Mavzu Maktabgacha ta\'limni boshqarishning axborot tizimi
2.2.Maktabgacha ta’limda axborot tizimidan foydalishda qo’yiladigan talablar. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda intelektual salohiyatni ro’yobga chiqarish va ularni har tamonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkish- davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalaishiga aylangan. Chunki jismoniy sog’lom ma’naviy yetuk shaxslargina buyuk kelajakni yaratadi. Xalqimizning boy madaniyati, rivojlanayotgan iqtisodiyoti, fan texnika va texnologiya sohasida erishilgan yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllnatirish, Vatanimiz rivojlanish taraqqiyotining muhim shartidir. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi.Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari va o‘quv tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish bilan birgalikda ta’lim tashkilotida tarbiyalonayotgan farzandlarimizni har tomonlama yetuk, komil qilib tarbiyalsh dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tashkiloti tizimini yanada takomillshtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, Maktabgacha ta’lim tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagoglar bilan ta’minlash bolalarni maktabta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tamonlama intelektual, axloqiy estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016 yil 29 dekabrdagi 2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi PQ 2707 sonli hamda 2017 yil 9 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3261-son, 2018 yil 30 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3955-son kabi qatorqaror, qonun va qonun osti hujjatlari yaratildi. Shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotida qo’yingki, hayotimizning barcha jarayonlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz (AKT) tasavvur qilish murakkab bo’lib bormoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalinish ta’lim samaradorligini oshirishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib borayotgani hech kimga sir emas. Shuningdek Maktabgacha ta’lim tashkilotida axborot texnologiyalaridan foydalanish, axborot jamiyatining jadal rivojlanishi, Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi7.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu tizimga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu masalaga doir bir necha yig‘ilish o‘tkazildi, tarixiy qarorlar qabul qilinmoqda.
Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ularda maktabgacha ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, bolalarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashning barcha jihatlari belgilab berildi. Xususan, yangi tuzilgan Maktabgacha ta’lim vazirligi oldiga shu soha bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 19 oktyabr kuni maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda “Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi”, deb ta’kidladi.
Muloqotda Prezidentimizning farmon va qarorlari mazmun-mohiyati, belgilagan chora-tadbirlarning ko‘lami va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining bugungi holati va ularga bolalarni to‘liq qamrab olish istiqbollari muhokama markazida bo‘ldi.
– Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi dunyo tajribasida hali kuzatilmagan, – dedi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin. – Albatta, o‘tgan yillarda mamlakatimizda bu sohada qator tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ammo o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining samarasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatdi. Masalan, mamlakatimizda aholi nufusi ortib borgan so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari 45 foizdan ziyodroq kamaygan. Bolalarning mazkur dargohlarda qamrab olinishi bugungi kunga kelib atigi 30 foizni tashkil etmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimining qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanini Prezidentimizning bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolaning fikrlash darajasi o‘rtasidagi farq xususidagi fikrlaridan ham bilish mumkin. Darhaqiqat, bugun maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasi davlat siyosati darajasidagi masalalardan biriga aylandi. Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz ta’lim sohasida yangi tizimni yaratish va butun ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishish, ta’limning uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi.
Muloqotda sohada kuzatilayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
– Prezidentimiz qarori sohada yangi o‘zgarishlar jarayonini boshlab berdi, – dedi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 4-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi U.Ashrapova. – Unda maktabgacha ta’lim tizimi tarmog‘ini kengaytirish, muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, bunda rivojlangan davlatlar tajribasini hisobga olish kabi muhim vazifalar belgilangan. Endilikda bolalarni bog‘chalarga qamrab olishning mutlaqo yangi va maqsadli dasturlari hayotga joriy etiladi. Qarorda sohada faoliyat yuritayotgan kadrlarni moddiy rag‘batlantirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgani bizga bo‘lgan e’tiborning yuksak namunasi bo‘ldi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish darajasi pastligi malakali kadrlarni jalb qilish imkonini bermasdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi bu borada ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qildi. Soha xodimlarining ish haqi oshirilib, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha aniq manzilli chora-tadbirlar ko‘riladi8. Bundan ko‘zlangan maqsad – bolalarni tarbiyalash va sohani har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishdir.
Bugungi kunda mamlakatimizda mavjud 4 ming 893 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 706 mingdan ziyod bola qamrab olingan. Ushbu sohada har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassis mehnat qilayotgan bo‘lsa, shundan 85 foizini o‘rta ma’lumotli kadrlar tashkil etadi. Bu bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi.
Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish bo‘yicha komissiya zimmasiga maktabgacha ta’lim tizimining oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyojini hududlar bo‘yicha o‘rganish va tahlil natijalariga ko‘ra pedagogik yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabul kvotalari bo‘yicha takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yilganining sababi ham shunda.
Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Sobitxon Turg‘unovning qayd etishicha, bugun yangi vazirlik yuqori malakali pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish, sohada ishlayotgan rahbarlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish orqali sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etishni o‘z faoliyatining asosiy mezoni sifatida belgilagan.
Prezidentimizning shu yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida sohada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari ilk bor joriy etiladi. Bunda xususiy sektorlar soliq, boj to‘lovlarida, uzoq muddatli va maqbul shartlarda kreditlar olish kabi qator imtiyozlarga ega bo‘ladi. Bunday sa’y-harakatlar tufayli maktabgacha ta’lim muassasalarida hammabop narxlar ta’minlanadi. Olis hududlarda ham 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida to‘liq qamrab olish va ularni maktabga tayyorlash uchun mamlakatimiz hududlarida qo‘shimcha 50, 70, 100, 120 va 150 o‘rinli davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etiladi, qisqa muddatli – 3-4 soatli guruhlar faoliyati yanada kengaytiriladi. Zamonaviy ta’lim-tarbiya usulida olib boriladigan mashg‘ulotlarda o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlardan keng foydalangan holda tarbiyalanuvchilarning bilimi va ma’naviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish ko‘zda tutilgan.
Sog‘lom avlod tarbiyasida to‘g‘ri ovqatlanish ham muhim sanaladi. Tadbirda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning ratsional va belgilangan me’yorlar asosida ovqatlanishini ta’minlash, yosh xususiyatlarini inobatga olish, bunda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va jalb etish borasidagi ishlar haqida atroflicha fikr yuritildi.
– Maktabgacha ta’lim muassasalariga tayyor va yarim tayyor oziq-ovqatlarni yetkazish tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda, – dedi S.Turg‘unov. – Bu jarayonda uzluksizlikni, belgilangan standart va sifatni ta’minlashga katta e’tibor qaratiladi. Shu bois sohaga tadbirkorlar ham jalb qilinadi. Mutaxassislar oziq-ovqatlarning foydali elementlarga boyligi, shifokorlar bolalarning o‘sish sur’atlarini kuzatib boradi.
Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Gulchehra Yo‘ldosheva tizimda ochiqlikni ta’minlash maqsadida har bir muassasada Maktabgacha ta’lim muassasasi kengashi tashkil etilishini ta’kidladi. Uning tarkibiga pedagogik kadrlardan tashqari mahalla faollari, ota-onalar, Yoshlar ittifoqi faollari va manfaatdor tashkilotlar rahbarlari jalb etiladi. Maktabgacha ta’lim sifati monitoringini yuritish, tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan takomillashtirish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligining veb-sayti ishga tushiriladi.
Tarbiyachi va bolalar uchun yangi o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar nashr etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalariga malakali shifokorlar, dori-darmon va tibbiyot buyumlari, sanitariya-gigiyena vositalari ajratiladi. Shuningdek, ta’lim muassasalari bosqichma-bosqich zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va zarur texnika vositalari bilan ta’minlanadi.
Muxtasar aytganda, Prezidentimiz tomonidan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olish, ularni intellektual va jismoniy jihatdan rivojlangan etib tarbiyalash bo‘yicha zamonaviy tizim yaratib berildi. Tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida bu borada ishlar boshlab yuborildi.
bolalarning bilim olishiga bo’lgan qiziqishlarini sezilarli darajada oshirish mumkin. Haqiqiy narsalar yoki hodisalarning rang harakat va tovushda qayta yaratishga imkonberadi. Ularning qobiliyatlarini kengroq ochishga yordam beradi va aqliy faoliyatini kuchaytirib boradi.Kompyuterning bir vaqtning o'zida matn, grafik tasvir, ovoz, nutq, videorolik, esdalik va jurnali ma'lumotlarini katta tezlikda takrorlash qobiliyati mutaxassislar uchun bolalar uchun barcha mavjud o'yinlar va o'yinchoqlardan tubdan farq qiluvchi yangi faoliyat vositalarini yaratishga imkon beradi. Bularning barchasi maktabgacha ta'limning sifat jihatidan yangi talablari - hayot davomida ta'limning birinchi bo'lagi bo'lib, uning asosiy vazifalaridan biri boyitilgan bolaning rivojlanish salohiyati.Shuning uchun, axborot texnologiyalarini maktabgacha ta'lim va ta'lim tizimiga joriy etish zarur. Maktabgacha ta’lim tashkilotida axborot texnologiyalaridan foydalanish va joriy etishning asosiy shartlaridan biri shundaki, tarbiyachi bolalarga kompyuterning texnik imkoniyatlarini biladigan, ular bilan ishlash ko’nikmalariga ega bo’lgan, kompyuterdan foydalanish qoidalariga aniq rioya qiladigan va maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi axborot texnologiyalarini qanday tushintirishni biladigan mutaxasssislar bo’lishi kerak. Shuni hisobga olib bugungi kunning talabi har bir tarbiyachi, har bir pedagog, mashg’ulotlarni zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda bolalarni darslarni sifat jihatidan yangi bosqichiga tayyorlash va o’tkazish uchun dasturiy ta’lim tizimlari, internet global kompyuter tarmog’i resurslari bilan ishlashni taqazo etmog’i darkor. Bugungi kunda har qanday maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi AKTdan foydalangan holda dars tayyorlash va o'tkazishi kerak. AKTdan foydalangan dars ko'rgazmali, rangbarang, ma'lumotli, interaktiv bo'lib, tarbiyachi va bolalarning vaqtini tejaydi, tarbiyachiga bolalar bilan har xil va individual ravishda ishlashga imkon beradi, o'quv natijalarini tezkor kuzatib borish va baholash imkoniyatini yaratadi. Xulosa qilib aytganda, Har qanday bola jamiyatda o’z o’rnini topishi, mamlakatimiz ravnaqi uchun komil inson qilib voyaga yetkazish, haqida qayg’urish har bir pedagog tarbiyachining axloqiy va ijtimoiy burchidir. hozirgi kunda Maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktab ta’limiga o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda hozirgi asr-axborot asri ekanligidan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim -tarbiya jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davr taqozosidir. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining asosiy vazifalari bolalarda iqtidor va qobiliyatlarni yanada o’stirish, bilim olish istiqbolini rivojlantirishdan iborat. Shunga ko’ra tarbiyachi mashg’ulotlarda, dasturlardan, ekektron qo’llanmalardan, pedagogik o’yinlardan foydalanish tarbiyalanuvchi o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatiladi, bolalarning harakteri kengroq ochiladi, kuzatuvchanlik, xotira diqqat kuchayadi, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi.
XULOSA Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich bo’g’inidir va bolaning sog’lom, rivojlangan shaxsining shakllanishini ta’minlash, ta’limga bo’lgan intilishini uyg’otish, bolalarni boshlang’ich maktabda muntazam o’qitish uchun tayyorlash uchun mo’ljallangan. Maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatining muhim vazifalari quyidagilardan iborat: - maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yuqori malakali pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari bilan qamrab olishni tubdan oshirish, zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviyestetik, jismoniy rivojlantirish, shuningdek, ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim sifatini boshqarish belgilangan va mo’ljallangan ehtiyojlar zonasida prognoz qilingan rejalashtirilgan natijaga yo’naltirilgan sinergetik jarayondir. Bunday boshqaruvning strukturaviy va funktsional komponentlari sifatni loyihalashtirish, sifatni shakllantirish tizimini amalga oshirish va sifatni monitoring qilish, ikkita asosiy qiymatga ega: baholash va rahbarning harakatlarini tuzatishning keyingi yo’nalishini belgilash.
Ta’limning turli bosqichlarida davlat ta’lim standarti ta’lim faoliyati natijalari standarti sifatida qaraladi – ma’lum bir tarixiy davrda ma’lum bir jamiyat uchun zarur bo’lgan ta’limning mos yozuvlar darajasi; ta’lim standarti, ta’lim to’g’risidagi tegishli hujjatlarni olish uchun shaxs tomonidan erishish kerak bo’lgan daraja. Maktabgacha ta’limda davlat ta’lim standarti ta’lim jarayonini amalga oshirish uchun shartsharoitlarning standartidir. Maktabgacha ta’limning vaqtinchalik standartiga muvofiq, maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va natijasi ta’lim jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratishdir. Ta’lim standartlari qat’iy, moslashuvchan bo’lishi kerak emas, o’qituvchilar ishida ko’rsatmalar rolini o’ynashi kerak. Aks holda, har qanday ijodkorlikni standartlar yordamida strangulyatsiya qilish ta’minlanadi. “Maktabgacha ta’lim sifati” tushunchasi uch xil jihat asosida tahlil qilinadi. Umumdavlat nuqtai nazaridan maktabgacha ta’limning sifati jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy sharoitlariga mosligini o’lchash yo’li bilan aniqlanishi mumkin. Bu erda maktabgacha ta’lim sifati turmush darajasi, mamlakatning iqtisodiy salohiyati va h.k. ijtimoiy jihatdan ta’lim xizmatlarining ota-onalarning haqiqiy talabiga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Pedagogik jihatdan maktabgacha ta’limning sifati ta’limdagi o’zgaruvchanlik tamoyilini amalga oshirish, o’qituvchining bolalar bilan shaxsiy yo’naltirilgan hamkorligiga o’tishni anglatishi mumkin. Eng umumiy shaklda maktabgacha ta’limning sifati oilani bolalar bilan ishlashning mazmuni, shakllari va usullari xilma-xilligi asosida individual ta’lim “yo’nalishi” ni tanlash imkoniyatini berish bilan belgilanadi; bolani malakali pedagogik ta’sirlardan ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash9.