Kurs ishining ob'ekti: Alalik bolalar bilan olib boriladigan psixoterapiya usullari
Kurs ishining predmeti: Alalik bolalar bilan olib boriladigan psixoterapiya usullaridan foydalanish orqali ravon nutqni rivojlantirish, psixokorreksin ishlar va ulardagi nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish ustida ishlash metodlari, mazmuni, shakl va usullari.
Kurs ishining maqsadi: Alalik bolalar bilan olib boriladigan psixoterapiya usullarini o'rganishdir.
Mavzu maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni belgilash imkonini berdi:
1. Alalik bolalar bilan olib boriladigan psixoterapiya usullari bo'yicha ilmiy-metodik adabiyotlarni o'rganish.
2. Alalik bolalar bilan olib boriladigan psixoterapiya usullarini tahlil qilish.
3. Alalik bolalar bilan olib boriladigan psixoterapiya usullarining ahamiyatini aniqlash.
4. Alalik bolalar bilan olib boriladigan psixoterapiya usullarini tahlil qilish orqali korreksion ishni tashkil etish.
Kurs ishinig metodlari: 1. Ushbu mavzu bo'yicha psixologik-pedagogik, defektologik adabiyotlarni tahlil qilish va o'rganish.
2. Alalik bolalar bilan olib boriladigan psixoterapiya usullari bo'yicha pedagogik tajribani o'rganish va umumlashtirish.
Kurs ishining metodologik asoslari: Bolalar tarbiyasini amalga oshirish jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlar, shaxsni shakllantirish xususiyatlariga doir faylasuf, psixolog, pedagoglarning ilmiy tadqiqotlarini shaxs ma’naviyatini shakllantirish borasidagi hozirgi zamon nazariy qarashlari: O‘zbek mutafakkirlarining pedagogik g‘oyalari, xalq pedagogikasi tajribalari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari , o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, Xalq ta’limini takomillashtirishga doir Xukumatimiz xujjatlari, maxsus ta’lim Konsepsiyasi, BMT va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining, “Bolalarning himoya qilish Xalqaro Konvensiyasi va boshqalar ishimizga metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kurs ishimiz kirish,2 asosiy bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat