O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriMaktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini yanada kengaytirish hamda bolalarning maktabgacha ta’limi bilan kengroq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida:1. Quyidagilar:• 2018-2019 yillarda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlaridan ekvivalenti 200,0 million AQSH dollari miqdoridagi kreditlar jalb qilinganligi;• mazkur kreditlar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va xususiy sheriklar o‘rtasida 140,1 ming o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imzolangan 1 412 ta davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlardan (keyingi o‘rinlarda – bitimlar) 992 tasi bo‘yicha imtiyozli kreditlar moliyalashtirilganligi;• 420 ta bitimlarning 100 dan ortig‘i bo‘yicha xususiy sheriklar tomonidan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash (keyingi o‘rinlarda – maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish) ishlari hajmi 25 va undan ortiq foizi bajarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish dasturini davom ettirish maqsadida belgilangan tartibda tuzilgan bitimlar bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirish uchun tijorat banklariga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Maktabgacha ta’lim va tarbiya — bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi deb ko‘rsatib o‘tilgan, Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 oktyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan 3-modda 5 bandida.Yosh avlodni har tamonlama etuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan ob’ektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogikva psixologik ta’sir ko‘rsatishdir.
Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o‘z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘indisi bo‘lib, u yosh avlodning insoniyat to‘plagan bilimlar, ko‘nikma va malakalar, me’yorlar, qoidalar va boshqalarda ro‘y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, kerakli shart-sharoitlarni yaratishni o‘z ichiga oladi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, bola salohiyati hamda ularning o`zaro ta’sirini inobatga olib o`qitish va bilim o`zlashtirishining barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo`llashning tizimli metodlarini o`z ichiga oladi.1 Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari bu tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy vositalari yordamida bolalarga muayyan sharoitda va ma’lum ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatishi va aks ta’sir maxsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirishga imkon yaratadi.Tarbiyachi didaktik jarayonni amalga oshirishda o`rgatishning samarali shakllaridan foydalana olishini nazarda tutadi.