, so'ngra maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshiriladi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan marosimdagi ma’ruzasida “Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug’ ajdodimiz nima deb yozganlar: «Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bolishi ularning o‘z ota-onaiaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq». Qarang, qanday bebaho, oltinga teng so‘zlar!” deya ta’kidlashlari har birimizning ko'nglimizdagi gaplar ekanligi shubhasiz quvontiradi.
Ushbu fikrlar maktabgacha ta’lim muassasalar (MTM)ga ham taalluqlidir. O’zbekiston Respublikasi "Ta’lim to’g’risida"gi Qonunining 10-moddasida ta’lim turlari sanab o’tilib, uning birinchi turi - "Maktabgacha ta’lim" ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, 11-moddasida: "Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi", - deyilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga uzluksiz ta’limga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, 3.3 bandida uzluksiz ta’limning dastlabki bosqichi maktabgacha ta’lim ekanligiga e’tibor qaratilgan.
Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa uning samarasi shunchalik erta namoyon bo’ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi. «Maktabgacha ta’lim» atamasi 1997 yilda YUNESKO qarori bilan kiritilgan bo’lib, uzluksiz ta’lim tiziminining birinchi bosqichini tashkil etadi. 
Bu albatta quvonarli hol. Hozirgi davrimiz texnologiya asri bo’lganligi uvhun har bir tarbiyalanuvchining zamon bilan hamnafas qilib ostirish maqsadida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning 9-moddasida "Barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi", - deb aytilgan. 
Shuningdek YUNISEF tashkilotining «Bolaga yo’naltirilgan ta’lim dasturi"da MTMlarining ta’lim-tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish dolzarb masala ekanligi ta’kidlangan.
Yuqorida bayon qilingan dalillar MTM bolalarida kompyuter savodxonligini shakllantirish, ularni kompyuter bilan elementar tarzda muomala qilishga o’rgatish va maktab ta’limiga tayyorlash dolzarb masalalardan biri ekanligini ko’rsatadi. Yosh bolalar tevarak-atrofga, voqea va xodisalarga, narsa va buyumlarga qiziquvchan bo’ladi. Hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga keltirib ko’rishni yoqtiradilar. 
Kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini oshiradi. Natijada, ularning aqliy rivojlanishi shakllana boradi. Multimediali kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning qiziquvchanlik xususiyatini oshirishi quyidagilar asosida namoyon bo’ladi:
1) ekranda ko’rsatiladigan o’yin obyektiga animasiya samarasi berilgan bo’lishi va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida; 2) tovushda; 3) musiqada; 4) animatsiyada; 5) multifikasiyada.
O’yin davomidagi ushbu "kompyuterli" psixologik-pedagogik ta’sirlar yosh bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmasdan, balki bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini ham oshiradi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’ldiki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasini shakllanishida axborot texnologiyalari ya’ni, multmedialardan foydalanish uni MTMlarda samarali qo’llash hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish metodikasi shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy texnik vositasi hisoblanadi. MTMlarning ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishda qo’shimcha vositalar - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta’lim-tarbiya materiallari dinamik xarakterga ega bo’lib, ular animatsiya bilan berilgan bo’ladi. Ta’lim tizimida foydalanib kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar statik xarakterga ega. Masalan, tarbiyachi A harfini an’anaviy usulda o’rgatish mobaynida, bolaga uning qog’ozdan yoki kartondan yasalgan shaklini ko’rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida ko’rsatilganda A harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini o’ziga jalb etadi (dinamik vosita). Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTMlari ta’lim- tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan tashqari, har bir MTM tarbiyachilarining o’zlari tayyorlashi mumkin bo’lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini (DVD-disk) qo’llash mumkin. DVD video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega. Diskdan foydalanib, o’rganiladigan materialni bosqichlar bo’yicha to’la, ba’zi hollarda alohida elementlarini ko’rish mumkin, zarur bo’lganda material qayta namoyish etiladi. DVD video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo’ladi. Multimedia texnologiyasining didaktik vositalari ta’limning didaktik talablariga to’la mos keladi. 
MTMlarida multimediali kompyuterli ta’limni amalga oshirishning asosiy talablaridan biri - bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish va ularni kompyuterda mustaqil ishlashini ta’minlashdan iborat. 
Tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonligini shakllantirilishdan asosiy maqsad ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda kompyuterdan foydalanishga qaratilgani sababli, tarbiyachi o’zining nazorati ostida "Sichqoncha" yordamida turli ta’lim o’yinlarini, matematik amallarni, ekologik topshiriqlarni va shularga o’xshash vazifalarni bajartirishga o’tadi. Tarbiyalanuvchilar "Sichqoncha"dan foydalanish bo’yicha to’la amaliy malaka va ko’nikma hosil qilganlaridan so’ng mustaqil ish bajara boshlaydilar. Bu holda ham tarbiyachi ularning ishini doimiy kuzatib turadi4.
MTM tarbiyalanuvchilarida kompyuter savodxonligini shakllantirishning yana bir qulay tomoni shundan iboratki, multimedia texnologiyasidan foydalanish jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilimini baholash ham kompyuter xotirasiga kiritilgan test savollari, rasmlar, o’yinlar, mashqlar, taqdimotlar orqali amalga oshiriladi. Bu holda tarbiyalanuvchilar berilgan savollarga to’g’ri javob topishlari shart.
Xulosa qilib aytganda, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilanganidek: «Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mehanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorlarni andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruchi kuchidir» deyiladi. 
Ma’lumki, maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshrishda hozirgi asr-axborot asri ekanligidan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davr taqozasidir.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining asosiy vazifalari bolalarda iqtidor va qobiliyatni yanada o’stirish, ularning bilim olish istiqbolini rivojlantirishdan iborat.
Shunga ko’ra, tarbiyachi mashg’ulotlarda turli o’quv pedagogik dasturlardan, elektron qo’llanmalardan, pedagogik o’yinlardan foydalansa tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi to’siq yo’qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi chunki, mashg’ulotda majburiy bilim berish bo’lmaydi, bilimni ixtiyoriy qabul qilish orqali ijobiy natijaga erishadi. MTMlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. 
Kuzatishlar shuni ko’satadiki, 80-90 % bolalar kompyuter o’yinlarini o’ynashga qiziqishar ekan. Bundan dalolat beradiki, yosh bolalarni qiziqishlariga qarab turli xildagi o’yinlar, mashg’ulotlar, rangli tas’virdagi chizmalarni ko’rsatish orqali ularning dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini shakllantirish mumkin ekan. Ushbu maqolada mazkur masalalarga oydinlik kiritildi va uning nazariy jihatlarini yoritishga harakat qilindi. MTT o’z maqsadlariga erishish uchun uning vazifalari muvofiqlashtirilishi kerak. Shuning uchun boshqaruv-tashkilot uchun muhim ahamiyatga ega. Bu bir darajada muvofiqlashtirish kerak bo’lgan har qanday inson faoliyatining ajralmas qismidir. Menejment nafaqat ishlab chiqarishni, balki davlat, shahar va hududlarni, sanoatni, shifoxonalarni va universitetlarni, cherkovlarni va ijtimoiy ta’minot agentliklarini ham talab qiladi.
Boshqaruv tashkilotning maqsadlariga erishish uchun zarur bo’lgan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, rag’batlantirish va nazorat qilishning integratsiyalashgan jarayonidir. Tashkilotlarning eng aniq xarakteristikasi-mehnatni taqsimlash. Tashkilotda mehnatning gorizontal va vertikal bo’linishi sodir bo’lganda, boshqarish kerak bo’ladi. Shunday qilib, tashkilotda mehnatni ajratishning ikkita ichki organik shakli mavjud. Birinchisi, mehnatning umumiy faoliyat qismlarini tashkil etuvchi qismlarga bo’linishi, ya’ni mehnatning gorizontal bo’linishi. Ikkinchisi, vertikal deb nomlangan, harakatlarni muvofiqlashtirish ishlarini o’z harakatlaridan ajratadi. Boshqa odamlarning faoliyatini muvofiqlashtirish faoliyati boshqaruvning mohiyatini tashkil etadi. Boshqarish-muayyan maqsad yoki maqsadga erishishga qaratilgan insonlarning faoliyati turi sifatida qaraladi. Menejment u boshqaradigan tashkilot uchun harakat yo’nalishini belgilashi kerak. U MTTning missiyasini o’ylab, maqsadlarini belgilashi va tashkilot jamiyatga berishi kerak bo’lgan natijalarni olish uchun pedagogik jarayonlarni tashkil qilishi kerak. “Boshqaruv-bu uyushmagan olomonni samarali maqsadli va samarali guruhga aylantiradigan maxsus faoliyat turi.
Bunday boshqaruv ijtimoiy o’zgarishlarning rag’batlantiruvchi elementi va muhim ijtimoiy o’zgarishlarning namunasidir “(Piter Drucker). Boshqaruv MTT rahbarining funktsiyasini amalga oshiradi, fikrlash va pedagogik jarayonni eng katta natijalarni beradigan joyga yo’naltiradi, ijtimoiy farovonlikka va bolalarni barkamol shaxs sifatida kamol topishiga eng katta hissa qo’shadi. Menejment rahbarlik faoliyat va bilimining o’ziga xos sohasi sifatida o’zining asosiy muammolari, o’ziga xos yondashuvlari va qiyinchiliklariga ega. Menejment faoliyat turi sifatida boshqaruv funktsiyalari deb ataladigan bir qator boshqaruv harakatlarini amalga oshirish orqali olib boriladi. MTT boshqaruvining eng muhim vazifalari quyidagilardan iborat: prognozlash, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va tartibga solish, faollashtirish va rag’batlantirish, buxgalteriya, xo‘jalik ishlari, qo‘shimcha mashg‘ulotlar, to‘garak ishlari va nazorat.
Boshqaruvni - 123 - funktsiya sifatida ko’rib chiqish tarkibi, barcha turdagi boshqaruv faoliyatining mazmuni va ularning kosmosda va vaqtdagi o’zaro bog’liqligi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni yaratadigan boshqaruv faoliyati bilan belgilanadi. Boshqaruv jarayoni menejerlarni xodimlarni tashkil qilishda ish bilan band bo’lgan xodimlarning samarali va samarali ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratib, maqsadlarga mos keladigan natijalarni olish uchun rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, rag’batlantirish, nazorat qilish funktsiyalarini bajarishni o’z ichiga oladi. Shunday qilib, boshqaruv jarayonining mazmuni uning funktsiyalarini amalga oshirish jarayoni tashkil etadi.
Mazkur jarayonga asoslangan innovatsion boshqaruv yondashuvi har qanday boshqaruv faoliyatini yagona mantiqiy o’zaro bog’liq zanjirga integratsiya qilish imkonini beradi. Innovatsion yondashuv boshqaruvni tashkilotning muammolari va muammolarini hal etishga qaratilgan makon va vaqt ichida o’zgarib turadigan o’zaro bog’liq funktsiyalarni amalga oshirish jarayoni sifatida olib borish sharoitini ta’minlash imkonini beradi.
Boshqarish jarayoniga axborot jarayoni, ya’ni axborotni shakllantirish, his qilish, uzatish, qayta ishlash va saqlash jarayoni sifatida qaraladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, boshqaruv axborotga tushib qolmaydi, balki axborotdan tashqarida ham aqlga sig’maydi. Axborotning paydo bo’lishi, o’tishi va ulardan foydalanishning ushbu besh bosqichi menejerlar va ijrochilarning lavozim vazifalariga muvofiq bir qator harakatlarida amalga oshiriladi5.
Shunday qilib, menejment axborot jarayoni sifatida qaralishi mumkin, bu orqali professional malakali mutaxassislar MTTni tashkil qiladi va ularni maqsadlarni belgilash va ularga erishish yo’llarini ishlab chiqish orqali boshqaradi. Boshqaruv funktsiyalari davlat tomonidan maxsus tashkil etilgan sub’ektlar tomonidan va uning nomidan yoki davlat o’z vakolatlarining bir qismini boshqaruv sohasidagi boshqa sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, davlat boshqaruvining barcha sub’ektlari ular uchun belgilangan qonunlar va boshqa normativhuquqiy hujjatlar doirasida harakat qilishlari shart ekanligini ifodalaydi. A.A.Xo‘jaev tomonidan boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida maqsadlarga erishishda ahloqiy nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda yechimlar qabul qilish zarurligi; ta’limni boshqarish – ham sa’nat, ham fan ekanligi, unda odamlar bilan munosabatlarni va fanni bilish muhim ahamiyatga egaligi; shaxsiy, davlat va jamoat manfaatlarining dialektik birligi boshqarish mazmunida o‘z aksini topishi; ta’limni boshqarishda jamoatchilikning keng ishtiroki; ta’limni boshqarishda turli xil, jumladan iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, tashkiliy-pedagogik va boshqa uslublardan foydalanish imkonini beradigan shakl va uslublarni muntazam takomillashtirishning zaruriyati keltiriladi [4, 8-b.]. MTT pedagogik jarayonini samarali boshqarish zamonaviy texnologiyalarni joriy etish sharoitida uning sifatini oshirish uchun juda muhim ekanligini belgilaydi.



Yüklə 139,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin