Tadqiqotimiz davomida olingan natijalar hisoblanib, tahlil etilganidan so‘ng yosh gimnastikachilar jismoniy va maxsus harakat tayyorgarligi baholandi 3-jadval. Ko‘rinib turibdiki natijalar yig‘indisi zarur bo‘lgan darajani ko‘rsatmadi. O‘rganilayotgan sifatlarni samarali rivojlantirish maqsadida musobaqa mashqlarining xususiyati dinamik mohiyatga mos qator mashqlar trenirovka jarayoniga kiritilgan.
Maxsus xarakat mashqlarini trenirovka jarayonidagi natijasini
samarasi Tadqiqotimiz navbatdagi bosqichi – 5-6 yoshli gimnastikachilar uchun ishlab chiqilgan jismoniy sifatlarni rivojlanish uslubiyatini tajriba sinovidan o‘tkazishdan iborat. SHu munosabat bilan maxsus pedagogik tajriba tashkil etildi va o‘tkazildi.6 Pedagogik tajriba BO‘OZSM dasturi asosida shug‘ullanuvchi yosh gimnastikachilar bilan olib borildi. Tajribada 5-6 yoshga mansub 20 ta gimnastikachi bolalar ishtirok etdilar. Ular maxsus harakat va jismoniym tayyorgarligi bo‘yicha bir-biridan farqi yo‘q edi (3-jadval).
Tadqiqotning boshida yosh gimnastikachilarda dastlabki tadqiqotlar o‘tkazilib, ularni tajribadan avvalgi ko‘rsatgichlari darajasi aniqlandi. SHundan so‘ng yosh gimnastikachi bolalar gimnastik ko‘pkurashning alohida turlariga xos jismoniy va maxsus harakat tayyorgarligini shakllantirishga qaratilgan umumiy va maxsus jismoniy mashqlar dasturi bo‘yicha shug‘ullandilar. Mazkur dastur bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulotlar bir yil davom etdi. Har uchinchi hafta yakunida bolalarni o‘z jismoniy sifatlari va maxsus harakat tayyorgarligining rivojlanish dinamikasi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lib bordilar. Ishlab chiqilgan testlar va nazorat mashqlari trenerlir bilan birgalikda o‘tkazildi va belgilangan tartibda tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalariga binoan qayd etilgan zaif jismoniy sifatlar bo‘yicha trenerlarga shu sifatlarni rivojlanishiga oid tavsiyalar berib borildi.
YOsh gimnastikachi bolalarni 6 oyda jismoniy, maxsus harakat va texnik tayyorgarlikning rivojlanish dinamikasi ishlab chiqilgan testlar hamda nazorat mashqlari yordamida baholanib borildi.
Nazorat musobaqalari bo‘yicha ko‘rsatiladigan natijalarni adolatli baholash uchun bu tadbirga holis ekspertlar guruhi jalb qilindi.
.
-jadval
yoshli gimnastikachilar jismoniy va maxsus harakat tayyorgarligining natijalari
№
Nazoratmashqlari
Tadqiqotdankeyin
X ±
Kuchtayyorgarligi
1
Tayanch holatda qo‘llarni
bukib yozish (marta)
2
Turnikda tortilish (marta)
Tezkorlik-kuchtayyorgarligi
1
Tayanch holatda yotib
qo‘llar bilan 10 m yurish (sek.)
2
Mokkisimon yugurish 3 x 10
m. (sek.)
Egluvchanlik
1
“Ko‘prik” (ball)
2
Oldinga egilish (ball)
Koordinatsiontayyorgarlik
1
Turgan joydan uzunlikka
sakrash (sm)
2
Muvozanat saqlash mashqi (sek.)
Jami
O‘rtacha(X)
Ko‘rinib turibdiki, ushbu tajriba natijalari yosh gimnastikachilarni gimnastika snaryadlarida tayanish mashqlarini bajarishda jismoniy sifatlarni rivojlantirish imkoniyati ustun ekanligidan dalolat beradi.
Maxsus xarakat sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan mashqlarimiz o‘quv trenirovka mashg‘ulotlari davomida qo‘llash sport texnikasini unumli shakllantirish imkonyatini yaratdi va binobarin ushbu mashqlar samarali ekanligini isbotladi.
XULOSA
Tadqiqot boshida yosh gimnastikachilar jismoniy sifatlarini etarli darajada tez va samarali rivojlantirish qudratiga ega emasligi tasdiqlandi. YOsh gimnastikachilar jismoniy sifatlarini shakllantirishda ularning jismoniy va maxsus harakat tayyorgarligini samarali rivojlantirish «kuchi»ga ega hamda gimnastik elementlar xususiyati va koordinatsiyasiga mos mashqlarga alohida ahamiyat qaratish muhimdir.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda maxsus jismoniy mashqlar majmualarini qo‘llash zarurligi ularni ustivor jismoniy sifatlarning jadal rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlikni ijobiy shakllanishi bilan belgilanadi.
YOsh gimnastikachilarni jismoniy va texnik jihatdan tayyorlashda samarali mashqlar majmualarini tanlash quyidagi pedagogik talablarga rioya qilishni taqoza etadi:
mashqlar majmualarini mazmunini mashg‘ulotlar dasturiga mos
kelishi;
majmuaalar tarkibiga kiritilgan mashqlar murakkabligini harakat
ko‘nikmalari va malakalarining shakllanish (takomillashuv) bosqichlariga hamda 5-6 yoshda jismoniy sifatlarni jadal rivojlanadigan davrlariga mos kelishi;
texnik mahoratni muddatidan oldinroq (istiqbolli) shakllantirish prinsipiga mos mashqlarni majmualar tarkibiga kiritish;
mashg‘ulotlar yuklamalarini 5-6 yoshli bolalarning morfofunksional jihatdan rivojlanish xususiyatlariga mos kelishi.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh gimnastikachilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda maqsadli jismoniy mashqlar hajmi mashg‘ulotlarga ajratiladigan umumiy vaqtning 40% ni tashkil etishi lozim.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida (YAngi tahriri) // Xalq so‘zi gazetasi, 28 iyun, 2000 y.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni:: O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida // Ma’rifat gazetasi, 26 oktyabr, 2002 y.
Gaverdovskiy YU.K. Texnika gimnasticheskix uprajneniy. Populyarnoe uchebnoe posobie. – M.: Terra-Sport, 2002. - 512 s.
Zuev E.I. Volshebnaya sila rastyajki. - M.: Sovetskiy sport, 1991. - 64 s.
Karimov M.K., Ikromova M. Raqs elementlari orqali bolalarni jismoniy rivojlantirish. Toshkent – Ilm-Ziyo. 2008 y - 303 b.
Kerimov F.A. Sport soxasidagi ilmiy tadqiqotlar. – T.: Zar qalam, 2004.
– 334 b.
Kerimov F.A., Umarov M.N. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish. – T.: O‘zDJTI, 2005. - 279 b.
Lyax V.I. Koordinatsionnыe sposobnosti shkolnikov // Teoriya i praktika fizicheskoy kulturы. – M., 2000. - №1. – S. 24.
Smolevskiy V.M. Gimnastika i metodika prepodavaniya. Moskva. FiS 1987. – 335 s.
Umarov M.N., Eshtaev A.K. Planirovanie i raspredelenie sredstv trenirovki gimnastov na nachalnom etape podgotovki. Ucheb. posobie. – T.: UzGIFK, 2004. -154 s.
Eshtaev A.K. Gimnastika darsi: O‘quv qo‘llanma. - T.: 2004. – 120 b.
Umarov M.N. Gimnastika: O’quv qo’llanma. – T.: Vneshin vestrom,
2015. – 400 b.
1 1.O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida (YAngi tahriri) // Xalq so‘zi gazetasi, 28 iyun, 2000 y.
2 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni:: O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida // Ma’rifat gazetasi, 26 oktyabr, 2002 y.
3 3.Gaverdovskiy YU.K. Texnika gimnasticheskix uprajneniy. Populyarnoe uchebnoe posobie. – M.: Terra-Sport, 2002. - 512 s.
4 4.Zuev E.I. Volshebnaya sila rastyajki. - M.: Sovetskiy sport, 1991. - 64 s.
5 5.Karimov M.K., Ikromova M. Raqs elementlari orqali bolalarni jismoniy rivojlantirish. Toshkent – Ilm-Ziyo. 2008 y - 303 b.
6 7.Kerimov F.A., Umarov M.N. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish. – T.: O‘zDJTI, 2005. - 279 b.